O'rmon resurslari Reja: 1. O'rmon tuzish zaruriyati va tushunchasi. 2. O'rmon tuzishning huquqiy asoslari 3. O'rmon tuzish ishlarini olib borish tartibi. Bizlarga ma'lumki, o'rmonlar turli xil mintaqalarda turlicha ijtimoiy funksiyalarni bajaradilar. Qalin o'rmonlar bilan qoplangan hududlarda o'rmonlar avvalambor jamiyatning iqtisodiy talablarni (Kanada, Finlyandiya, Rossiya, Belorussiya kabi mo'tadil iqlimli davlatlarda), chiroyli manzara va turizmni rivojdantirish imkoniyatiga ega bo'lgan hududlarda o'rmonlar jamiyatning ijtimoiy talablarini (Fransiya, Ispaniya, Gretsiya, Kipr kabi subtropik va tropik mintaqalarda) va arid (quruq) iqlimli keskin kontinental hududlarda jvamiyatning ekologik talablarini (O'zbekiston, Turkmaniston, Kozog'iston, Meksika, Xitoy kabi quruq subtropik mintaqalarda) o'tash uchun xizmat qiladi. Nima bo'lganda ham o'rmonlar tirik organizmlar uchun ekologik barqarorlikni ushlab turuvchi omil sifatida xizmat qiladilar. Ular organizmlar, xususan insonlar uchun kislorod manbai, tuproqdagi organik moddalarini ta'minlab beruvchi organik manba, yerlarni yemirilishishdan saqlovchi qalqon, biosferadagi namlikni bir meyerda ushlab turuvchi balanser, insonlarni qulay iqlim sharoitlarini yaratib beruvchi konditsioner, minglab turdagi jonzotlar uchun yashash makoni, qolabersa, go'zal landshaftlarning asosiy ko'rsatgichidir. Kuning uchun ham o'rmonlarni ijtimoiy funksiyasiga ko'ra guruhlashtiradilar va ularni xalq, xo'jadigida ishlatadilar. Umumiy tarzda olganda, o'rmon tuzish ishlarini olib borishni har bir davlat o'zining muqaddas burchi, deb biladi. O'zbekiston Respublikasi O'rmon to'g'risidagi qonunining 16-moddasiga ko'ra O'rmon tuzish - o'rmonlarni muhofaza qilish, qo'riqlash, o'rmon xo'jaligi va o'rmondan foydalanishni oqilona yuritilishini ta'minlashga qaratilgan tadbirlar tizimidir. O'rmon tuzish tizimi deganda biz o'rmonlarni inson hayetida tutgan o'rniga qarab o'rmonni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish tadbirlarini ma'lum bir ketma-ketlikda olib borish tartibiga tushunimiz. O'zbekiston Respublikasida o'rmon juda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki u nafaqat go'zal landshaftlar ko'rinishiga estetik ta'sir qilibgina qolmay, balki daryo va boshqa suv obyektlarining gidrologik rejimini yaxshilaydi, tuproqni suv va shamol eroziyasidan saqlaydi, atmosfera havosida kislorod bilan is gazini balansini ta'minlaydi, kishilarning xordig'ini chiqarish va salomatliklarini tiklaydi, cho'llanish jarayonini oldini oladi, qum va to'zonlarni ko'chib yurishiga yo'l qo'ymadi va shunga o'xshash ijobiy funksiyalarni bajaradi. Ayniqsa o'rmonlarning xizmati Orol dengizidan qo'rigan yerlarda hozircha yakka-yu yagona ekologik chora sifatida qabul qilinmoqda. 2002 yil Orol dengizi qo'rigan tubida o'rmonchilikka ixtisoslashtirilgan maxsus xo'jaliklar tashkil etish to'g'risida Vazirlar Maxkamasining qarori qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasining ma'lumotlariga ko'ra mamlakatimiz yer kengliklariga kiruvchi 1,3 mln.ga Orol dengiz ko'rilgan qismida yiliga 15 ming ga saksovul, cherkez, qandim kabi o'simliklaridan barpo etilayotgan o'rmonlarda tuzning atmosfera havosiga ko'tarilishi keskin kamayan. Lekin o'rmonlarni yiliga bunday miqyosda Orol bo'yida barpo etish orqali undagi ekologik inqirozni bartaraf etib bo'lmaydi. Bunday ketishda yana 40-50 yil kerak bo'ladi. Bu juda katta davriy muddatdir. Biz ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
226.86 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
226.86 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: pptx