O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, qo'riqxonalar va boshqa muhofaza qilinadigan hududlar

O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, qo'riqxonalar va boshqa muhofaza qilinadigan hududlar

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, qo'riqxonalar va boshqa muhofaza qilinadigan hududlar - rasmi

Material tavsifi

Reja: O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari Tabiatni muhofaza qilishning yo'nalishlari Ijtimoiy-siyosiy va xo'jalik-iqtisodiy yo'nalishlari Tabiat insonlarning moddiy va ma'naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat - bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyatning bir-biri bilan chambarchas bog'langan yaxlit borliqning ikki bo'lagini tashkil etadi. Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish, inson va uning ongi tabiat qonunlariga bo'ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi, uning sotsial mohiyatini aks ettiradi. Jamiyat va tabiat turli yo'nalishlarda doim muloqatda bo'ladi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog'laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar -ozuqa , kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi.Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo'ladi. XVII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko'plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari, qishloq xo'jalik yerlari baliq zaxiralari, suv va quruqlik hayvonlari, o'simlik dunyosida kengroq foydalanila boshladi. Janubiy va Shimoliy Amerika hamda Afrika materiklari atrofidagi orollarini mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okeaniga qirg'oqlariga yetib bordilar. Aholi sonining o'sishi, yangi hududlarning egallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchayadi. O'rmonlar kesildi landshaftlarning tubdan o'zgarishi va ko'plab ov qilish hayvon zaxiralariga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Ko'plab qimmatbaho hayvonat va o'simlik turlari yo'q bo'lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi. Sanoatning rivojlanishi tabiiy zaxiralarning kamayib borishidan tashqari, atrof-muhitning ifloslanishi muammosini ham keltirib chiqardi. Suv havzalari, atmosfera, tuproq sanoat chiqindilari bilan ifloslanib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Bular o'simliklar va hayvonat dunyosi, shuningdek odamlar sog'ligiga ham kuchli xavf bo'lib qoldi. Bu salbiy omil asta-sekin butun yer yuzuni o'z ta'siri ostiga olish XX asr boshlariga qadar sun'iy xarakterga ega bo'lsa, endelikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib ketdi. Jumladan, Antarktidaning tabiati ham radioaktiv chanlar va DDT pestitsidining borligi, yoqilg'i mahsulotlari mavjudligi aniqladi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo'yicha tanqisligi atrof-muhitning dunyo miqyosida ifloslanishi va muvozanatning buzulishi ro'y berdi va tobora keskin tus olib, ekologik sharoitining buzilishi uchun real xavf paydo bo'ldi, bu esa quyidagi sabablarga bog'liq bo'lib, insoniyatning kelajakdagi hayoti va faoliyatini murakkablashtirib yubordi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyotining tabiatga ta'sir etish yo'llari va shakllari nihoyatda ko'p. Bu ta'sir natijasida tabiatdagi miqdor o'zgarishlargina emas, balki sifat o'zgarishlari ham sodir bo'lmoqda. Fan texnika inqilobining tabiatga ta'siridagi eng muhim asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat. Tabiiy zaxiralarni iste'mol qilish hajmi aholi sonining ortishiga qarab ortib bormoqda. Masalan, 1972-yil tabiiy boyliklarni jon boshiga iste'mol qilish 1940-yilga nisbatan 2,5 barobar ortdi. 200-yilda esa kishi boshiga 35-40 tonnaga yetdi. Hozirgi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:40 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.94 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga