Populyatsiya to'g'risida ta'limot

Populyatsiya to'g'risida ta'limot

O'quvchilarga / Ekologiya
Populyatsiya to'g'risida ta'limot - rasmi

Material tavsifi

Populyatsiya to'g'risida ta'limot Reja: Biologik shakllanish darajalari va ularning ierarxik qatorlari. Populyatsiya tushunchasi. Populyatsiyaning statistik tavsifi: tug'ilish, o'sish zichligi, o'lim. Populyatsiya strategiyasi, populyatsiyalarning o'zaro ta'siri. Turlararo raqobatlilik. Tayanch iboralari: Molekulyar, hujayra, organizm, populyatsiya, ekosistema, biogen, tug'ilish, o'sish zichligi, nobud bo'lish, reproduktiv, populyatsiyaning o'sish chizig'i, populyatsiya gomeostazi, populyatsiya strategiyasi, raqobatlilik, parazitizm, yirtqichlik, o'simlikxo'rlik. 1. Biologik shakllanish darajalari va ularning ierarxik qatorlari Tirik materiya (hayot)ning asosan oltita shakllanish darajasi bo'lib, ular quyidagi iearxik qatorlarni hosil qiladi. Molekulyar, hujayraviy, organizm, populyatsiya, ekosistemali va biosferali (ekosferali) darajalardir. Yuqorida bayon etilgan tirik organizm sistemalari xususiyatlarining negizida (asosida) hujayra yotadi. O'lik tabiat tarkibida mavjud bo'lgan barcha kimyoviy elementlar tirik organizmlar tarkibida ham bo'ladi. Biroq tirik organizmlar tarkibida uchraydigan barcha elementlarning deyarlik 99 % ni uglerod, kislorod, vodorod, azot, oltingugurt va fosfor tashkil etadi. Bu elementlar biogen elementlar deb ataladi. Ularning birikmalari bir necha o'nlab tabiiy biomonomerlar (aminokislotalar, nukleotidlar, yog' kislotalari, qand moddalari) va boshqa xil organik moddalar turlarini hosil qiladilarki, ularning har tusdagi nisbatlari turli xil biopolemerlarni hosil qiladilar. Tabiatda turli xil juda ko'plab miqdorda tirik organizmlar bo'lib, hozirgi kunda ularning ikki milliondan ortiq turlari mavjud. Bazi bir ma'lumotlarga qaraganda (T.A.Akimova, V.V.Xaskin, 1998) planetamizdagi turlarning miqdori 5-30 mln gacha borar ekan. Bundan tashqari, organizmlarning katta-kichikligi ham muhim ahamiyatga ega. Yer yuzida yashovchi organizmlarning hajmi (katta-kichikligi) diapozoni katta bo'lib, mikroskopik kichik tuzilishga ega bo'lgan mikroplazmalardan tortib (10-13 g), eng gigant tuzilishga ega bo'lgan (hajmi 100 t keladigan) Kaliforniya sekvoyiga o'xshash o'simliklar mavjud, hattoki sut emizuvchilar sinfiga kiruvchi hayvonlar orasida turli xil hajmdagi vakillari bo'ladi. Chunonchi, karlik belozubkaning umumiy massasi (og'irligi) 1-1,5 g bo'lsa shu sinfga kiruvchi ko'k kitlarning og'irligi 100-150 t ni tashkil etadi yoki birinchisidan million marta vazni og'irroqdir. Bu farqlar turli xil organizmlarning ekologik muhitga moslashish belgilarini bildiradi va evolyutsiya uchun juda muhim bo'lgan irsiy o'zgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi. 2. Populyatsiya tushunchasi. Populyatsiya (yunoncha - populus xalq, aholi manosidan olingan) - bu uzoq muddat davrida muayyan bir hududda yashaydigan yoki o'sadigan bir turga mansub individlar yig'indisidir. Populyatsiyaning biologik xususiyatlaridan biri - bir populyatsiyaga oid individlar boshqa populyatsiya individlariga qaraganda erkin chatisha oladilar. Demak, populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidadir. Shuningdek, populyatsiya individlariga genetik geterogenlik ham xos bo'lib, bu xususiyat ularning har-xil sharoitga moslanishlarni belgilaydi va evolyutsiya uchun juda muhim bo'lgan irsiy o'zgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi. Populyatsiya atamasini 1903 yilda V. Iogansen tomonidan bir turga mansub genetik bir xil xususiyatga ega bo'lmagan individlar yig'indisini tushuntirishda keltirilgan edi. Demak populyatsiya deganda bir turga oid bir-birlari bilan doimo ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.97 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:42 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.97 KB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga