Mavzu:ODAM VA BIOSFERA. ODAM EKOLOGIYASI. ODAM VA BIOSFERA. Tabiatda bo'ladigan jarayonlarga tirik organizmlarning ta'sirini birinchi bo'lib ilmiy asosda V.V. Dokuchayev ko'rsatib bergan. V. V. Dokuchayev tuproq hosil bo'lish jarayoni nafaqat iqlim omillari, balki o'simlik va hayvonlar tasiriga ham bog'liqligini ko'rsatdi. XX-asrning 20-yillarida V.I. Vernadskiy biosfera xaqidagi ta'limotida yer yuzasidagi geoximik va energetik o'zgarishlarda tirik organizmlar belgilovchi ahamiyatga ekanligini aytib o'tdi. Biosfera, V. V. Vernadskiy ta'biri bilan aytganda, planetamizning tirik organizmlar yashayotgan yoki qachonlardir yashagan va har doim tirik organizmlar ta'sir qilib turadigan qismidir. Biosfera haqida tushuncha Yerda hayot paydo bo'lgandan boshlab, uzoq tarixiy davrlar davomida u rivojlanib kelmoqda. Yerning tirik organizmlar va biogen cho'kindi tog' jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik Vernandskiy V.I (1920) Biosfera (grekcha - bios - hayot, sfera- shar) deb nomlagan. ODAM VA BIOSFERA. Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig'i hisoblanib, tirik organizmlarning o'zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi. Biosferaga faqatgina yerning qobig'ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo'lgan litosferaning yuqori qismi ham kiradi. Biosferaning chegaralari Biosferaning eng yuqori chegarasida noqulay sharoitga o'ta chidamli bakteriyalar, zamburug'lar, moxlar va paporotniklarning sporalari uchraydi. (Ular aeroplankton deyiladi). Kapalaklar, o'rgimchaklar va ba'zi qushlar 6-7 km gacha ko'tarilishi kuzatilgan. Gidrosferani okеanlar, dengizlar, ko'llar va daryolarning suvlari hosil qiladi. Gidrosfera Yer kurrasining 70 foizga yaqin qismini egallaydi. Hayot gidrosfеraning hamma qismida, hatto eng chuqur - 11 km gacha bo'lgan joylarida uchraydi. Tabiatda moddalarni aylanishi. Ma'lumki tabiatda moddalarning aylanishi uchun uch guruh (elementlarning) organizmlarning bo'lishi shart. Hayotni prodostentlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ular birlamchi bio mahsulotlarni hosil qiladi. Konsumentlar birlamchi va ikkilamchi mahsulotni iste'mol qilgan holda, organik moddalarni bir holdan ikkinchi holga o'tkazadi va hayot hilma-xilligini keltirib chiqaradi. Suvning tabiatda aylanishi. Suv biosferaning barcha tarkibiy qismlarida uchraydi. U suv havzalaridan tashqari tuproqda, havoda va boshqa tirik organizmlarning 80-90% biomassasini tashkil etadi. Suvni tabiatda aylanishi quyidagicha beradi. Suv yer yuziga atmosfera yog'inlari tarzida tushib, atmosferaga asosan o'simliklarning suv bug'lanishi va dengizlar yuzasining hisobiga bu holatda qaytadi. Suvlarning ifloslanishi va uni oldini olish muammolari. Suv yetishmasligining yana bir muhim sababi uning sanoat,ma'xsulotlari va qishloq xo'jaligi chiqindalari bilan ifloslanishidir. Oqova suvlar, ya'ni ishlatilgan va ifloslangan suvlar aksariat xollarda suv havzalariga qo'yilmoqda. Bunday suvlarning 1m3 hajmi toza suvning 40-60 m ni ifloslaydi.Oqova suvlarga tushadigan ifloslovchilar mineral organik va biologik ifloslovchilarga ajratiladi. Mineral ifloslovchilarga qum, loyqa, mineral tuzlar, kislota va ishqorlar kiradi. Organik ifloslovchilarga o'simlik va hayvon qoldiqlari, odam va hayvonlarning fiziologik chiqitlari va h.o. lar kiradi. Sug'orishning tejamkor zamonaviy ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.16 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.16 MB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: pptx