O'simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi

O'simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi

O'quvchilarga / Ekologiya
O'simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning harorat omiliga qarab ekologik guruhlarga ajralishi Reja : O'SIMLIKLARNING GURUHLARGA AJRALIShI HAYVONLARNING HARORAT OMILIGA MOSLAShIShI NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR HAYoTIDAGI AHAMIYaTI O'SIMLIKLARNI NAMLIK ShAROITLARIGA MOSLAShIShLARI O'SIMLIKLARNING HARORAT OMILIGA QARAB EKOLOGIK GURUHLARGA AJRALIShI Barcha o'simliklarni haroratga bo'lgan munosabatiga ko'ra ikkita ekologik guruhga ajratish mumkin: yuqori harorat ta'sirida yaxshi o'sib rivojlanadigan termofil o'simliklar va past harorat ta'sirida yashovchi psixrofil o'simliklar. Har ikki guruhga mansub o'simlik turlari o'ziga xos moslanish xususiyatlariga ega. Termofil o'simliklar hujayrasi issiqlikka chidamliligi, organlar yuzasining kichrayishi, tuklarning yaxshi rivojlanganligi, efir moylariga ega bo'lishi, o'zidan ortiqcha tuzlarni ajratib chiqarishi, uzoq muddat davomida tinim davrini o'tkazishi va boshqa xususiyatlari bilan tavsiflanadi Psixrofil o'simliklar sovuq sharoitni har xil holatlarda (yani tinim yoki vegetatsiya davrida) anotomo-morfologik moslanish orqali o'tkazadi. Bunday moslnishlarga poyasining yer bag'irlab o'sishi, novdaning yotiq yo'nalishi, to'planish bo'g'imi va ildiz bo'ynining yer ostida joylanishi, hazonrezgilik, po'kak qavatning yaxshi rivojlanishi, oq tanaga ega bo'lish kabilarni ko'rsatish mumkin. HAYVONLARNING HARORAT OMILIGA MOSLAShIShI Hayvonlarning haroratga moslashish yo'llari asosan uch xildir, yani kimyoviy, fizik termoregulyatsiya va xulq-atvor moslanishlaridir. Tashqi muhit haroratining pasayishiga javoban faol ravishda tanadan issiq ajralishi kimyoviy termoregulyatsiya deyiladi. Bunday moslashishlarning ko'rinishlari bazi bir baliqlarda, hasharotlarda (arilar, kapalaklar) uchratiladi. Tanadan issiq ajratishning o'zgarishi, yani ortiqcha bo'lsa tashqariga chiqarib yuborish yoki uni ushlab qolish fizik termoregulyatsiya deb qaraladi. Bunday yo'l bilan harorat omiliga moslashgan hayvonlarda quyidagi anatomo-morfologik moslashishlar kuzatiladi: tananing junlar bilan qoplanishi, pat yoki parlarga ega bo'lishi, yog' zahirasining joylanishi, teri yoki nafas yo'li orqali suv bug'latishni boshqarish va hokazo. Ko'pchilik hayvonlar uchun tana haroratini boshqarishda ularning instinktdan kelib chiqadigan harakatlari katta ahamiyatga ega. Bular gavdaning holatini o'zgartirish, boshpana topish, murakkab yer ostki uyalar (inlar) qurish, uzoq va yaqin masofalarga ko'chib yurishlar (migratsiyalar) kiradi. Tana haroratini idora etishda hayvonlarning guruhli xatti-harakatlari ham muhim ahamiyatga ega. NAMLIK OMILINING TIRIK ORGANIZMLAR HAYoTIDAGI AHAMIYaTI Quruqlikda yashovchi organizmlarning suvga bo'lgan talabi tuproq va atmosfera namligi hisobiga qondiriladi. Tuproq va atmosferadagi namlikning manbai atmosfera yog'inlari hisoblanadi. Yer sharida atmosfera yog'inlarining yillik miqdori bir necha 10 millimetrdan 300 millimetrni tashkil etadi. Organizmlarning suv bilan ta'minlanganligini baholash uchun faqat yillik atmosfera yog'inlarining miqdorini bilish bilan kifoyanilmaydi, chunki ushbu miqdor cho'l iqlimini yoki juda nam iqlimni ifodalashi mumkin. Yer sharidagi turli joylarda atmosfera yog'inlari bilan bug'lanish nisbati katta ahamiyatga ega. Yillik bug'lanish yillik yog'ingarchilik miqdori yig'indisidan kam bo'lgan joylar arid (qurg'oqchil) oblastlar deb ataladi. Bu yerda yashovchi o'simlik va hayvonlar uchun namlik etarli bo'lmaydi. Aksincha, yog'ingarchilikning yillik miqdori bug'lanishning yillik miqdoridan ortiq bo'lgan joylar gumid (sernam) oblastlar deyiladi. Klimodiagrammalar malum ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 320.91 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 320.91 KB
Ko'rishlar soni 69 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga