O'zbekistonda ekologik masalalar va ularning hal qilish yo'llari

O'zbekistonda ekologik masalalar va ularning hal qilish yo'llari

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekistonda ekologik masalalar va ularning hal qilish yo'llari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda ekologik masalalar va ularning hal qilish yo'llari EKOLOg'oya FANING RIVOJLANISH TARIXI Inson o'z sivilizatsiyasining ilk qadamlaridanoq tabiiy muhit o'simlik va hayvonot turlari bilin birga yashab, ularni ko'paytirishgan, rivojlanishiga imkon bergan va ulardan foydalanib kelgan. Zaratushtraning kitobi «Avesto»da (eramizdan avvalgi II-I ming yillar) tabiat va insonlar orasidagi o'zaro bog'liqlar haqidagi fikrlar o'z aksini topgan. Qadimgi Yunon olimlari Gippokrat va Aristotellarning ilmiy asarlarida 500 ga yaqin o'simlik turi va hayvonlvrning 454 turlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Galen va Teofrast ham turli jonvorlarning hayoti, tabiatga moslashishi to'g'risida qimmatli ma'lumotlar qoldirgan. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining bizga qoldirgan asarlarida inson va tabiat orasidagi o'zaro munosabatlar o'z aksini topgan. Xalif-al-Ma'mun (813-833) asos solgan «Donishmandlar xazinasi», ya'ni Ma'mun akademiyasida Muhammad al-Xorazmiy, al- Farg'oniy, al-Marvaziy, va boshqalar, keyinchalik Ibn Sino, Abu rayxon Beruniylar faoliyat yuritib, astranomiya, jug'rofiya, tibbiyot, botanika, geologiya kabi sohalarni o'rganishda kata hissa qo'shdilar. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) va Ibn Sino (980-1057) kabi buyuk allomalar o'z asarlarida 700-800 xil o'simlik va hayvonlarning nomlarini, barg va gul shakllarini, buttaning qiyofasini, o'sadigan joylari, gullash davrlari va qaysi kasalliklarga davo ekanligi haqida ma'luot beradilar. XIV-XVII asrlarda kasalliklarni davolashda asosan o'simliklardan va hayvonlarning ichki a'zolaridan foydalanishgan. Z.M.Bobur (1483-1530) va A. Navoiy inson va tabiat orasidagi o'zaro munosabatlar haqida qimmatli ma'lumotlarni keltirganlar. «Boburnoma» -ekologiyaga dahildor asardir. XVII- asrning ikkinchi yarmi va XIX-asrning boshlari, ya'ni «Ekologiya» atamasining fanga keltirilishidan boshlanadi. «Ekologiya» atamasini fanga birinchi bo'lib 1866 yil nemis darvinist olimi Ernest Gekkel kiritdi.Ch. Darvin (1809-1882) o'zining «Turlarni kelib chiqishi» asari bilan biologiya fanini yuqori pog'onalarga ko'tardi. Uning evalyusion nazariyasi ekologiya fanning rivojlanishiga kata turtki bo'ldi.1877 yilda nemis gidrobiologi K.Myobius (1825-1908) turli organizmlardan iborat biotsenoz ta'limotini ishlab chiqdi.XVII asrning oxirlarida, 1784 yilda bug' mashinasining ixtiro qilinishi bilan insonyat tarihida industral bosqich boshlangan.Bugungi ekologiya fani XVII asrning oxirida zoologiya fanining bir bo'limi sifatida shakllana boshladi.Biosferaga oid tushunchalar birinchi marotaba J.B.Lamark (1744-1829) ning «Gidrologiya» asarida keltirilgan bo'lib, unda tirik hayotni tarqalgan fazosi va Yerning hayot qobig'i ma'nosida tasvirlangan. Avstiyalik geolog E.Zyuss (1831-1941) birinchi bo'lib 1875 yili «Biosfera» atamasini kiritdi va uni Yer yuzasidagi yupqa hayot pardasi ma'nosida ishlatdi. Keyingi biosfera ta'limotini rus olimi, akademik V.I.Vernadskiy (1863-1945) ishlab chiqdi. EKOLOGIK MUAMMOLARNI O'RGANISH VA HAL QILISH MASALASIGA IKKI XIL YONDASHISH MAVJUD. TEXNOTSENTRIK YONDASHISH Ekologik muammolarni hal qilishning texnologik choralarini asosiy deb biladi. Ammo tabiat qonunlari va imkoniyatlari inobatga olinmaydi. Tabiiy boyliklardan foydalanishdan texnologik qudrad hal qiluvchi rol o'ynaydi. Texnika imkoniyatlari yordamida biosfera barqarorligini tiklash, ekologik muammolarni hal qilish mumkinligi takidlanadi. Bunday yondashish ko'pchilik iqtisodchilar, siyosatchilar va xo'jalik rahbarlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 82 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga