O'zbekistonda tarkib topgan ekologik vaziyatlar va ekologik xavfsizlikni ta'minlash Reja: 1. Ekologik ahvol va vaziyat to'g'risida tushuncha. 2. Ekologik vaziyatlarni tarkib topishi. 3. Ekologik vaziyatlarning tarqalishi. 4. Ekologik xavfsizlikni ta'minlash choralari. 1. Ekologik ahvol va vaziyat to'g'risida tushuncha. Ekologik ahvol umumiy tushuncha bo'lib, hudud uchun nisbatan barqaror xususiyatlarga ega. Shuning uchun u o'zoq muddat davommda deyarli o'zgarmasligi, yani birdek davom etishi mumkin. Lekin ekologik ahvol bazan og'irlashuvi ham mumkin. Bu hol ishlab chiqarishga bog'liq, uni atrof muhitga ta'siri tezlashsa ahvol og'irlashadi va aksincha, ekologik ahvolni turli darajada sodir bo'lishi hududga har xil vaziyatlarni shakllantiradi. Ekologik vaziyat ekologik ahvolni malum bir vaqtdagi holati, binobarin, u barqaror bo'lib, malum makonda malum vaqt mobaynida bir vaziyatdan ikkinchi vaziyatga tez orada o'zgarishi mumkin. Demak, ekologik vaziyat makonda malum bir vaqt mobaynida sodir bo'ladi za ahvolni aniq, va ravshan aks etdiradi. 2. Ekologik vaziyatlarni tarkib topishi. Respublika hududida ishlab chiqarishni keng miqyosda taraqqiy qilishi ekologik vaziyatni keskinlashtirmokda. Bu keskinlashuv odatda atrof-muhitni ifloslanishi, tuproq va O'simlik qoplamlarini buzilishi, kambag'allashuvi va boshqa ko'rinishlarda ifodalanadi. O'zbekistonda ekologik vaziyatlar joylarda tabiiy reeurslardan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni rivojlantirish, atrof muhitni ifloslanishini oldini olish tadbirlarini qo'llanilishi ko'lami turli miqyoslarda shakllanmoqda. Ekologik vaziyat majmuasi, ayrim guruhda va malum bir omil ( yoki tabiiy komponent) bilan bog'liq, holda tarkib topishi mumkin. 3. Ekologik vaziyatlarning tarqalishi. Majmuali ekovaziyat deyarli barcha tabiiy komponentlarni O'zgarishi oqibatida sodir bo'ladi. Masalan, Orol bo'yidagi ekologik vaziyatni xaqiqatdan majmuali deb hisoblash joiz, chunki u hududda barcha tabiiy komponentlar cho'llashish jarayonida tubdan o'zgarib, gidromorf vaziyat endilikda kseromorf, gidrogalomorf va avtomorf vaziyat bilan bilan almashmoqda. Tabiiy komponentlarning ayrim guruhlari bilan bog'liq bo'lgan ekologik vaziyat, ko'pincha tuproq , o'simlik. yoki atmosfera havosi bilan suvning degradatsiyasi bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, Surxandaryo viloyatidagi Sariosiyo, O'zun tumanlaridagi zkologik vaziyat qo'shni Tojikistondagi Tursunzoda shahrida joylashgan alyuminiy korxonasi chiqindilari evaziga tarkib toptan. O'zbekistonda aksariyat katta hududda ekologik vaziyat resurslarining ifloslanishi tufayli xatarlidir. Atmosfera havosining ifloslanishi va boshqa sabablar bilan bog'liq, vaziyatlar keyingi o'rinlarni egallaydi. O'zbekistonda quyidagi, yani qanaatlanarli, o'rtacha, qeskin, tang va haloqatli ekologik vaziyatlar mavjud. Kanoatlanarli ekologik vaziyatlar; tizma tog'larning suv ayirg'ich chizig'i, baland va o'rtacha balandlikdagi tog'larning yonbag'irlari: O'rtacha ekologik vaziyat o'rtacha balandlikdagi tog'lar va Ustyurt platosining ayrim hududlariga o'simlik qoplamining buzilish belgilari ko'zatiladi. Keskin ekologik vaziyatlarga; madanlar qazib olinayotgan hududlar, past tog' yon bag'irlari kiradi. Tang ekologik vaziyat; Quyi Amudaryoda Xorazm viloyati, Qoraqalpog'istonning katta qismi kiradi. Faloqatli ekologik vaziyatga; Orol bo'yi, Qoraqalpog'istonning Mo'ynoq tumani va butun orol dengizining akvatoriyasi kiradi. Sanoat turli darajadagi ekologik vaziyatlarni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.72 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.72 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: doc