O'RMON VA HAVONING TARKIBI RYeJA Atmosfera havosining tarkibi Havo tarkibining o'rmonga ta'siri Daraxt turlarining zaharli gazlarga munosabati Daraxtlar fitontsidligi Akad. V.I. Vernadskiy ta'limotiga ko'ra atmosferaning uch asosiy gazlari - kislorod, karbonat angidrid, azot hayotiy omillar bilan bog'liqdir, yani biokimyoviy asosga egadir. Atmosferada 78,08% azot, 0,94% argon hamda inert gazlari: geliy, metan suv bug'lari (4%), tutun gazlar, chang va boshqa qo'shimchalar mavjud. HAVONING TARKIBI Karbonat angidrid (SO2) - organik moddalar sintez qilish uchun eng asosiy element hisoblanadi. Bu yashil o'simliklarni asosiy qurilish materiali hisoblanadi. Daraxtlar quruq moddasi 40-50% ugleroddan tashkil topgan. 1 gektar o'rmon qulay sharoitlarda normal rivojlanib yiliga 6 tonna uglerod istemol qiladi. Bu hajmdagi uglerod 25 mln m3 havo tarkibidan ajratib olinadi. Karbonat angidridning tabiatda to'liq aylanish sikli 2 ming yilga tengdir. Kislorodning shakllanishi TABIATDA KISLORODNING AYLANIShI Tabiatda SO2 ning aylanishi O'rmonda asosiy SO2 havoga quyidagi manbalardan ajraladi: 1. O'rmon to'shamasidan uning minerallashuvi oqibatida. 2. Tuproqning chirindi qatlamidan zamburug''lar, mikroorganizmlar hayotiy faoliyati, organik moddalar chirishi oqibatida. Turli tuproqlardan ajraluvchi SO2 tuproq mexanik tarkibi, o'rmon to'liqligiga bog'liq bo'ladi. 3. Ildiz tizimlari nafas olishi oqibatida, ko'p hollarda u tuproq mikroorganizmlari ajratgan SO2 miqdoridan ko'p bo'ladi. 4. O'simliklar, hayvonot dunyosi va inson nafas olishlari oqibatida. Inson 1 sutkada o'z vaznining 1,2% hisobida S02 ajratadi. 5. Atmosferaga kelib tushuvchi SO2 manbalari: vulqonlar issiq manbalar, okeanlardan, yoqilg'ilarni yonishi oqibatida va o'rmon yong'inlari. EKOLOGIK OMILLAR Atmosferaning yer yaqin qatlamida o'rtacha 0.3% SO2 bo'lsa, u holda atmosferada 2,3x1012tonnani tashkil etadi. 1900-1970 yillari atmosferadan SO2 gazi miqdori ko'payib bordi: 0.029 dan 0.0329 gacha. Hozir SO2 gazini atmosferadan ajratib olish jarayoni buzilgan, har yili atmosferada 0.002% ga SO2 miqdori oshib bormoqda. Sanoat shaharlari havosida SO2 miqdori 0.07% ga ko'p bo'ladi. SO2 sutkalik o'zgarishi ularni o'simlik dunyosi orqali istemol qilishi bilan bog'liq. Bu kabi farq yaproq bargli o'rmondan ninabargli o'rmonga nisbatan ko'proq seziladi: kechasi SO2 miqdori ko'p, kun yarmida u minimal darajaga tushadi, yozda u kam, kuzda ko'proq, chunki SO2 yozda o'simliklar tomonidan ko'proq o'zlashtiriladi. Qurg'oqchilik davrida SO2 havo tarkibida kamayadi, chunki tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati aktivlashadi. O'rmon havosi tarkibida SO2 miqdori ochiq dalaga nisbatan ko'proq bo'ladi. Ayniqsa o'rmonning ostki qismida SO2 miqdori shox-shabbalari qismiga nisbatan 0.07% ni tashkil etishi mumkin, chunki barglar tomonidan SO2 o'zlashtiriladi. Har xil daraxtzorlarda SO2 tarkibi turlicha bo'lib, o'rmon to'liqliligiga, yoshiga, shamol tezligiga bog'liq bo'ladi. SO2 havo tarkibidagi miqdorini boshqarish mumkin: o'rmon mahsuldorligi unga bog'liq bo'ladi. SO2 ni o'rmon havosida ko'payishi o'rmon to'shamasidagi chirish jarayonlarini tezlashtiradi. Bu holatni o'rmon daraxtlar tarkibini o'zgartirish yo'li bilan amalga ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.99 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.99 MB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: pptx