Reja: 1.yorug'likNI TIRIK ORGANIZMLARGA TA'SIRI. Sinekologiya haqida tushuncha. Biotik omillar. Biotik munosabatlarni xillari hayvon va o'simlik o'rtasida biotik va trofik aloqalar. o'simliklarning tarqalishiga hayvonlarning roli. Ut bilan ovqatlanuvchi hayvonlarni biotsenozga ta'siri. yorug'lik manbalari haqida. o'simliklarda fotosintez jarayonini utishida yorug'likni ahamiyati. yorug'likni hayvonlar hayotiga ta'siri. Bioritmlar haqida tushuncha. Sinekologiya haqida tushuncha. Malumki, har xil turlar populyatsiyasi integrallashib (yigilib) biotsenozni hosil qiladi. Biotsenoz malum maydonda hosil bo'lgan o'simliklar, hayvonlar, migroorganizmlar majmuasidir. Biotsenoz tushunchasini 1877 yilda nemis zoologi K.Mebus fanga kiritgan. Biotsenoz o'z navbatiga zootsenoz va fitotsenozga bulinadi (bios - hayot, roinos - umumiy). Biotsenoz tabiiy tanlashni maxsulidir. Xar qanday biotsenoz mustaqil yashay olmaydi, ularni urab turgan muhitga bog'liq. Shuning uchun tabiatda tirik va ulik (abiotik) komponentlar yig'indisi bir-biriga bog'liq holda moslashadi. Shu asosda makonda malum sharoitda (tuproq, havo, suv, harorat) organizmlar majmuasi (biotsenoz) hosil bo'lib, uni biotop deyiladi. Yoki biotop - bu biotsenozni yashash joyi. Xar qanday biotsenoz biotop bilan birga biologik biosistemani - yani biogeotsenozni tashkil etadi. Biogeotsenoz so'zini 1940 yilda V.N.Sukachev fanga kiritgan bo'lib, uning tarkibiga odamdan boshqa xamma organizmlar kiradi, yani biogeotsenozga tabiatni barcha tirik qismlari, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh quvvata, tuproq va undagi suv, mineral vositalar kiradi. Biogeotsenoz har xil kattalikda bo'lishi mumkin. Masalan, urmon, kul, utlok, chul, bazan kichikrok suv xavzasi, kul biogeotsenozni tashkil etishi mumkin, undagi barcha omillar (yer, suvni kimyoviy, fizikaviy xususiyati, organizmlar majmuasi). Biotsenozni zootsenoz, fitotsenoz mikrobiotsenozlarga bo'linish i sun'iydir, chunki bularni xammasi mustaqil, alohida yashay olmaydi. Bularning xammasiga biologik jihatdan yagona sistema deb qarash lozim. V.A.Dogel, Ye.N.Pavlovskiylar parazitotsenoz degan tushunchani fanga kiritganlar, yani parazitotsenoz biotsenozni- bir komponenti sifatida tabiatda mavjuddirlar. hozirgi vaqtda inson faoliyati orqali tabiatdagi biogeotsenoz (chul, urmon, kul) uzgartirilib (uzlashtirilib), uning urniga madaniy o'simliklar-ekinzorlar barpo kilinayapti; bularni agrobiogeotsenoz yoki agrotsenoz deyilib, ularning miqdori erimizda kupayib bormokda (qarshi chulini uzlashtirilishi, bu borada qilingan ishlar, ixota daraxtlar, yerlar xaydalishi, sugorilishi yoki urmonlarni kesilishi). Biotik omillar haqida umumiy xaraktiristika. Biotik omillar-barcha tirik organizmlarning yashash jarayonida bir-biriga malum munosabatda bo'lishi va ta'sir ko'rsatishidir. Biotik omillar har xil ko'rinishda va xarakterda yashash joylarida bir-biriga ta'sir etadi. Masalan, barcha fitofag hayvonlar o'simliklar bilan ovqatlanib, ularning maxsuldorligi, soni, tarqalishi ular ovqatlanayotgan o'simliklarga bog'liq. U z navbatida fitofaglar o'simliklarni rivojiga, hosildorligiga ta'sir etadi. Gullovchi o'simliklar uchun changlatuvchi hayvonlar-xasharotlar muhim oiotik omildir. hayvonlar o'simliklarni tarqalishdagi roli kattadir. Yirtkich hayvonlarni o'z kurbonlarini (bir-birlarini) sonini boshqarishdagi ahamiyati katta. Tekinxur va ularni xujayinlari bilan yashash (ekto-endoparazitlar). Bazi hayvonlar mexanik ta'sir etib, o'simliklarni yanchib tashlab, ularni kamayishiga sabab bo'ladi. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.35 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.35 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: doc