Mavzuning texnologik xaritasi va o'tkazilish ishlanmasi Mashg'ulotning borishi Darsning tashkil etish shakllari: a) salomlashish b) davomat aniqlash. c) ob-havo so'rash d) uyga berilgan topshiriqlarni tekshirib chiqish Dars rejasi: 1. O'qituvchining kirish so'zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo'linish (2 daqiqa). 3. Guruh a'zolariga juftlikda ishlash uchun topshiriq berish.(10daqiqa). 4.Yangi mavzu bayoni. (10 daqiqa). 5. Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar (8 daqiqa). 6. Guruhlar taqdimoti (8 daqiqa). 7. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 8. O'quvchilarni rag'batlantirish va baholash (2 daqiqa). 9. Uyga vazifa. (2 daqiqa). Dars rejasi: 1. Tabiat va tabiy boyliklar. 2. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish. 3. Ekologiya va hodislar. 4. Tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar. 5. O'zbekiston Qizil kitobi. 6. O'zbekiston qo'riqxonalari. O'qituvchi: O'tilgan mavzular bo'yicha savol - javob o'tkazib oladi. Turli mintaqalarning ta'rifini aytadi, o'quvchilar esa javobini topishadi. Hatto o'qituvchi ta'rifdagi xatolarni ham ilg'ab olib, hushyorlik bilan tuzatishadi. O'qituvchi: O'zbekiston tabiatini muhofaza qilish haqida gapirishdan oldin tabiat, tabiat komplekslari nima ekanligini esga olishlarini aytadi. 1-o'quvchi: Atrofimizni o'rab turgan borliq, olam tabiatdir. 2-o'quvchi: Tabiat komponetlariga - Quyosh nuri, suv, havo, tuproq o'simlik hayvonot olami va inson kiradi. O'qituvchi: O'zbekiston hududi qanday tabiat mintaqalariga ajraladi? 3-o'quvchi: O'zbekiston hududida cho'l, adir va yaylov mintaqalari ajratiladi. Buni O'zbekiston fanlar akademiyasi K. Zokirov tavsiya etgan. O'qituvchi: Men bir mintaqaga ta'rif beraman, siz uning nomini topishingiz kerak. Bu mintaqaga okean sathidan 400-500 metrdan to 100-200 metrgacha bo'lgan balandlikdagi joylar kiradi. Yozi issiq, uzoq davom etadi. 5-o'quvchi: Adir mintaqasi. O'qituvchi: Bu mintaqada asosan bo'z tuproqlar va taqirlar uchraydi, efemer o'simliklar o'sadi. 6-o'quvchi: Chol mintaqasi. O'qituvchi: Bu mintaqa okean sathidan 100-200 metrdan 2700-2800 metrgacha bo'lgan balandlikdagi joylarni o'z ichiga oladi. Balandlikka ko'tarilgan sari havo harorati ko'tarilib yog'in miqdori kamayadi. 7-o'quvchi: Bu tog' mintaqasi, lekin tog' mintaqasida yuqoriga ko'tarilgan sari havo harorati pasayadi, yogin miqdori esa ortadi. O'qituvchi: Bilasizki, O'zbekiston tabiiy boyliklarga boy. Qani, tabiiy boyliklar deganda nimani tushunasiz? 8-o'quvchi: Tabiiy boyliklar deganda bu insonning yashashi va xo'jalik faoliyati uchun zarur bo'lgan hamda uning xilma - hilligi ehtiyojini qondiruvchi yagona manbadir. 9-o'quvchi: To'g'ri, inson tabiatdan oladigan barcha moddiy boyliklar -yer osti boyliklari, suv, havo, osimliklar, hayvonot olami va boshqalar - tabiiy boylik hisoblanadi. O'qituvchi: Tabiiy boyliklar qanday turlarga bo'linadi? 10-o'quvchi: Tabiiy boyliklar ikki turga bo'linadi: tugaydigan va tugamaydigan boyliklar, tugaydigan boyliklar yana ikki turga bolinadi - tiklanadigan va tiklanmaydigan boyliklar. 11-o'quvchi: Tabiatdan foydalanish uni o'zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o'zaro chambarchas boglangan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
517.74 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
517.74 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: doc