O'zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi

O'zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishi. Reja: Kirish. I Bob. O'zbekistonda ekologik vaziyatning yomonlashuvi va uning sabablari. I. 1 O'zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi I. 2 O'zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta'siri. I. 3 O'zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari. II Bob O'zbekistonda ekologik muammolarni bartaraf etish chora tadbirlari va ularning ahamiyati. II. 1 O'zbekistonda yer-suv manbalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish chora tadbirlari. II. 2 Tabiatni muhofaza qilishda atmosfera havosini tozalanishi va ekologik muammolarni bartaraf etilishi. Xulosa. Kirish. Tadqiqotning dolzarbligi: Mustaql Respublikamiz oldida tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish kabi buyuk va oliyjanob vazifalar turibdi. Ayniqsa, bizning nazarimizda, bozor iqtisodi sharoitida ishlab chiqarishni to'g'ri yo'lga qo'yish va insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqib, tabiat va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni uyg'un holda tashkil etish o'ta muhim hisoblanadi. To'g'ri, bizda hali bu yo'nalishda tegishli tadbirlar tizimi ishlab chiqilgani yo'q va bunga zaruriy vositalar ham yetarli emas. Uning yaqqol natijalari to'g'risida esa, hali gap ham bo'lishi mumkin emas. Bugunga kelib tabiat, atrof - muhit muhofazasi, xalqaro miqyosidagi mo'tabar tashkilotlarning ma'lumotiga qaraganda, bamisoli tinchlik, osoyishtalikni saqlashday dolzarb muammo qatorida yana bir muammoga aylanmoqda. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari asarida mintaqaviy mojorolar, diniy ekstremizm va fundamentalizm, buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik, etnik va millatlararo ziddiyatlar, korrupsiya va jinoyatchilik, urug' - aymoqchilik munosabatlari bilan bir qatorda ekologik xavfsizlik va atrof - muhitni muhofaza qilish muammolari alohida e'tiborga molikligi hamda milliy havfsizlikka tahdid soluvchi omillardan biri ekanligi ta'kidlab o'tilgan. Hozirgi kunda ijtomoiy muammolarni hal etishning ekologik yo'nalishi atrof - muhitga, ona zaminga oqilona munosabatda bo'lish, tabiatni muhofaza qilish borasidagi barcha tadbirlarni doimiy amalga oshirish va ushbu maqsadda aholi va ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo'lgan yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, oddiy xalqimiz orasida ekologiya muammolarini yoritishda mukammal ekologik ta'limni va shu bilan bir qatorda chora - tadbirlarni belgilash lozim. Ekologik ta'limning eng birinchi dolzarb masalasi - insonning ona tabiat oldidagi o'z burchini anglab yetishidan iborat. Atrof - muhitni muhofaza qilish muammosi, insonning salbiy shakllangan bir qancha stereotiplari bilan bog'liq. Yangi qurilayotgan korxona loyihasida atrof - muhitga yetkazilayotgan zarar e'tiborga olinmas ekan, yaqin kelajakda korxona tabiatga salbiy ta'sir ko'rsata boshlashi mumkin, vaholanki, ushbu korxona rahbariyati bundan habardor bo'lmasligi yoki bo'lsa ham, jiddiy e'tibor qaratmasligi odatiy holga aylangan. Ko'p hollarda qaror qabul qilinayotganda uning natijasi haqida batafsil o'ylamaymiz. Afsuski, chetdan biror kimsa mazkur qaror salbiy natijalarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.54 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 65.54 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga