O'zbekistonda yerlarni ro'yxatga olish va baholashning qisqacha tarixi Buyuk mutafakkir, olim Abu Ali Ibn Sino o'z zamonasida Tuproq tirik mavjudot - hayot mamot negizidir deb aytgan edi. Bu mutafakkirona so'zlar hozir ham o'z kuchini yo'qotmagan. Qobusnomada SHo'ristonga tuxum sochmagilkim hosil bermagay, mehnating behuda bo'lg'ay, ya'ni yaxshilikni bilmagan kishiga yaxshilik qilmoq sho'ristonga tuxum sochmoqdir deb bejiz aytilmagan. Yer-tuproq, o't va suvning orasida vositachi bo'lib, ularning orasini ulug'band qilib bog'lagaydir. Shu tariqa yerdagi qurg'oqchilikning olov bila, sovuqlikning, suv bila bog'lanishi orasida paydo bo'ldi, lekin quvvat moddasi bilan mazkur band uzuldi deb yozilgan. Ona zamin haqida bu kabi tabarruk so'zlarni ko'plab keltirish mumkin. Lekin afsuski ularning ko'pchiligi turli sabablarga ko'ra bizgacha yetib kelmagan. Eotibor beraylik sho'r tuproqqa tuxum, yaoni urug' sepma, bari bir sho'riston hosil bermaydi, natijada mehnating zoye ketadi degan gap naqadar dono fikr. O'z o'zidan sho'ristonni ajratish kerakligi, yaoni hisobga olish kerakligi, sho'r yer unumsiz ekanligi va sifati past ekanligidan dalolat. Qadim davrlardan boshlab Markaziy Osiyoda, xususan O'zbekistonda yerlardan oqilona va samarali foydalanish xalq tomonidan yo'lga qo'yilgan. Bunga misol tariqasida maolum yer maydonida odamlar yashashni biroz vaqtdan keyin boshqa joylarga, yaoni tuproqlari nisbatan unumdor yerlarga almashtirishi va u yerda dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullanishini, chig'iriqlar yordamida sug'orish kabilarni keltirish mumkin. O'zbekistonda sug'oriladigan yerlarni ilmiy asosda ro'yxatga olish, baholash ishlari Dokuchayev usuli kashf etilganidan keyinroq rivojlandi. Lekin tezda O'zbekistonni o'z yo'li borligi ko'rindi. Mamlakatimizda sug'oriladigan yerlarni unumdorligi bo'yicha baholash va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash to'g'risidagi uslubiy qo'llanma birinchi marta rus tilida 1969 yili O'zdaverloyiha va tuproqshunoslik institutlari olimlari A.Z.Genusov, B.V.Gorbunov va boshqalar tomonidan chop etiladi. Mamlakatda o'tkazilgan tadbirlar bu qo'llanmada ayrim kamchiliklar mavjud ekanligini isbotladi. Jumladan bu usulda mayda zarrali tuproq qatlam qalinligi, tuproqni gipslashganlik darajalari uchun koeffitsiyentlar ishlanmagan edi. Ushbu qo'llanmani takomillashtirish, dala va vegetatsion tajribalarini natijalarini umumlashtirish, ayrim pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni tuzatish natijasida Respublikamiz sharoitiga, xususan paxtachilik va donchilikka moslashgan yangi uslubiy qo'llanmalar vujudga keldi. O'zbekistonda paxta yetishtiriladigan yerlarning unumdorligini baholash bo'yicha uslubiy qo'llanma. T. 1994. Bo'z tuproqlar kamaridagi sug'oriladigan, eroziyaga moyil yerlarni baholash va xaritalashga doir uslubiy ko'rsatma. T. 1994. O'zbekiston Respublikasi bahorikor yerlarni bonitirovkalash. T. 200 yil va hoka'zolar. Ushbu qo'llanmalar, uslublar negizida mustaqillik davrida Yer fondidan samarali foydalanishda, tuproqni unumdorligi bo'yicha baholashda, sug'oriladigan mintaqalarda tuproq hosil bo'lish sharoiti va sifatini bir-biriga taqqoslab tahlil qilish, sug'oriladigan yerlarda qishloq xo'jaligi ekinlari ekishni to'g'ri va rejali tashkil etish hamda ulardan yuqori darajada hosil olish uchun murakkab hisoblangan agrotexnik va meliorativ choralarni ilmiy asoslashda maolumot beruvchi yagona ilmiy umumlashgan uslubiy qo'llanma yaratildi. Hozirgi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.25 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
69.25 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: doc