Mavzu: Ozon qatlami va uning insoniyat uchun ahamiyati Reja: 1.Ozon qatlami haqida tushuncha va uning mohiyati. 2.Ozon qatlamining yemirilish sabablari. 3.Ozon qatlaminining yemirilishiga qarshi bajarilayotgan chora-tadbirlar. 4.16-sentabr xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni. Ozon qatlami Ozon qatlami yer Atmosferasining bir qismini tashkil etadi va ozonning yuqori konsentratsiyasiga ega. Ushbu qatlam quyoshning qattiq ultrabinafsha nurlarining qariyb 93-99% ini tutib qoladi, aks holda ushbu nurlanish sababli yerda hayot qolmasdi. Ozon qatlami asosan strotosferaning pastki qismida, yer sathidan 10-50 km balandlikda joylashgan. Olimlar XX asr boshidan atmosferadagi ozon qatlami holatini kuzatib kelarkan, bugungi kunga kelib nafaqat mutaxassislar, balki maktab o'quvchisi ham ozon qatlami ultrabinafsha nurlarning atmosferaning pastki qatlamlariga o'tib ketishiga yo'l qo'ymaydigan o'ziga xos tabiiy filtr ekanini yaxshi biladi. O'tgan asrning 70-yillari oxiriga kelib olimlar ozon qatlamining to'xtovsiz qisqarayotgani haqida bong ura boshlashdi. Bu emirilishga sanoatda foydalaniladigan xlor yoki brom molekulalari mavjud ozonni emiruvchi moddalar (OEM) sabab bo'ldi. Inson tomonidan atmosferaga chiqarilgan xlorftoruglerodlar (XFU) va boshqa OEMlar stratosferaga ko'tarilgach, quyoshning qisqa to'lqinli ultrabinashfa nurlari ta'siri natijasida xlor atomlari molekuladan ajralib chiqadi. Xlor o'z navbatida ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi, lekin bu jarayonda o'zi hech qanday o'zgarishga uchramaydi. XFUlar atmosferada 74 yildan 11 yilgacha yashaydi. Shifokorlarning fikricha, bir foiz ozon yo'qolganda yer yuzida katarakta xastaligi 150 mingtagacha ortadi, teri raki 2,6 foizga ko'payadi, inson immun tizimi zaiflashishi bilan bog'liq kasalliklar soni oshadi. UB-nurlanishdan faqatgina odamlar emas, balki boshqa jonzotlar ham aziyat chekadi Ozon qatlamining yemirilishi biz yashab turgan olam, bashariyat haloqati bilan barobardir. Ma'lumki, yer yuzasidan 10 dan 50 kilometrgacha bo'lgan masofada joylashgan ozon qatlamining miqdori uch milliard tonnadan iborat bo'lib, u havoning milliondan uch foizini tashkil etadi. Ammo taraqqiyot shiddati va odamzotning o'ziga qulaylik yaratishi natijasida ozon qatlamiga jiddiy shikast yetayotganini ham yoddan faromush qilmasligimiz kerak. Vulqon otilishi jarayonida tarkibida oltingugurt birikmalari bo'lgan gazlar, sovutgich uskunalari, havo almashtirgich qurilmalari, dezinfektsiya va meditsina jihozlarini sterillashda ishlatiladigan aerozollar hamda boshqa ko'plab sohalarda ishlatiladigan xlorftoruglerod va bromxloruglerodlar ozon qatlamini yemiruvchi moddalar sirasiga kiradi. Xlorning bir atomi ozonning yuz ming molekulasiga ta'sir etishi mumkin. U o'zi hech qanday o'zgarishga uchramagan holda, ozon molekulalarini birma-bir parchalaydi. Shuningdek, bugungi kunda turli kosmik apparatlarning uchirilishi jarayonida samoga yuzlab tonna ozonni yemiruvchi kimyoviy moddalar tarqalmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, bitta raketa parvozi davomida o'n ming tonnaga yaqin ozon yemiriladi. Hozirda eng katta ozon tuynuklari yer sharining janubiy va shimoliy qutblarida paydo bo'lgani taassuf va havotir bilan aytilmoqda. 1985 yili Antarktida, 1992 yili Arktikada ozon tuynugi hosil bo'lganligi qayd etildi. Quyosh ultrabinafshanurlarining hech qanday to'siqsiz ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
902.41 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
902.41 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: ppt