Reja: O'zbekistonning bazi hududlarida atmosfera havosining ifloslanishi va uni oldini olish. Suvdan foydalanish, chuchuk suv muammosi. Tabiatni noyob joylarini muhofaza qilish. Tayanch iboralar: atmosfera, karbonat angidrid gazi, suv resursi, mineral o'g'it, qo'riqxona, buyurtmalar, milliy bog. Tabiat o'zaro bog'liq bo'lgan obyektlar va jarayonlarning yagona, juda murakkab majmuidir. Inson - tabiatning ajralmas kismi. U tabiat bilan doimiy ravishda o'zaro aloqada bo'lgan xoldagina mavjud bula oladi. Odamzotga nima kerak bulsa, barchasini tabiatdan oladi. Ijtimoiy mavjudot sifatida u, eng avvalo, uzining mehnat faoliyati bilan tabiatga juda katta uzgartiruvchi ta'sir kursatadi. Odamzotning mehnat faoliyati jarayonida tabiat bilan inson jamiyatining sifatiy jihatdan mutlako yangi o'zaro ta'siri yuzaga keladi. U hayvonlarning atrof-muhit bilan o'zaro ta'siridan tamomila farq qiladi. qisqacha qilib aytganda, hayvon tabiatdan fakat foydalanadi. Undagi ishtiroki doirasidagina o'zgarishlar sodir qiladi. Inson esa tabiatga kirigan uzgartirishlari bilan uni o'z maqsadlari yo'lida xizmat qilishiga majbur etadi, to'g'rirogi, uning ustidan xukmronlik qilishga intiladi. Yer kurrasi atrofini urab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. Yer atmosferasi amaliy jihatdan cheksiz, uning kimyoviy tarkibi bir xil balandliklarda deyarli uzgarmaydi. Ammo ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi natijasida atmosfera tarkibi ifloslanib bormokda. Bundan tashqari, Yer sirtidan uchib chikkan turli tuman chang, metall zarrachalari havoga tuplanib, maxsus invertsiya qatlamini hosil qiladi. U esa quyoshdan kelayotgan yorug'lik oqimining Yer sirtiga utishiga tuskinlik qiladi. oqibatda yerda iqlim uzgaradi. Tirik mavjudotning hayoti xavf ostida koladi. hozirgi kunda atmosferani muhofaza qilish masalasi jahon xalqlarini tashvishga solib kelmokda. Fakat atmosfera tufayli Yerda hayot mavjud, aks holda, u Oy singari hayotsiz bo'lib kolar edi. Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo'lib, tirik organizmning yashashi uchun juda xam zarurdir. Chunki organizm, xususan inson ovqatsiz, suvsiz bir necha kun yashashi mumkin, lekin havosiz besh dakika yashaydi, xolos. Insonning ravnaki toza havoga bog'liq ekan, Yerdagi hayotning, ayniqsa insonnig ravnaki toza havoga bog'liq. Chunki xar bir kishi bir sutkada 25 kg havo yutadi. Shuning uchun havo ifloslanib uning kimyoviy tarkibi va fizik xossalari o'zgarishi bilan xar bir organizmning fiziologik holati xam uzgaradi. Atmosferaning ifloslanishi fakat sayyoramizdagi tirik mavjudotlarning, xususan inson salomatligiga salbiy ta'sir kolmay, balki xalq xo'jaligiga xam juda katta zarar etkazadi. Atmosfera havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining maxsuli - antropogen omillar ifloslantiradi. Atmosferaning tabiiy ifloslanishiga kosmik changlar, vulkonlar otilishidan vujudga kelgan moddalar, tog jinslari va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o'simlik va hayvonlarning koldikdlari, urmon va dashtlardagi yonginlar muhim rol uynaydi. Atmosferaning antropogen ifloslanishi asosan sanoat korxonalari, avtomobil, havo, temir yul, suv transportlari chiqindi va ajratmalari, shuningdek turli xil yonilg'ilar ishlatilishi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.59 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:40
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.59 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:40 ]
Arxiv ichida: doc