O'zbekistonning suv resurslari va suv manbalari. Sug'orish tizimlari haqida tushuncha Reja 1. O'zbekistonning suv resurslari 2. O'zbekistonning suv manbalari 3. Sug'orish tarmoqlarining tarkibiy qismlari 4 Sug'orish tarmoqlarida suv o'lchash ishlari SUGORISh tarmoqLARI qurilishI TARIXI 1938-1942 yillarda xalq hashari yo'li bilan suv xo'jalik obyektlarining qurilishi avj oldi. Dastlab Langar (9 km), Lag'on (32 km), Ravot (18 km), Zandona (19 km), Bo'zsu, Qipchoq, Mayyop (25 km) kabi kanallar juda qisqa muddatlarda qurilib, ishga tushirildi. 1939 yil Farg'ona vodiysida eng yirik gidrotexnika inshootlaridan biri - Katta Farg'ona kanali (270 km) xalq hashari yo'li bilan 45 kunda qurib bitkazildi. Qurilishda 160 mingdan ziyod mehnatkashlar ishtirok etishib, jami 17,8 mln. m3 hajmdagi tuproq ishlari bajarishdi. SUG'ORISh TARIXI O'rta asrlar irrigatsiyasini rivojlanishida matematika, geometriya fanlari, arxitektura va qurilish texnikasi yutuqlari katta rol o'ynadi. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning «Kitab al-jabr val muqobala», Abu-Abdullox Xorazmiyning «Mafatih al-Ulum» kitoblarida irrigatsiya va irrigatsiya texnikasi haqida so'z yuritiladi. IX-XII asrlarda akveduklar, suv ayirg'ich-ko'priklar, suv omborlari qurila boshlandi. Sharqning ulug' allomasi Axmad al-Farg'oniy (milodning 798-865 y.y.) Al-Fustat (hozirgi Qoxira) shaxri hududida Nil daryosidagi Ravzo orolida daryodagi suv satxini o'lchovchi miqyosni barpo qilgan. Ushbu gidrotexnik inshoot hozirgacha saqlanib qolgan. XX asr boshlarida Amudaryoning quyi oqimida 69 mingdan ziyod chig'ir qo'llanildi, bitta chig'ir 2-3 ga yerni sug'orish imkonini berdi 12 Chig'ir: 1 - sizot suvini ko'tarib beruvchi va 2 - daryodan suvni ko'tarib beruvchi charxpalak. 92% 5.5% 0.2% 1.5% 0.8% Iqtisodiyot sohalari bo'yicha suv ishlatilishi Sug'oriladigan yerlar salmog'i Respublikamizda etishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy qismi - 97 foizi sug'oriladigan erlardan olinmoqda. Bunday erlarda ekinlar hosildorligi lalmi erlardagiga qaraganda bir necha (hatto 10 va undan ortiq) marta yuqoridir: Orol dengizi havzasi mamlakatlari suv resurslari, km3yil) Use of water resources in agriculture at the Aral Sea Basin countries aholi SONIGA Aholi sonining o'sish suratlarini sug'oriladigan erlarni kengaytirish suratlaridan ortib ketishi natijasida jon boshiga to'g'ri keladigan sug'oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib, 0,35 gektardan 0,16-0,17 gektarga tushib qoldi. Bu ko'rsatkich Rossiyada - 0,67, Qozog'istonda - 1,54, Qirg'izstonda - 0,21 va Ukrainada - 0,59 gektarni tashkil etadi. Respublikamizda suv xo'jalik majmuasi umumiy suv sarfi 2500 m3sek. bo'lgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 17,8 km3 (foydali hajmi 14,6 km3) bo'lgan 52 ta suv omborlari, 32,4 ming km xo'jaliklararo kanallar (shundan 9,4 ming km. ga beton to'shama yotqizilgan), 176,4 ming km xo'jalik (shu jumladan 133,6 ming km tuproq o'zanli, 37 ming km beton to'shamali, 25 ming km beton novli, 3,7 ming km yopiq quvurli) sug'orish tarmoqlari, 31 ming km ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
624.59 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
624.59 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: ppt