O'simliklarning biosferadagi ahamiyati

O'simliklarning biosferadagi ahamiyati

O'quvchilarga / Ekologiya
O'simliklarning biosferadagi ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: o'Simliklarning biosferadagi ahamiyati Reja Biosfera haqida tushuncha O'simliklarning tabiatdagi ahamiyati o'simlik olamini muhofaza qilish Biosfera (bio va yun. sphaira-shar) - Yerning tirik organizmlar tarqalgan qobig'i. B.ning tarkibi va energetikasi undagi tirik organizmlarning faoliyati bilan bog'liq. B.ni hayot sohasi, Yerning sirtqi qobig'i to'g'risidagi dastlabki fikrni Lamark bildirgan. B. terminini esa fanga avstraliyalik geolog E. Zyuss (1875) kiritgan. B. to'g'risidagi to'lato'kis ta'limotni rus olimi V. I. Vernadskiy (1926) ishlab chiqqan. B. atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda bo'lgan qismi (20-25 km), litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani to'liq o'z ichiga oladi. B.ning quyi chegarasi quruqlikda 2-3 km, okean tubida 1-2 km chuqurlikkacha boradi. Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik organizmlar va ular yashaydigan muhit o'zaro chambarchas bog'langan bir butun dinamik sistema-biogeotsenozlarni hosil qiladi. Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining o'rnini olib turgan bo'lsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan organizmlar nisbati o'zgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda moddalar bir xil tezlikda Yer qobig'ida to'planib borgan. Shunday qilib, tirik organizmlar hayotning muhim sharti bo'lgan anorganik muhitning doimiyligi (gomeostaz holati)ni sakdab turadi. Inson faoliyati Yer yuzini tubdan o'zgartirishga qodir bo'lgan hozirgi davrda B.ning rivojlanishi yangi pog'onaga ko'tarildi. So'nggi yillarda insonning B.ga biokimyoviy ta'siri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni B.ning rivojlanishi va funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (mas, o'rmonlarning kesilishi, yerlarning o'zlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar, sun'iy suv havzalari, yo'llar qurilishi va b.) B.dagi biokimyoviy jarayonlarga katta ta'sir o'tkazmoqda. Yer osti boyliklarini qazib olib, juda ko'p miqdorda yoqilg'i yoqilishi moddalar almashinuvini tezlashtirib, B. tarkibi va uning gomeostaz holatiga ta'sir ko'rsatadi. Shu tufayli B.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni to'g'ri tushunib olishga yordam beradi. Biosfera to'g'risidagi ta'limot ekologiya, biotsenologiya va b. fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan juda ko'p o'ta murakkab muammolarni xal etishda katta ahamiyatta ega. O'simliklar ekologiyasi 2 ta bo'limga bo'linadi. Autekologiya bitta o'simlikka bo'ladigan ekologik omillarning ta'sirini o'rganadi. Sinekologiya esa barcha o'simliklarga ekologik omillarning ta'sirini o'rganadi. Har qanday o'simlik tashqi muhit bilan uzviy bog'liq bo'lib, ular evaliyutsion taraqqiyot jarayonida turlicha moslashib borgandir. Hayotning dastlabki bosqichlarida tirik organizmlar dastlab suvda keyin havoda, tuproqda va nihoyat organizmlarning o'zida parazitlik bilan hayot kechirishga moslashganlar. Tashqi muhitdan o'simliklar o'zi uchun zarur bo'lgan energiyani olib, uning parchalanishidan hosil bo'lgan mahsulotlarni dissimilyatsiya mahsulotlarini ajratib chiqaradi. SHuning uchun tashqi muhit o'simliklarga ta'sir qilsa, o'z navbatida o'simliklar tashqi muhitning o'zgarishiga sababchi bo'ladi. O'simlik o'sishi va rivojlanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.02 MB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga