O'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati

O'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati

O'quvchilarga / Ekologiya
O'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati - rasmi

Material tavsifi

O'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy holati Reja: 1. O'simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish huquqiy holatining tushunchasi va o'ziga xos xususiyatlari. 2. O'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish turlari. 3. O'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari. O'simlik dunyosini huquqiy holati uning tabiat va jamiyatdagi ana shu o'rni hamda ahamiyatini e'tiborga olgan holda belgilanadi. Tabiat obyektlari ichida o'simlik dunyosi muhim ekologik funksiyani bajarishi bilan xarakterlanadi. U tabiiy atrof muhit muvozanatini saqlab turib, undagi tirik mavjudodni yashashi uchun muhim bo'lgan kislorod yetkazib beradi. Shuningdek, o'simlik dunyosi yerni suv va shamol eroziyasidan, quyosh nuridan saqlashda, suvni muhofaza etishda muhim rol o'ynaydi. O'simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va undan foydalanish bo'yicha huquiy holatni belgilashda O'zbekiston Respublikasining O'rmon to'g'risidagi va O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunlari alohida o'rinni egallaydi. Bu qonunlarda o'simlik dunyosi obyektlari, ushbu obyektlardan foydalanish turlari, muddatlari, normativlari, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatyalari, o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanishni cheklash, to'xtatish va man etish, o'simlik dunyosi obyektlarining monitoringi, davlat kadastri kabi masalalar tartibga solingan. O'simlik dunyosining huquqiy holatini belgilashda harakatdagi qonunchilik uning obyektlarini aniqlashga alohida e'tibor bergan. Chunonchi O'zbekiston Respublikasining O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunning 5-moddasiga ko'ra, o'simlik dunyosi obyektlarini, birinchidan, yovvoyi organizmlar, ya'ni daraxt, buta va o'tsimon urug'laydigan o'simliklar, qirqquloqsimonlar, mohsimonlar, suv o'tlari, lishayniklar va zamburug''lar o'zining butun xilma-xil turlari bilan; ikkinchidan, yovvoyi organizmlardan tashkil topadigan tabiiy o'simliklar jamoalari yoki ularning har qanday majmui; uchinchidan, kamyob va yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simlik turlari; to'rtinchidan, yovvoyi o'simliklarning mevalari, urug'lari va boshqa qismlari yoki ular hayot faoliyatining mahsullari tashkil etadi. O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonun o'simlik dunyosidan foydalanish muddatlari, shakllari, turlari, normativlari, bekor qilish asoslarini o'rnatishga katta ahamiyat bergan. Bu normalarda o'simlik dunyosidan foydalanishning huquqiy holati, tartiblari o'rnatilgan. Chunonchi, qonunning 6-moddasida o'rnatilishicha, o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish umumiy va maxsus bo'lishi mumkin. O'simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun bepul amalga oshiriladi. O'simlik dunyosi obyektlari maxsus foydalanishga ishlab chiqarish faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun haq evaziga yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnomalar asosida beriladi. O'simlik dunyosi obyektlari doimiy yoki vaqtincha (uzoq muddatli va qisqa muddatli) foydalanishga beriladi. O'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqini bekor qilish tartibi va asoslari qonunda batafsil belgilab berilgan. O'zbekiston Respublikasining O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risidagi qonunining 19-moddasiga binoan o'simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish huquqi shunday huquqdan voz kechilganda; muddat tugaganda; foydalanuvchi yuridik shaxs tugatilganda; o'simlik dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan foydalanish va ularni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.93 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.93 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga