Ekosistemaning iyerarxik qatorlari. Populyatsiya Oziq zanjiri va ekologik piramida to'g'risida tushuncha Tabiiy va sun'iy ekosistemalar Markaziy Osiyo regionning ekosistemalari Inson ekologiyasi Reja: Ma'lumki, tabiatda uchraydigan o'simlik va hayvonlar keragidan ortiq zaxiralar (tanada yig'igan moddalar) ni o'sish va ko'payishga sarflaydi. O'simliklar tomonidan yaratiladigan birlamchi mahsulotning fasllar bo'yicha o'zgarishi ular bilan ovqatlanadigan o'simlikxo'r hayvonlar va yirqichlarning ham fasllar bo'yicha o'zgarishiga sabab bo'ladi.Tur vakillari populyatsiyada energiya va ozuqa moddalarning turli katta - kichik guruhlar orqali o'tishi ularning tabiatda doimiyligi ta'minlaydi va ekosistemada tabiiy zaxiralarning to'planishi effiktiv energiya hosil bo'lishiga olib keladi. Populyatsiya - bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhi bo'lib, ular ma'lum joyda uchraydi va ko'p hayotiy belgilarga ega bo'ladi. Shu belgilar butun guruhning doimiy funsiyalari hisobini aks ettiradi. Populyatsiya a'zolarning hayotiy belgilari : Tur vakillari qalinligi, tug'ulishi, o'lishi, yosh bo'yicha taqsimlanishi, organizmning biotic potensiali, ma'lum hududda tarqalishi va o'sish xillaridir. Populyatsiya genitik xususiyatlarga ham ega bo'lib, bu holati organizmning to'rg'ridan - to'g'ri ekologik moslashishi, qayta ko'payishi va turg'unligiga bog'liq, ya'ni, uzoq vaqt nasl qoldirish qobilyatini saqlab qolishdir. Populyatsiya «biologik» va «guruhlik» xususiyatiga ega bo'ladi. Biologik xususiyatlarga: populyatsiya a'zolarning hayot sikli, o'sishga qobilyati, farqlanishi va o'zining son - sifatini ushlab turish xususiyatlari kirib, ular populyatsiyani hosil qiluvchi organizmlarga taaluqlidir. 1. Tur vakilining ma'lum hududdagi umumiy soni; 2. Ma'lum maydon uchun tur vakillarining o'rtacha soni, populyatsiya qalinligi va makonda populyatsiya a'zolarining massasi; 3. Tug'ulish - ma'lum vaqt ichida tur vakillaridan hosil bo'lgan yangi vakillari soni 4. O'lish - ma'lum vaqt ichida populyatsiya ichidagi o'lgan a'zolar darajasi 5. Populyatsiyaning o'sishi-tug'ilishi va o'lish o'rtasidagi farq bo'lib, bu farq salbiy va ijobiy bo'lishi mumkin. 6. O'sish tezligi-ma'lum vaqt ichida populyatsiya a'zolari sonining o'rtacha o'sish tezligidir. Populyatsiyani klassifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini N.P.Naumov (1963) quyidagicha farqlaydi: elementlar (boshlang'ich soda), ekologik va jo'g'rofik populyatsiyalar. Ularning qisqacha ta'rifi quyidagicha: 1.Elementlarning populyatsiya - bu uncha katta bo'lmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yig'indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bo'lsa, populyatsiyalarning soni ko'p bo'ladi va ko'p sonli populyatsiyalar hosil qiladi. Bir xil sharoitda bunday holat kam bo'ladi. 2. Ekologik populyatsiya sodda, elementlar populyatsiyalar yig'indisidan hosil bo'ladi. Ular ma'lum biogeotsenozlardan, tur ichidagi guruhlarda yuzaga keladi. Masalan, olmaxonning qarag'ay, qoraqarag'ay, oqqarag'ay kabi populyatsiyalari uchraydi. Lekin, bu populyatsiyalar bir-biridan keskin chegaralanmaydi, ular o'rtasida genetic informasiya tez-tez o'tib turadi 3. Geografik populyatsiya- ekologik populyatsiyalarni o'z ichiga oladi, bir xil geografik sharoit va muhitda uchraydi. Lekin geografik populyatsiyalar yetarli darajada chegaralangan bo'lib, o'lchamlari ko'payish qobiliyatlari, ekologik moslashishlari, ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.43 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
12.43 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: ppt