Organizmda gazlar almashinuvi va uning ahamiyati. Hayvonlarda issiqlik almashinuvi Reja: Hayvonlarning nafas olishida O2 ning ahamiyati. Nafas olish organlarining asosiy turlari. Suv hayvonlarida gazlar almashinuvi. Oksifillar va evrioksibiontlar. Quruqlik hayvonlarida gazlar almashinuvi. Hayvonlar hayotida muhit harorati va issiqlik almashinuvining roli. Poykilotermiya va gomotermiya. Sovuq qonli va issiq qonli hayvonlarning atrof-muhit bilan bog'lanish xususiyatlari. Organizmda gazlar almashinuvi va uning ahamiyati Hayvonlar aerob organizmlar hisoblanib, nafas olish jarayoni erkin kislorod bilan bog'liq. Faqat ayrim guruh hayvonlari, masalan, ba'zi bir hujayralilar, qumga ko'milib yashovchi chuvalchanglar (Tubificidae), ba'zi chivinlarning lichinkalari (Corethra, Chironomus) mollyuska va qisqichbaqasimonlarning ayrim turlari ma'lum vaqt davomida anaerob (kislorodsiz) sharoitda yashashi mumkin. Hayvonlar kislorodni tashqi muhitdan butun tana sathi orqali yoki maxsus nafas olish organlari (o'pkalar, traxeyalar, jabralar) yordamida qabul qilishadi. Organizmga kirgan kislorodni qabul qilish, tashish va organlar, to'qimalar, hujayralarga berish funksiyasini, qon suyuqligi tarkibidagi pigmentlar bajaradi. Ko'pchilik hayvonlarda kislorodni o'ziga biriktirib olish va uni berishni gemoglobin tarkibidagi temir (Fe) bajarsa, hasharot va mollyuskalarda temir o'rniga gomosianin tarkibidagi mis (Cu) bajaradi. Ayrim hayvonlarda (Tunicata) pardalilarda esa vanadiy bo'ladi. Ushbu pigmentlar maxsus shaklli elementlar (hujayralar) ichida (eritrositlar) yoki qon suyuqligi tarkibida erigan holda yoki boshqa bir suyuq to'qima tarkibida bo'ladi. Qon pigmentining asosiy xossalaridan biri erkin O2-ni o'ziga biriktirib, oksigemoglobin hosil qiladi. Kislorodni ko'proq qabul qilgan bo'lsa, uni atrofidagi organ va to'qimalarga beradi. Organizmga qabul qilingan O2 ekzotermik oksidlash jarayonlari uchun ishlatiladi. Bunda hosil bo'lgan yangi birikmalar va energiya organizmning hayotiy funksiyalari, jumladan, nafas olish, qon aylanish, ajratish, nerv-gumoral faoliyat, o'sish, rivojlanish kabilar uchun sarf qilinadi. Suv hayvonlarida gazlar almashinuvi Kislorodga talab darajasiga binoan suv hayvonlari bir-biridan farq qiladi. Ularning bir guruhi O2 ga boy bo'lgan suvda yashasa, boshqa bir guruhi O2 kam bo'lgan suvlarda yashashga moslashgan. Shunga binoan, suv hayvonlari ikki guruhga bo'linadi. 1. Oksifillar - stenoksibiontlar O2-ni ko'p talab etuvchi hayvonlar. Bunday hayvonlar 1l3 suvda 7-11 sm3 kislorod bo'lsa yashaydi. 2. Evrioksibiontlar. O2-ni kam talab etuvchi hayvonlar. Bunday hayvonlar 1 l3 suvda O2 miqdori 4-0,5 sm3 hajmda bo'lsa yashaydi. Lekin hayvonlar orasida shundaylari ham mavjudki, ular tarkibida O2 juda kam bo'lgan suvlarda ham yashaydi. Bunday hayvonlar oksifob-stenoksibiontlar deyiladi. Oksifil hayvonlarga - tez oquvchi va sovuq suvli daryolarda yashovchi bir qancha baliqlarni, jumladan, yalang'och baliq, zog'ora baliq, kumja, tanga baliq, xarius kabilarni ko'rsatish mumkin. Sekin oquvchi va O2 uncha ko'p bo'lmagan daryolarda, ko'llarda va boshqa chuchuk suvlarda oksifob va evrioksifob baliqlarga yorsh, olabug'a, oqcha, zog'ora baliq, tovon baliqlarni ko'rsatish mumkin. Oksifob hayvonlarga yana suv tubidagi hayvonlarning ko'pchiligi, jumladan, ko'pgina bir ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.52 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:39
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
37.52 KB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:39 ]
Arxiv ichida: doc