O'zbekistonda atmosfera, suv, yer va biologik resurslarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarning mohiyati, asosiy bandlari va qo'llanish shart-sharoitlari

O'zbekistonda atmosfera, suv, yer va biologik resurslarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarning mohiyati, asosiy bandlari va qo'llanish shart-sharoitlari

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekistonda atmosfera, suv, yer va biologik resurslarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarning mohiyati, asosiy bandlari va qo'llanish shart-sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda atmosfera, suv, yer va biologik resurslarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarning mohiyatini, asosiy bandlarini va qo'llanish shart-sharoitlarini o'rganish. REJA: Davlat ekologiya qo'mitasi faoliyati; Davlat boshqaruvi organlari faoliyati; O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida gi qonun. Davlat ekologiya qo'mitasi faoliyati Atrof tabiiy muhitni davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi, ekologiya qo'mitasi va mahalliy hokimiyati organlari tomonidan ao. O'zbekistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha bosh ijro etuvchi organ davlat ekologiya qo'mitasi bo'lib , u bevosita Oliy Majlis Senatiga bo'ysunadi. Qo'mita vakolatiga quyidagilar kiradi: vazirlik, idora,fuqarolar tabiatni muhofaza qilish qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; muhofaza qilish dasturlarini ishlab chiqish; davlat ekologiya ekspertizasini o'tkazish; atrof-muhit sifati me'yorlarini tasdiqlash; Ifloslantiruvchi moddalarni havoga chiqarish, suvga oqizish, chiqindilarni joylashtirishga ruxsatnomalar berish va ularni bekor qilish; ekologiya masalalarida xalqaro hamkorlikni tashkil qilish. O'z.Res. ning Oliy Majlisi tabiatni muhofaza qilish siyosatini asosiy yo'nalishini belgilaydi, qonun hujjatlarini qabul qiladi, davlat ekologiya qo'mitasi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq olishning eng ko'p-kam hajmini, to'lovlarni undirib olishdagi imtiyozlarni belgilaydi. Hududlarni favqulotda ekologiya ofatlari, faloqatlarimintaqalari deb e'lon qiladi va talofat ko'rganlarning maqomini belgilaydi. O'z.Res. ning Prezidentiga quyidagi vakolatlar berilgan: ekologik xavfsiz muhitni ta'minlash uchun chora-tadbirlar ko'radi; ekologiya borasidagi qonunlarni imzolaydi; ekologik qonunlarni buzuvchi davlat hokinmiyati va boshqaruv organlari hujjatlarini bekor qiladi;Oliy Majlis senati tasdig'iga qo'mita raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi; talofat ko'rgan hududlar bo'yicha favqulotda holat joriy etadi; Respublika ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolarlarni amalga oshiradi. O'z.Res. ning Vazirlar Mahkamasi davltning tabiatni muhofaza qilish siyosatini amalga oshiradi, ekologiya sohasidagi davlat dasturlarini qabul qiladi, ularni bajarilishini nazorat qiladi, tabiiy resurslarni hisobga olish va baholashni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon talablari doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining me'yorlari ekologik qonunchilikni asosini tashkil etadi va hamma uchun majburiy, oliy yuridik kuchga ega. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitutsiyaning 50, 54, 55 va 100 moddalarida berilgan. 50-modda. Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga ehtoyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar 54-moddasida jamiyatning iqtisodiy negizlaridan biri bo'lgan mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos ravishda e'tirof etiladi. Lekin mulkdor o'z xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi hech qachon ekologik muhitga zarar yetkazmasligi kerak. 55-moddasiga muvofiq Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralari umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir . 100-moddasida ilk bor shahar, tuman, viloyat mahalliy hokimiyatlariga o'z majburiy-hududiy bo'linmalarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 380.32 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 380.32 KB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga