O'zbekiston va Markaziy Osiyoda tabiatdan noto'g'ri foydalanish oqibatida iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishi Reja: 1. Tuproq sho'rlanishi va uning oldini olish 2. Cho'llashish jarayoni va uning salbiy oqibatlar 3. Orol muammosi va uning global ahamiyat kasb etishi 1. Tuproq sho'rlanishi va uning oldini olish Tuproq sho'rlanishining oldini olish va unga qarshi kurash yer resurslarini muhofaza qilishning eng murakkab vazifalaridan biri hisoblanadi. Tuproqning sho'rlanishi arid zonalar landshaftlarining eng xarakterli xususiyatlaridan hisoblanadi. Lekin biz quyida insonning xo'jalik faoliyati, avvalo, erlarni noto'g'ri sug'orish natijasida vujudga keladigan tuproq sho'rlanishi haqida to'xtalib o'tamiz. Sug'orish faqat tuproq qoplaminigina emas, balki butun landshaftni va landshaft komponentlari (relef, yer usti va yer osti suvlari, o'simlik qoplami, litologiya va h.k) ni o'zgartirib yuboradigan kuchli omildir. Sug'orish to'g'ri olib borilsa va yerdan oqilona foydalanilsa, odatda tuproqning hosildorligi oshadi. Lekin obikor erlarning hamma joyida iqlim sharoitidan tashqari geomorfologik, gidrogeologik va litologik sharoitlar birday emas. Bu hol erlarni sug'orish rejimi va normasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi. Noto'g'ri sug'orish, normadan ortiqcha suv berish yer osti suvlari oqimi sust bo'lgan hududlarda suv balansining buzilishiga va minerallashgan grunt suvlarining yer yuzasiga ko'tarilishiga olib keladi, natijada tuproq sho'rlanadi. Tuproqning sho'rlanishi Osiyo, Afrika, Amerika va hatto Yevropaning janubidagi obikor dehqonchilik qilinadigan ko'pgina mamlakatlarda keng tarqalgan. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan obikor erlarning sho'rlanishi natijasida, ishdan chiqib qolishi hozir ham davom etmoqda. Yerlarning sho'r suv qochiriladigan zovurlar, yani drenajsiz sug'orish natijasida bir vaqtlar hosildor bo'lgan erlarning unumsiz, sho'rlangan va sho'rxokli cho'llarga aylanganligini Eron, Hindiston, Pokiston, Mesopotamiya, Misr va boshqa mamlakatlardagi qadimgi daryolar deltalarida ko'plab ko'rish mumkin. Ayrim joylarda hatto qayta (ikkilamchi) sho'rlanish ham keng avj olgan. Drenajsiz qurilgan yangi sug'orish tizimlari Shimoliy Afrika, Markaziy Osiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Yevropava boshqa joylarda, minerallashgan yer osti suvlarining ko'tarilishiga va bug'lanishiga hamda ilgari sho'rlanmagan tuproqlarning sho'rlanib ishdan chiqib qolishiga sabab bo'lganligiga juda ko'plab misol keltirish mumkin. Respublikadagi asosan yangi sug'orilayotgan yerlar hisobiga sho'rlanish yiliga 2-3 ming gektarni tashkil etadi. Bunday yerlar Respublikaning deyarli barcha mintaqalarida uchraydi. Malumki, sug'oriladigan erlarda tuproqning sho'rlanishi ekinlar hosilini keskin kamaytiradi. Masalan, kuchsiz sho'rlangan tuproqlar hosildorlikni 10-20 foiz, kuchli sho'rlangan tuproqlar esa 50 foizgacha pasaytiradi. Yer yuzida sug'oriladi.an yerlar tuproqlari hozirgi sho'rlanishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat: a) dehqonchilikda har bir joyning o'ziga xos tabiiy va tuproq sharoiti xususiyatlarini etarlicha hisobga olmaslik; b) sug'orish sistemalari qurilishini arzonga tushirishni o'ylab drenaj (zovur) inshootlarini o'z vaqtida barpo qilmaslik; v) dalalarda, kanallarda va sug'orish sistemalarida sug'oruv suvining ko'p sarflanishi; ortiqcha suv sarfi, jumladan, yer osti suvlari sathini ko'taradi. Tabiiy ravishda suv ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.63 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
90.63 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: docx