Qo'riqxona quriqlik va suvlarning o'ziga xos landshaftlarini tabiiy holda saqlash uchun ajratilgan joylar bo'lib, xo'jalikda undan foydalanilmaydi. O'zbekistonda qo'riqxonalarning umumiy maydoni 2164 km kvadratga teng. Uning asosiy maqsadi tabiatning noyob diqqatga sazovor qismlari landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun uzoq vaqtgacha saqlashdan iboratdir O'zbekistondagi qo'riqxonalar Qo'riqxonalar Maxsus qo'riqxonalarda asosan katta ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ayrim tabiiy obyektlar muhofaza qilinadi. Masalan: Orol dengizidagi Borsa kelmas qo'riqxonasida iqlimlashtirilgan qulon, sayg'oq va jayronlarning biologiyasi o'rganiladi. Pitsun qo'riqxonasida asosan relikt qarag'aylar muhofaza qilinadi. Chelyabinski viloyatida tashkil etilgan Ilmen qo'riqxonasida noyob minerallar, Buxoro qo'riqxonasida jayron muhofaza qilinadi. Qo'riqxona obyektlarini tashkil etish prinsiplari Tarixiy prinsip. Tabiiy qo'riqxona eko sistemalari hududiy va keng biogeografik miqyosida tirik va o'lik tabiatni bunyod etishning tarixiy rivojlanish jarayonida o'ziga xos etalon bo'lib xizmat qiladi. Mintaqa geografik prinsip Qo'riqxona hududlarining tarmog'i kenglik meridian, tog' tumanlarida esa tabiiy eko sistemalarning bo'linishi qonuniyatlarini o'zida aks etishi kerak. Ekologik prinsp Turli edafik ,iqlim va geologik morfologik sharoitlarda tabiiy eko sistemalarni ilm uchun muhofaza etish Xo'jalik prinsip Tabiiy qo'riqxona fondiga o'rmon, qishloq-xo'jalik, suv va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan eko sistemalarni kiritish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy prinsip O'zgaruvchan qo'riqxon tartibi yordamida rekreatsion va balneologik tomondan nodir bo'lgan tabiiy hududlarning majmualarini aholining ehtiyojlarini qondirish uchun saqlashni ko'zda tutishi (urbanizatsiya va industralizatsiya, demografik yuksalishni hisobga olgan holda). Ilmiy tekshirish prinsip Hozir va kelajakda biosferani ilmiy tekshirishda tabiiy baza yaratishni ko'zda tutish Didaktik prinsip Ekologik ta'lim va tabiatni o'rganish ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy obyektlarda qo'riqxona tartibini o'rnatishdan iborat. O'zbekistondagi 1-qo'riqxona Zomin tog'-o'rmon qo'riqxonasi Jizzax viloyatiga qarashli Turkiston tizmasining Guralash dovoni atrofida1926 -yil 10500 gektar.Tog' landshafti va u yerdagi archazorlar hamda tog' echkisi, tog' qo'yi, oq tirnoqli ayiq. Sibir takasi kabi hayvonlar muhofaza qilinadi. O'zbekistonda qo'riqxona tashkil qilishda asosan 1970-yillardan boshlab e'tibor berila boshlandi FLORASI Qo'riqxonaning o'simlik dunyosi juda rang-barang: 700 xildan ortiq o'simlik, giyohlar o'sadi. Shulardan ikkitasi «Qizil kitob»ga kiritilgan, 48 xili esa faqat Turkiston tog'lari uchun xosdir. Tabiiy giyohlardan bo'znoch, pushti radiola, qizilpoycha, qizilqon kabilarni topish mumkin bo'lsa, manzarali o'simliklardan chinnigul, yorongul, za'faron kabilarni; daraxtlardan chetan, yovvoyi olma va noklarni uchratish mumkin. FAUNASI Qo'riqxona faunasi o'ziga xos. Unda sudralib yuruvchilarning 14, qushlarning 102 xilini uchratish mumkin. Kamyob qushlardan sanalgan govkaptar, dehqonchumchuq, qumri, qorayaloq, Turkiston ukkisi, Turkiston chug'urchiqlari, 30 turdagi sut emizuvchilar, ikki xil suv va quruqlikda yashovchi jonivorlar shular jumlasidandir. Bu yerda juda g'alati bir qush - patlari qora, sariq, yashil bo'lgan, faqat archa urug'lari bilan oziqlanadigan archa boltatumshug'i ham yashaydi. Qo'riqxona hududidan qo'nim topgan 8 turdagi qush, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
352.26 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
352.26 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: pptx