O'zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari

O'zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston Respublikasi hududida kuzatiladigan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlari. Suv toshqini Suv toshqini deb, mavjud suv havzaiaridagi suv sathining ko'tarilishi oqibatida ma'lum maydonlardagi yerlarni suv ostida qolishiga aytiladi. Suv toshqiniga qorlarni erishi, kuchli shamol yuz berishi, kuchli yomg'ir, jala va do'lning yog'ishi, suv to'planib qolgan dambalarning buzilishi va hoka'zolar bunga sabab bo'ladi. Suv toshqini oqibatlari Suv toshqini yuz berishi haqida xabar eshitgan fuqaro zudlik bilan o'ziga kerakli oziq-ovqat, pul, dori-darmon, yegulik hamda issiq kiyimlarni olib, xavfsiz joyga borishi lozim. Suv toshqinidan kishi o'z hayotini saqlash uchun atrofdagi balandlik va qirliklarga chiqish kerak. Suv toshqini yuz berib, toshqin ichida qolgan odam sayoz suvlikdan so'zib borib, o'zini tepalik va qirg'oqqa olishi lozim. Bu paytda eng asosiy narsa kishi hovliqmasdan, qo'rqmasdan sovuqqonlik bilan harakat qilishi, atrofni sinchkovlik bilan kuzatib, o'zini saqlash uchun to'g'ri qaror qabul.qila olishi kerak. Suv toshqinining talafotlari Toshqin yuz berganda toshqin suvidan iste'mol qilish qat'iy taqiqlanadi. Chunki, toshqin paytida suv turli zaharli moddalar saqlanayotgan obyektlami buzgan bo'lishi mumkin. Suv toshqini qaytgandan so'ng bajariladigan birinchi darajali ishlar: 1. Suv bosgan joylarning suvini chiqarib tashlash va quritish. Toshqin oqibatida vayron bo'lgan joylarni tiklash. Xalq xo'jaligi obyektlarini ishchi holatga keltirish va hoka'zolardan iborat. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish, albatta, fuqaro muhofa-zasi shtabi boshchiligida amalga oshiriladi. Bu ishda o'quvchi-tala-balar ham yordam ko'rsatishi lozim. Rog'un loyihasi - O'rta Osiyo uchun sunamidan ham xavfliroq Zilzilaning kelib chiqishi sabablari, tarqalishi va haloqatli oqibatlari. Zilzila - yer ichki harakatlari natijasida uning yuzasida paydo bo'ladigan tebranma harakat. Zilzila tabiiy ofatlar ichida odamlarning halok bo'lishi, etkazilgan zarar, egallagan hududi va himoyalash tadbirlarining qiyinligi bilan ajralib turadi. Vayron qiluvchi kuchga ega birgina zilzila natijasida bir necha minglab odamlar halok bo'lishi, yuz mln. dollorlab moddiy zarar etkazishi mumkin. Masalan, 1556 yil 23 yanvarda Xitoy hududida sodir bo'lgan zilzila natijasida 8300 inson nobud bo'lgan bo'lsa, 1755 yil 1noyabr Lissabonda (9 ball)sodir bo'lgan zilzila 60 ming kishining hayotiga zomin bo'lgan. Oxirgi 50 yil ichida bo'lib o'tgan kuchli zilzilalar ichida vayronagarchilik va qurbonlar miqyosiga ko'ra Chili, San-Franstisko, Tokio, Ashxabod va Spitak, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashxabod (100 ming odam halok bo'lgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng dahshatli fojia Spitak zilzilasi nomini (unda 50 ming odam halok bo'lgan) oldi. U 1988 yili 7 dekabr kuni sodir bo'ldi. Dastlabki kuchli silkinishning o'zida 16 ming aholisi bo'lgan Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar bugunlay yakson bo'ldi. 200 mingli Leninakan shahridagi zamonaviy binolarning to'rtdan uch qismi yer bilan yakson bo'ldi. San-Franstiskoda 1906 yil 18 apreldagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.13 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga