Orol dengizi muammolari Reja: Orol dengizi muammosining tarixi, Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati. Orol dengizini saqlash to'g'risida qabul qilingan asosiy hujjatlar. Orolni saqlab qolish mumkin bo'lgan chora - tadbirlar. Tayanch iboralar: Yopiq suv havzasi, mahalliy yog'in, irrigatsiya sitemasi, sizot suvi, dengiz suv sathi, Orol cho'li, Orol basseyni, TASIS dasturi, FAZA 1 loyihasi, sho'rlanish darajasi, paxta yakka hokimligi. 1. Orol dengizi muammosining tarixi, Orolning qurish sabablari va uning hozirgi holati. Orol dengizi Markaziy Osiyoning yopiq suv havzalaridan biridir. Uning chor atrofi bepoyon cho'l zonasi bilan o'ralgan. Orol dengizini suv bilan to'ldirib turadigan manba bu Amudaryo va Sirdaryolardir. Bu daryolar har yili Orol dengiziga 56 km3 suv qo'yadilar. Mahalliy yog'inlar hisobida esa 5 km3 suv Orol dengiziga qo'shilib turadi. Bu ikki daryo (qadimda Oqsuv va Yaksart deb atalgan) Tyanshan va Pomir tog'laridan boshlanib oqib Orol dengiziga qo'yiladilar. Tog'dan boshlangan joylarida bu daryolarda 100 km3 dan ortiq suv bo'lib, to Orol dengiziga qo'yilganga qadar 2500 km masofani cho'l zonasi bo'ylab o'tganda suvning yarmidan ko'prog'i bug'lanib va boshqa sabablar natijasida Orolga etib bormaydi. Bu ikki buyuk daryolarning suvlari 200 yildan ham ko'proq vaqtdan buyon Markaziy Osiyo xalqlarining chuchuk suvga va qishloq xo'jaligiga bo'lgan talabini qondirib kelmoqda, bu mintaqaning muhitiga ko'rsatgan ta'siri sezilarli darajada emas edi. Biroq XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu mintaqada vaziyat keskin o'zgara boshladi. Bu o'zgarish sobiq Ittifoq hukumatining yangi erlarni o'zlashtirish asosida paxta etishtirishni keskin ko'paytirishga qaratilgan qaroridan keyin boshlangan edi. 1938 yilga kelib sobiq Sovet Ittifoqi paxta bilan birgina o'z ehtiyojlarinigina qondirib qolmay balki chetga paxtani eksport qilish imkoniyatiga ega bo'ldi, biroq Ittifoq iqtisodiyoti paxta etishtirishni yanada ko'paytirish, yangi sug'oriladigan erlarni ochish, hamda irrigatsiya sistemasini kuchaytirishni talab qilar edi. Yana yigirma yildan so'ng yani 1960 yilda sug'oriladigan yerlar soni 4,5 mln gektarga etdi, keyingi 25 yilda yana qo'shimcha 2,6 mln gektar yerga suv chiqarildi va suvni ishlatish bir yilda 105 km3 etdi. Shundan 60 km3 Amudaryo va 45 km3 Sirdaryo hisobiga to'g'ri kelar edi. Shunday holat bu daryolar suv oqimining Orol dengiziga qo'yilishini keskin qisqartirib yubordi. Masalan, agar 1960 yilda Orol dengizi suvining darajasi 53-54 metrni tashkil etgan bo'lsa, keyingi yillarda u keskin pasayib borib, suv darajasi 1990 yilda 1960 yilga nisabatan 14 metr pasga tushgan. Bu degan so'z Orol dengizining - 40% qurigan va suv hajmi 60% gacha qisqargan demakdir. Keyingi yillarda ham Orolning qurishi to'xtagani yo'q va kuzatishlarga ko'ra o'z vaqtida chora-tadbirlar ko'rilmasa uning qurishi kelgusida ham davom etaveradi. Shunday holat davom etaversa Orol dengizi ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.35 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:41
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.35 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:41 ]
Arxiv ichida: doc