O'zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash

O'zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash

O'quvchilarga / Ekologiya
O'zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash Reja: Ekologik vaziyatning umumiy ta'rifi Tabiat komponentlarining ekologik holati Birlashgan Millatlar tashkilotining Rio-de-Janeyroda 1992 yilda o'tkazilgan atrof-muhit va rivojlanishga bag'ishlangan Konferensiyasida jamiyatning barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni emirish va tabiiy resurslarning kamayishi va tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiyotsiz yashash muhitining zarur sifatini ta'minlab bo'lmasligi to'g'risidagi xulosalarga keldi. O'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiyot, ekologiya va ijtimoiy jarayonlarni birgalikda boshqarish barqaror rivojlanishni ta'minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar O'zbekiston Respublikasiga ham to'liq taalluqlidir. Bu konferensiyada global ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan mamlakatlarning alohida rol o'ynashi to'g'risidagi g'oya birinchi marta kun tartibiga qo'yildi va to'la qo'llab quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga O'zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham kiradi. Ular katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bo'lib, regional va global miqyosda atrof muhitni sog'lomlashtirishga salmoqli xissa qo'shish imkoniyatiga egadir. Shu munosabat bilan O'zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatni ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O'zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim malakat xalq xo'jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. Amalga oshirilgan eng muhim tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi: atrof muhitni muhofaza qilishni amalga oshirishning ko'p bosqichli tuzilmalar barpo etiladi; atrof muhitni muhofaza qilishning huquqiy asosi yaratildi va u muttasil takomillashtirib berilmoqda; 2005 yilgacha davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bo'yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda; atrof muhitni muhofaza qilish milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan; biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilgan; Respublikada atrof muhit gigiyenasi bo'yicha milliy harakat rejasi ishlab chiqilgan; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydoni sezilarli ko'paytirilgan. Ko'rsatilgan hujjatlar va amalga oishirlgan tadbirlar mamlakatda ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Shu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog'lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarning ozayishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda ekologik ekspertiza amaliyoti boshqarishning o'ta muhim ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlari qatoriga kiradi. Ekologik ekspertiza nuqtai nazaridan tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida Respublikada uzoq davr mobaynida xukmronlik qilgan o'tmish totalitar tuzumdan meros bo'lib qolgan ekologik muammolar yechimini topish, mamlkatda mavjud bo'lgan boshqa ekologik muammolarning yaxlit manzarasini aniqlash, ularni keltirib chiqargan sabablar va ulardan kuzatilayotgan ko'ngilsiz oqibatlarning natijasi hisoblangan murakkab ekologik vaziyatning ta'sirini tahlil etish mamlakatlarning antropogen omillarga bog'liq bo'lgan ekologik vaziyati to'g'risida to'la tasavvur beradi. Bular o'z navbatida ekologik ekspertiza amaliyotida maqsadga muvofiq loyihalarga afzallik berish yoki samarasiz loyihalarni rad etish masalalarini to'g'ri hal etishga xizmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.68 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:41 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.68 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga