O'rta Osiyoning geoekologik muammolari Reja: 1. Geoekologik muammolarga tavsif. 2. O'rta osiyoda cho'llanish bilan bog'liq geoekologikmuammolar 3. Orol muammosi- global muammo 4. O'rta osiyoda tabiatni muhofaza qilish borasida olib borilgan ishlar. 5. Xulosa 1.GYeOEKOLOGIYa - ekologiyaning yuqori bosqichdagi ekosistemalarini, shu jumladan biosferani o'rganuvchi fan. Geoekologiya (landshaft ekologiyasi, geografik ekologiya) 20-a. 30-y.larida nemis olimi K.Troll tomonidan taklif qilingan, lekin tarmoqlararo fan sifatida 90-y.lardan shakllana bosh-ladi. Geoekologiya tabiiy va inson tomonidan o'zgartirilgan yuqori bosqichdagi ekosistemalarning tarkibi, strukturasi, mavjud bo'lish qonuniyatlari va evolyutsiyasini o'rganadi. Yerning ekologik muammolari to'g'risidagi barcha bilim-larni jamlaydi va tabiiy fanlar, xususan biol., geogr., geol. fanlari tadqiqot natijalaridan foydalanadi. Asosiy maqsadi Yerda hayotni taminlovchi muhitni sakdab qolishga qaratilgan. Geoekologiya hududda tirik organizm (shu jumladan inson)ning atrof muhit bilan bo'lgan o'zaro aloqasini o'rganadi. Bu jihatdan Geoekologiya geografik (hududiy) va ekologik (sistemali subyekt - muhit) tadqiqot turini o'z ichiga oladi. Hududlarda ekologik vaziyatlar qanoatlanar-li darajadan faloqat darajasigacha o'zgarishi mumkin. Ushbu muammolarning yechimida Geoekologiya fani boshqa tabiiy fanlar bilan birgalikda katta ahamiyat kasb etadi. ChO'LLAShIShNING SAYYoRAMIZ BO'YLAB HUJUMI Quruq iqlim mintaqasida cho'llar maydonining 60-yillardan boshlab keskin kengayishi, avvalo rivojlanayotgan mamlakatlarda aholi sonining to'xtovsiz oshib borishi mamlakatlarning ko'pchiligi shu davrdan boshlab mustaqillikka erishib, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga kirishganligi va malum manoda qurg'oqchilikning tez-tez sodir bo'lganligi bilan bog'liqdir. BMT ning atrof muhit masalalari bilan shug'ullanuvchi tashkiloti ma'lumotiga qaraganda hozirda quruq iqlim mintaqasidagi 95% maydon cho'lga aylanish xavfi ostida turibdi. XX asr tarixida Sahroi Kabirning janubidagi Sohil mintaqasida 1968-1974 yillarda bo'lib o'tgan faloqatli cho'llashish hodisasi o'chmas iz qoldirdi. Hududdagi eng katta Chad ko'li sathining 23 qismi quridi, Niger va Senegal daryolarining o'zanlarida suv bo'lmadi, barcha joylarda quduqlar va vaqtinchali suv xavzalarining qurib qolishi kuzatildi. Nam yetishmasligi tufayli tabiiy yaylovlar mahsuldorligi keskin kamayib ketdi, buta, yarim buta va daraxtlar quridi. Oqibatda sug'orma dehqonchilik, yaylov chorvachiligi katta zarar ko'rdi, aholi o'rtasida ochlik va o'lim sodir bo'ldi. Sohil mintaqasining janubiy chegarasi 100-150 km ga surildi, yani cho'l mintaqasi savannani egalladi. ChO'LLANISh Mustaqillikdan keyin O'zbekiston hukumatining tevarak atrof muammolariga munosabati Bugungi kunda Respublika hududining 27% va mamlakat aholisining 11 millionigina havo, suv va tuproq sifati bo'yicha tevarak atrof standartlariga mos keladigan sharoitlarda yashamoqda. Shubhasiz, ekologik muammolar har bir viloyatda mavjud, biroq, bu sohada juda qiyin sharoitlar qayd etilgan zonalar aniq belgilab olingan. Bular Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Farg'ona va Navoiy viloyatlaridir. Umumlashtirib olganda, O'zbekistonda uchratish mumkin bo'lgan eng muhim ekologik muammolar quyidagilar: - ichimlik suvi bilan etarlicha ta'minlanmaganlik; - suv zahiralarining kamligi va ifloslanganligi; - tuproqning sho'rlanganligi va eroziyasi; - katta shaharlarda ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
17.79 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
17.79 MB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: ppt