Reja: 1. O'rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasi. 2. O'rmonlardan foydalanish huquqi subyektlari va obyektlari. 3. O'rmonlardan foydalanish huquqi mazmuni. O'rmondan foydalanish huquqi deb, tegishli huquq tarmog'ida berilgan o'rmon uchastkalaridan foydalanish va muhofaza qilish munosabatlarini asosan ekologik vazifalar hamda cheklangan xo'jalik yuritish masadlarida tartibga soladigan, subyektlarning o'rmondan foydalanish sohasida huquq va majburiyatlarini ta'minlaydigan me'yorlar yig'indisiga aytiladi. O'rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasini to'liq tasavvur etish uchun o'rmonlardan foydalanish turlari haqida to'xtalib o'tish lozim. O'rmonlardan foydalanish turlarini to'g'ri turkumlash o'rmonlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishni amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu o'rinda O'rmon to'g'risidagi Qonunning 25-moddasi diqqatga sazovordir. O'rmonlardan foydalanishni turkumlashning asosi bo'lib, ularning tabiat obyekti sifatida roli hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, o'rmonlardan foydalanishni quyidagicha turkumlash mumkin: daraxtzorlar va butazorlarni kesish; o'rmondan qo'shimcha foydalanish: pichan o'rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, asal yig'ish, daraxt po'stlog'i, to'nka, to'plash yovvoyi o'simliklar dorivor xom-ashyosini tayyorlash (yig'ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o'simliklarni tayyorlash (yig'ish); davlat o'rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo'jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; davlat o'rmon uchastkalarida ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; davlat o'rmon fondi uchastkalaridan madaniy-mag'rifiy, tarbiyaviy, sog'lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish. O'rmonlardan foydalanishni tartibga soluvchi harakatdagi qonunchilikni tahlil qilish o'rmondan foydalanish huquqini amalga oshirishning huquqiy shakllarini ko'rsatib beradi. O'rmon to'g'risidagi Qonunning mazmuniga binoan o'rmonlardan foydalanish huquqi doimo birlamchi bo'lib hisoblanadi. O'rmon xo'jaligi yurituvchi korxonalar hamma holatlarda o'rmonlardan birlamchi foydalanuvchi va egalik qiluvchi subyektlar sifatida harakat qiladilar. O'rmon fondi yerlari ijara asosida foydalanishga topshirilganida esa ijarachilar o'rmondan ikkilamchi foydalanuvchi bo'lib hisoblanadilar. Oldingi qonunlarga ko'ra, o'rmonlardan birlamchi subyekt sifatida foydalanayotganlar uni ikkilamchi foydalanish uchun berishlari mumkin emas edi. Endi esa tartib bir muncha o'zgardi. O'rmonlardan foydalanuvchilar tomonidan qonunda belgilangan tartibda yer uchastkalarini pichan o'rish va mol boqish, xizmat uchun chek yerlar berishlarini agar ular ijara shartnomasi asosida amalga oshirilsa, o'rmonlardan ikkilamchi foydalanish huquqi deb qarash mumkin. O'zbekiston Respublikasi O'rmon to'g'risidagi qonuniga ko'ra, o'rmonlardan foydalanish huquqi doimiy va vaqtinchalik bo'lishi mumkin (19-modda). O'rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo'yilgan o'rmon xo'jaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari o'rmondan doimiy foydalanuvchilardir. O'rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli uch yilgacha va uzoq muddatli o'n yilgacha bo'lishi mumkin. O'rmonlardan foydalanish O'zbekiston Respublikasida pullikdir. O'rmondan foydalanganlik uchun to'lov haqi belgilangan tartibda Davlat byudjetiga o'rmon daromadi sifatida kelib tushadi va o'rmon muhofazasi, uni qayta tiklash va sifatini oshirish, o'rmon xo'jaliklarini rag'batlantirish, o'rmon tuzish ishlari kabi maqsadlarda ishlatiladi. O'rmondan foydalanganlik uchun to'lov haqi yoki ijara haqi har yillik yoki bir martalik yoxud ijara haqi shakllarida bo'lishi mumkin. Ularning hajmi o'rmonlardan foydalanish turlariga ko'ra o'rmon bilan qoplanmagan ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.88 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
51.88 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc