O'simliklarning hashoratlarga chidamliligining immunitet xususiyatlari

O'simliklarning hashoratlarga chidamliligining immunitet xususiyatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
O'simliklarning hashoratlarga chidamliligining immunitet xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'simliklarning hashoratlarga chidamliligining immunitet xususiyatlari Reja: O'simliklarning hashoratlarga chidamliligining immunitet xususiyatlari. O'simliklarning hashoratlar keltirib chiqaradigan zararlanish turlari. Hashorat va o'simliklarning munosabatlari. O'simliklarning hashoratlarga chidamlilik turlari. Hashoratlarning tanlovchanlik xususiyatini namoen bo'lishi o'simlik imunitetidagi ahamiyati. O'simliklarning hashoratlarga nisbatan immunitetining hozirgi zamon tasavvurlari. O'simliklarning hashoratlardan shira, chigirtka va nematodalarga nisbatan chidamliligi ularning zamburug'', bakteriya va viruslarga nisbatan chidamliligi kabi muhim ahamiyatga ega. Lekin fanda o'simliklarning hashoratlarga chidamlilik masalasiga nisbatan to'liq o'rganilmagan. Hozirgi vaqtda 60 dan ortiq o'simliklarning hashoratlarga chidamliligi o'rganilgan. Natijada Shved pashshasiga nisbatan bug'doyning Harkov 306, Gassen 264 navilari keltirib chiqarilgan. Seleksiya natijasida hosil qilingan navlarni etishtirish natijasida 1 mln t qo'shimcha donni yoki har ga yerdan 5-8 ts.hosildorlikni oshirish imkoni vujudga kelgan. AKShda makkajo'xorining g'o'za tunlami va sholi uzun buruniga chidamli navlari g'o'za, beda kabi o'simliklarning shiraga chidamli navlari yaratilgan. O'simlikning hashoratlarga chidamliligi R.Paynter fikricha quyidagi 3 ta yo'nalishni o'z ichiga oladi. O'simliklarning chidamli navlarining asosiy himoya usulidir. O'simliklarning barcha himoyalanish yo'llariga qo'shimcha. O'simliklarning chidamsiz navlarning paydo bo'lishi va tarqalishiga yo'l qo'ymaydi. O'simliklarning chidamli navlarni yaratish hashoratlarga qarshi biologik usul sifatida foydalanishi mumkin. O'simlikning hashorat bilan zararlanishida uning bargi, poyasi, ildizi, guli, mevasi kabi vegetativ va generativ organlari zarar ko'radi. O'simliklarning hashoratlardan zararlanishni quyidagi turga bo'lish mumkin. Bargning mezofil qismini barg tomiriga zarar etkazmasdan zararlanishi ( o'tloq motilkasi hashorati). Bargni faqat asosiy parenximasini barg tomirisiz zararlash ( karam va sholg'om qurti). Bargni yuza tomonini zararlash. Barg kutikulasini zararlanmasdan barg pareximasini har joyini zararlash ( karam qorakuyasi). Barg qirrasini har xil shaklda zararlash ( Sitona goroxda) Bargning ustki va ostki kutikulasini zararlaydi. Kemiruvchi hashoratlarning o'simliklarni zararlashlari poyani kemirish, o'simlik poyasining ko'tarilish oqimi (floema) ni, gullarini qirqish, kurtak, g'uncha, changchi va urug'chilarni zararlash bilan ifodalanadi. Sanchib so'ruvchi hashoratlarning o'simlikka ta'siri kemiruvchi hashoratlarnikidan keskin farq qiladi. Tsikado, burga, va shira kabi hashoratlar og'iz apparatidagi so'rg'ichlari vositasida hujayralararo bo'shliqqa kirib kelib hujayraga zarar etkazmay undan oziqlanadi va ko'payadi. Suruvchi hashoratlar oziqlanish jarayonida o'simlikka o'ziga xos fermentlar ishlab chiqaradi va u bilan munosabatga kirishdi. Hashorat bilan zararlangan o'simlikning anatomik tuzulishida o'ziga xos o'zgarishlar yuzaga keladi. Zararlangan barg yuzasi kamayib fotosintez intensivligi pasayadi, ayrim o'simlik organlari nobud bo'lishiga sabab bo'ladi. O'simlikning hashoratlar ta'siriga javob berish uchun ,hashoratni bartaraf qilish uchun smola, sut sharbatini ishlab chiqarib hashoratni zararlashga olib keladi. Shuning uchun ko'pchilik hashoratlar asosan o'sishdan orqada qolgan yoki to'liq etilmagan o'simlik novdalarida rivojlanadi. Ayrim o'simliklar zararlangan joylarida probka qavatini hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Natijada hashoratning ko'paytirishga noqulay sharoit hosil bo'ladi. Tutdagi komstok, g'o'za shirasining o'simlikni so'rishi jarayonida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.91 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.91 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga