O'simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi

O'simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi

O'quvchilarga / Ekologiya
O'simlik va hayvonot dunyosi muhofazasi - rasmi

Material tavsifi

O'SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH Reja: I.Kirish O'simliklar va hayvonot dunyosining xususiyatlari. II.Asosiy qism O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati. O'rmonlarning ahamiyati. Ozbekiston hayvonot dunyosini muhofaza qilish O'zbekiston hayvonot dunyosi xilma - xilligi Qizil kitob. II. Xulosa O'simliklar va hayvonlar biosferaning asosiy tarkibiy qismi bo'lib, tabiiy resurslar orasida muhim o'rin egallaydi. Tabiatda muvozanat ko'p jihatdan o'simlik va hayvonlarning xilma-xilligiga bog'liq. Biosferadagi moddalar davriy aylanishi tirik organizmlarning bevosita ishtirokida o'tadi. O'simlik va hayvon mahsulotlarisiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi. O'simlik resurslari tugaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi. O'simliklar yer yuzidagi hayotning asosidir. Sayyoramizda 500 mingdan ortiq o'simlik turlari aniqlangan. O'simliklar kislorod va organik moddalar manbaidir. Fotosentez jarayonida ular CO2 ni yutib, O2 chiqaradi. Har yili o'simliklar tomonidan 200 mlrd tonnadan ortiq organik moddalar sintez qilinadi. Bu moddalar barcha boshqa organizmlar uchun ozuqadir. Tabiat va odam uchun ahamiyatiga ko'ra o'simliklarni 3 guruhga ajratish mumkin. 1. Suv havzalarida yashovchi o'simliklar. 2. Tuproqda yashovchi o'simliklar. 3. Yer yuzasida yashaydigan o'simliklar. O'simliklar dunyosi yerdagi hayotning birlamchi manbai hisoblanadi. Ular yerga 380 mlrd tonna organik modda hosil qiladi. Uning 330 mlrd tonnasi dengiz va okean o'simliklariga, 40 mlrd tonnasi o'rmonlarga, 8-10 mlrd tonnasi o'tloqlarga to'g'ri keladi. O'simliklar yer yuzidagi hayotning asosi hisoblanadi. O'simliklar biomassasining asosiy qismini o'rmonlar tashkil qiladi. O'rmon mahsulotlarisiz birinchi navbatda yog'och mahsulotlarisiz odamlar hayotlarini tasavvur qilish qiyin. Yog'ochdan 20 mingga yaqin turli mahsulotlar olinadi. O'rmonlar daryodagi suv hajmini tartibga solishda, tuproqni erroziyadan saqlashda, atmosferada balansini boshqarishda, binobarn yerdagi tirik organizmlar uchun zarur sharoitlarni yaratishda juda muhim rol o'ynaydi. O'rmonlar tabiatdagi iqlim va suv balansini boshqaruvchi omildir. O'rmon va daraxtzorlarning qishloq xo'jaligi uchun ahamiyati juda katta. Ular maydonlardagi iqlimni yaxshilaydi. Suv bug'lanishi kamaytiradi va hosildorlikni oshiradi. Daraxtlar o'g'it va ximikatlar oqimini to'xtatadi va ulardan tuproqni tozalaydi. O'rmonlarning umumiy maydoni 4.1 mlrd ga yaqin. Quruqlikning 33 % ni tashkil qiladi. O'zbekistonda o'rmonlar maydoni 937 ming g, lekin yerning yashil qobig'i to'xtovsiz qisqarib bormoqda. Keyingi 10 ming yil ichida yer sharidagi o'rmonlarning 23 qismi kesib yo'qotildi. Ayniqsa aholi zich yashaydigan rayonlarda. Natijada 500 mlndan ortiq yerlar hosilsiz cho'lga aylandi. O'rmonlarning tartibsiz kesilishi tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishiga va noxush oqibatlar olib keladi. Tuproq erroziyasi jarayonlari kuchayib ketdi. Daryo va ko'llarda suv sathi pasaydi. Ko'plab toshqinlar kuzatilmoqda. Noyob va yo'qolib borayotgan turlarning muhofazasiga e'tiborni kuchaytirish uchun 1966 yili tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan xalqaro Qizil kitob tashkil qilingan. Qizil kitob faqatgina xatar darakchisi bo'lmay, balki muhofaza harakatlarining dasturi hamdir. O'simlik va hayvonlarni muhofaza qilish faqatgina turli davlatlar o'rtasidagi hamkorlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.78 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:39 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 6.78 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga