O'zbekiston havosini saqlash muammolari

O'zbekiston havosini saqlash muammolari

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekiston havosini saqlash muammolari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: O'zbekiston havosini saqlash muammolari RYeJA: Atmosfera havosining ifloslanishi va uning oldini olish Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar O'zbekistonda atmosfera havosi ifloslanishining hozirgi ahvoli Organik yoqilg'i yoqilishi natijasida uglerodning ajralib chiqishi Atmosfera havosi ifloslanishining ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlari Atmosfera havosini muhofaza k,ilish tadbirlari majmuasi Atmosfera havosining ifloslanishi va uning oldini olish Atmosfera - Yer kurrasining tashqi kobili, uning barcha tabiiy jarayonlardagi ahamiyati nixoyatda katta. U avvalo Yer satxining umumiy issiqlik rejimini bir maromda saklaydi, koinotdan keladigan turli zararli osmon jismlari ta'siridan asraydi. Atmosfera tsirkulyatsiyasi mahalliy iqlim sharoitlariga ta'sir etadi va u orqali daryolarning suv rejimi, tuproq,o'simlik sharoitlariga, shuningdek relef hosil bo'lish jarayonlariga ta'sir kursatadi. havo-Yerda hayotning vujudga kelishida zaruriy omil. Atmosferaning gaz tarkibi kuyidagicha (xajm bo'yicha foiz hisobida) azot-78. 09, kislorod-20. 95, argon-O. 93, uglerod (II) oksidi- 0,03, neon-0,0018. Atmosferada shuningdek, suv buglari mavjud. Atmosferaning tarkibiga insonning xo'jalik faoliyati borgan sari kuprok ta'sir kursatmokda. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar Atmosferani ifloslantiruvchi chiqindilar odatda ikki kismga bulinadi: gazsimon va qattiq moddalar, shundan gazli moddalar butun chiqindilarning 90%, qattiq moddalar esa 10% ini tashkil etadi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni tabiiy va ishlab chiqarish-maishiy jarayonlar tashkil qiladi. Tabiiy manbalarga chang, chang-tuzon, vulkonlarning otilishi, koinot changlari va boshqalar xos. Tabiiy manbalardan keladigan ifloslantiruvchi moddalarning 34 foizi noorganik genezisga ega. Bular nurash mahsulotlari, tuproq, donalari, tuz, mikroorganizmlar va boshqa. Tabiiy manbalardan atmosferaga kushilgan turli moddalar ma'lumotlarga karaganda, har xili o'rtacha 700 mln.t. dan 1,5 mlrd.t. gacha dengiz tuzlari, 700 mln.t. ga yaqin tuproq changi, urmonlarning yonishi natijasida 360 mln.t. gacha turli aralashmalar atmosferaga kushiladi. Ularning jami o'rtacha 2,3 mlrd.t. aerozolni (havoda muallak turuvchi qattiq yoki suyuk zarrachalar) tashkil qiladi. 80 - yillarning oxirida dunyo bo'yicha yiliga taxminan 600*109 t sanoat-maishiy chiqindilar atmosferaga chikarilgan. Endilikda atmosferaning sun'iy manbalar hisobiga chiqindilar bilan ifloslanishi borgan sari kuchayib bormokda. issiqlik elektrostansiyalar tutun bilan birga xaaora oltin- gugurtli va karbonat angidrit gazlar va boshqa birikmalarni, metallurgiya, ayniqsa, rangli metallurgiya korxonalari, gaz holda azot oksidlari, vodorod sulfid, uglerod oksid, xlor, ftor, ammiak, fosfor birikmalari, turli metall zarrachalari va birikmalari, simob, margimush; xuddi shunday chiqindilarni kimyo korxonalari, tsement ishlab chikaruvchi va paxta tozalovchi zavodlar kuplab chang chikaradi. Masalan, chuyan eritish va undan pulat tayyorlash jarayonida 1 t. chuyan eritilganda 4,5 kg chang, 2,7 kg oltinguturtli gaz, 0,5-1,1 kg marganets ajralib chikadi. havoni ifloslashtirishda avtomobil transportining hissasi juda xam yuqori. Ichki yonish dvigatellari tashqariga chikarib tashlagan chiqindilari tarkibida uglerod oksidi, azot kush oksidi, uglevodorodlar, aldegidlar, kuya, ben(a) preya va boshqa kimyoviy ashyolar mavjud bo'ladi. Olimlarning takidlashicha, chiqindilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.6 MB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga