Populyatsiya generatsiyalari. Turli generatsiyalarning o'zaro o'xshashligi va farqlari

Populyatsiya generatsiyalari. Turli generatsiyalarning o'zaro o'xshashligi va farqlari

O'quvchilarga / Ekologiya
Populyatsiya generatsiyalari. Turli generatsiyalarning o'zaro o'xshashligi va farqlari - rasmi

Material tavsifi

Populyatsiya generatsiyalari. Turli generatsiyalarning o'zaro o'xshashligi va farqlari Reja: Populyatsiya tarkibida generatsiyalarning shakllanishi va ularning xususiyatlari. Individual rivojlanish jarayonida morfologik va ekologik o'zgarishlarning o'zaro bog'liqligi. Jinsiy guruhlar va ularning tarkibi. Populyatsiyalar polimorfizmi va uning tur uchun ahamiyati. Populyatsiya strukturasi va uning xususiyatlari. Hayvonlarning guruhlar hosil qilib yashashi va uning ahamiyati. Populyatsiya generatsiyalari Populyatsiyalar tarkibida mavjud bo'lgan guruhlar orasida turli yoshdagi generatsiyalarning xususiyatlari va ahamiyati turlichadir. Ayrim turlarda ma'lum generatsiya alohida hayot kechiradi. Bunday generatsiyalar hayotda bir marta tuxumlarini qo'yuvchi uzoq Sharq losossimon baliqlardan keta, qizil baliq, chavicha, gorbusha, kabilarda mavjud. Masalan, gorbushada kuchli va kuchsiz (kam sonli individ) populyatsiyalar (generatsiyalar) gallanadi. Bu jarayon shu tur sonining dinamikasi xususiyatini ko'rsatadi. Uzoq Sharq seld balig'ining turli yoshdagi guruhlarining o'zaro qo'shilib ketishi ham juda kam kuzatiladi. Dengiz kambala balig'ining turli yoshdagi guruhlarining orasidagi izolyatsiya ham juda kuchli hisoblanadi. Tuxumdan chiqqan pelagik lichinkalar (chavoqchalar) 100 va undan ko'p kilometrlarni so'zib o'tib dengiz qirg'og'iga yetib boradi. Bu vaqt davomida gavdasi simmetrik ko'rinishda bo'lgan lichinka assimmetrik ko'rinishdagi yosh kambalaga aylanadi va qirg'oq suvining 10-20 metrli tubiga tushib, hayot kechira boshlaydi. Ular bir yoshga to'lgandan keyin ancha chuqurroq suv tubiga tushadi. Keyinchalik har yili kuzda navbatdagi chuqurroq suv tubiga tushishni amalga oshiradi. Shunga binoan dengizning turli chuqurlik zonalarida ma'lum bir yoshdagi individlar guruhini (generatsiyasini) uchratish mumkin. Bir xil yoshdagi individlar orasida boshqa yoshdagi bironta ham individni uchratish mumkin emas. Ko'pgina hayvon turlarida guruhning yoshiga qarab alohidalanish uchramaydi, balki ular aralashib ketadi. Shunday paytda ham turli yoshdagi guruh individlari biologik izolyatsiyalangan bo'ladi, chunki ular turli ekologik uchastkalar (nisha)da joylashgan. Izolyasiyalanish, ayniqsa, murakkab rivojlanish sikliga (metamorfoz) ega bo'lgan va yashash joyini almashtirib rivojlanuvchi hayvonlarda aniq shakllangan. Masalan, trematoda va sestodalarning hayot siklida erkin yashovchi va parazitik bosqichlarning almashinuvi (fassiola, ayrim solityorlarda) kuzatiladi. To'liq metamorfozli (Holometabola) hasharotlar tuxumdan voyaga yetgan individ hosil bo'lgangacha orada lichinka va g'umbak bosqichlari bo'ladi. Ba'zi gipermetamorfozda rivojlanish bosqichlari 6 va undan ko'proq bosqichli bo'lishi mumkin. Shuni qayd qilish lozimki, har bir bosqichning o'ziga xos yashash shakli bo'lib, uning bir bosqichdan navbatdagi bosqichga o'tishida muhit bilan bog'lanish xarakteri o'zgaradi. Ba'zan esa hatto yashash tarzi ham boshqacha bo'ladi. Masalan, kapalakning chuvalchangsimon (qurtsimon) lichinkasi voyaga yetgan bosqichidan keskin farq qiladi. Ushbu bosqichlarning muhit omillariga bo'lgan talabi va yashovchanlik qobiliyati ham turlicha bo'ladi. (345 -betdagi - 48 jadval) Masalan, kuzgi tunlamni olsak. Tuxum uchun optimum harorat +25,30 hisoblansa, birinchinchi bosqich lichinka uchun +25,60, uchinchi bosqich uchun +210S va g'umbak uchun +19,00 hisoblanadi. Rivojlanish jarayonida har bir bosqichning sovuq haroratga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.2 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.2 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga