Populyatsiya tushunchasi Reja: 1.Kirish 2. Populyatsiya tushunchasi. 3. Populyatsiya strukturasi. 4. Populyatsiyada individlar sonining o'zgarishi. 5. Adabiyotlar KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo'l qovushtirib o'tirish o'z - o'zini o'limga mahkum etish bilan barobardir», deb tа'kidlaydi.Haqiqatan, biz taraqqiy etayapmiz, lekin tabiat inqirozga yuz tutmoqda.Buning sabablari esa nihoyatda ko'p va xilma-xildir.Eng asosiylari esa tabiiy ekosistemalarning buzilishi, undagi tirik organizmlar soni-ning kamayib, bа'zilarining esa yo'qolib borishidir. Biosferada hayot uchun zarur bo'lgan biogen elementlarni faqatgina tirik organizmlargina (ular populyatsiyalari) aylantira ola-di, yoki akademik V.I.Vernadskiy tа'biri bilan aytganda «Hayot - bu tirik organizmlarning ishlab chiqarish usulidir». Shuning uchun tirik organizmlar, ular populyatsiyasini o'rganish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Buni, ayniqsa, OO'Yning «Ekologiya va tabiatdan foyda-lanish» ixtisosligi mutaxassislari chuqur o'rganishlari zarur. Yuqoridagilarni e'tiborga olib «Ekologiya va tabiatdan foy-dalanish» tа'lim yo'nalishi ixtisosligi uchun maxsus fan sifatida Populyatsiyalarni o'qitish maqsadga muvofiqdir. Mazkur fanning maqsadi va vazifalari: Ekologiyaga ekosistemaviy va populyatsion yondashuv. Tabiatda modda va energiya almashinuvida populyat-siyalar ahamiyati. Populyatsiyalar mohiyati. Organizmlar populyatsiyalari-ning struktura va funksional xususiyatlari. Populyatsiyalar miqdori va zichligini aniqlash va ahamiyati. Populyatsiyalar taqsimlanish (xorologik) strukturasi va ahamiyati. Populyatsiyalar yosh, jinsiy va generativ strukturasi. Populyatsiyalarda ichki munosabatlar. Populyatsiyalar ishlab chiqarishi va dinamikasi. Populyatsiyalararo munosabatlarning har xil tiplari va klassifikatsiyasi. 2. Populyatsiya tushunchasi Populyatsiya - tashqi muhit o'zgarishlariga moslashish reaksiyasiga ega bo'gan, o'z-o'zini ishlab chiqaruvchi, bir-biri bilan o'zaro aloqa qiluvchi bir turga mansub har xil individlar majmuasidir. Bu o'z-o'zini boshqaruvchi ochiq sistema bo'lib, tur mavjudligining elementar formasidir. Tabiatda turlar ikki guruhga ajratiladi. Polimorf turlar - bir-biridan farq qiluvchi bir nechta populyatsiyalar mavjud bo'ladi. Monomorf turlar - bitta populyatsiyasi mavjud. Ikkala turlar populyatsiyasi ham har xil yashash muhitining tа'siri tufayli sodir bo'ladi. Biologik polimorfizm qanchalik yaqqol ko'zga tashlansa, individlar shuncha rang-barang bo'ladi va tashqi muhitning ritmik va tasodifiy o'zgarishlariga asosan moslashadi. Shu sababli mo'tadil mintaqada tarqalgan turlar tropik, ekvatorial mintaqadagi turlarga nisbatan murakkab strukturaga ega. Doimo tor arealda yashovchi turlarga nisbatan keng doirada, akvotoriyada yashovchi turlar polimorf sanaladi. Bu birinchi navbatda energetik hamda hayotiy resurslardan foydalanish hisoblanadi. Energiya o'zlashtirilishi - populyatsiyalar strukturasi to'g'ri-ligi va rivojlanishining asosiy tendensiyasi sanaladi.N.P.Naumov (1977) tа'kidlaganidek «muhit organizmlar uchun o'zaro aloqala-rini to'plash va uzatish uchun platsdarm bo'lib qolmasdan popu-lyatsiya а'zolari uchun biologik signal berish maydoni ham sanaladi». Ko'pgina hollarda suv havzalarida plankton va neyston orga-nizmlarning alohida populyatsiyasini aniqlash nihoyatda mushkul bo'ladi. Ayniqsa suvda yashovchi organizmlar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.31 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.31 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc