Oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish Reja: Pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilar va ularni qayta ishlash Konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish Sabzavot konservalari ishlab chiqarishdagi chiqitlar Yog' moy ishlab chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish Un va un mahsulotlari chiqarish korxonalari qoldiq mahsulotlari utilizasiyasi va ikkilamchi mahsulotlar olish Oziq-ovqat mahsulotlari korxonalarining qoldiq mahsulotlaridan unumli foydalanish va ulardan ikkilamchi foydali mahsulotlar olish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Shu masalarni yechish esa korxonalar olida turgan muhim masalalar hisoblanadi. Pivo ishlab chiqarishdagi chiqindilar va ularni qayta ishlash Solod don mahsulotlari suslosidan va pivo olishda bir qancha chiqindilar chiqadi. Ular: 1) pivo yanchilmasi; qulmoq (xmel) yanchilmasi; oqsil cho'kmasi; qoldiq pivo achitqilari; uglerod dioksidi. Pivo yanchilmasi pishirish bo'limining chiqindisi hisoblanadi. 100 kg don mahsulotlaridan 125-130 kg xom yanchilma (q.m.m.20-25%) yoki 27 kg quruq yanchilmasi (namligi 12%) chiqadi. U qora mol uchun qimmatli ozuqa mahsuloti hisoblanadi. Chunki uning tarkibida azotsiz ekstrakt moddalar -41%; oqsil -28%; yog' - 8,2%; klechatka - 17,5% va kul miqdori - 5,2%ni tashkil etadi. Qulmoq (xmel) yanchilmasidan hozircha sanoatda foydalanilmaydi. U juda o'tkir ta'mga ega, xattoki uni qo'shimcha sifatida hayvonlar yemiga oz miqdorda ham qo'shib bo'lmaydi. Qulmoq (xmel) yanchilmasini ba'zi bir qishloq ho'jaliklarida hayvonlar uchun pastilka yoki kompost sifatida ishlatiladi. Oqsil cho'kmasi susloni sovitish va shaffoflashtirish jarayonida tindirish apparatida yoki susloli separatorda hosil bo'ladi. 100 kg solod va don mahsulotlaridan 2-3 kg 80% namlikka ega bo'lgan oqsil cho'kmasi chiqadi. U juda achchiq ta'mga ega bo'lgani uchun yemlarga qo'shilmaydi. Hozirgi kunda uni kanalizasiyaga oqiziladi. Pivo qoldiq achitqilari yuqori sifatli oziq mahsulotlari hisoblanadi. Uning tarkibi oqsil, uglerodlar, yog' va qimmatli vita'minlardan iborat. Ular V vitamini mavjud bo'lgan tabiiy zahiralardan hisoblanadi. Antinevrit vitamin V achitqilarda shpinat salat barglariga qaraganda oltmish marta ko'proq. V2 vitamini esa sutdagidan ikki marta ko'proq. Shuning uchun fiziologik jihatdan qimmatli, davolash uchun samarali hisoblanadi. Uzum xom ashyo sifatida har xil mahsulotlar ishlab chiqarish uchun keng qo'llaniladi. Bularga uzum sharbati, uzum shinnisi (vakuum susla) sharob, konyak va magiz kiradi. Uzum voshlarini mexanik tarkibi sharob ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega. Uzum g'ujumi (mevasi) po'stloqdan, uzum etidan va urug'dan iborat. Sharbat va sharob sifatiga uzum voshining qattiq qismlari (mevapoyalari, po'sti, urug'i) katta ta'sir ko'rsatadi. Uzum voshidagi g'ujumlar va mevapoyalarning o'zaro vazniy nisbati turli navlarda turlicha bo'ladi. Uzum boshlarining qattiq qismlarining kimyoviy tarkibi, sharob ishlab chiqarishda kata ahamiyatga ega, chunki sharbatni turpida (po'st qismi bilan) bijg'itishda, mevaroyani, urug'larni va ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.72 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.72 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: docx