O'SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH Reja: Hayvonlarni tabiatdagi o'rni O'simliklar dunyosining xususiyatlari. O'rmonlarning ahamiyati. O'simliklarning inson hayotidagi ahamiyati. 5. Ozbekiston hayvonot dunyosini muhofaza qilish O'zbekiston hayvonot dunyosi xilma - xilligi Qizil kitob. Hayvonlarni tabiatdagi o'rni. Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik qobiqda kimyoviy elementlarning migrasiyada qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomnidan quyosh nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi - bu energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir. Yer sharida yashil o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1% nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda hosil qiladi. O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50%ini o'simliklar nafas olish jarayonida, qolgan energiyani o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarga o'tadi. O'txo'r va etxo'r hayvonlar (konsumentlar)da energiya balansi qo'yidagicha bo'ladi: yutilgan ozuqa energiyasi to'la o'zlashtirilmaydi, uning bir qismi tashqi mhitga najas sifatida chiqariladi, so'ngra uni boshqa organizm o'zlashtiradi. Hayvonlar organizm o'zlashtirib olgan ozuqa va zapas energiyaning asosiy qismini organizmning ish faoliyatini normal saqlashga, oz qismini esa nafas olishi uchun sarflaydi. Natijada konsumentlarning o'lishi va chirishi tufayli organik qoldiqlar vujudga keladi, ularni saprofitlar (bakteriyalar, zamburug''lar, nematodalar) parchalab, anorganik moddalarga aylantiradi. Ba'zi hayvonlar, chunonchi yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o'simlik hosildorligini oshiradi yoki ba'zi foydali hasharotlar o'simliklarni zararkunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, boyqush bir yilda 100 ta sichqonni yo'q qilib, 0,5 t donni saqlab qolsa, chumolilar o'rmonlarni kasallikdan saqlaydi. Bir hujayrali dengiz hayvonlarining qoldiqlaridan cho'kindi jinslar (bo'r, ohaktosh) vujudga kelsa, poliplarning faoliyati tufayli okeanlarning sayoz va iliq suvli qismida marjon orollari vujudga keladi. O'simliklar va hayvonlar biosferaning asosiy tarkibiy qismi bo'lib, tabiiy resurslar orasida muhim o'rin egallaydi. Tabiatda muvozanat ko'p jihatdan o'simlik va hayvonlarning xilma-xilligiga bog'liq. Biosferadagi moddalar davriy aylanishi tirik organizmlarning bevosita ishtirokida o'tadi. O'simlik va hayvon mahsulotlarisiz hayotni tasavvur qilib bo'lmaydi. O'simlik resurslari tugaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi. O'simliklar yer yuzidagi hayotning asosidir. Sayyoramizda 500 mingdan ortiq o'simlik turlari aniqlangan. O'simliklar kislorod va organik moddalar manbaidir. Fotosentez jarayonida ular CO2 ni yutib, O2 chiqaradi. Har yili o'simliklar tomonidan 200 mlrd tonnadan ortiq organik moddalar sintez qilinadi. Bu moddalar barcha boshqa organizmlar uchun ozuqadir. Tabiat va odam uchun ahamiyatiga ko'ra o'simliklarni 3 guruhga ajratish mumkin. 1. Suv havzalarida yashovchi o'simliklar. 2. Tuproqda yashovchi o'simliklar. 3. Yer yuzasida yashaydigan o'simliklar. O'simliklar dunyosi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.5 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
9.5 MB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: ppt