Reja: Populyatsiya haqida tushuncha. Biotsenoz-organizmlarning alohida to'plami. Biogeotsenoz tabiiy landshaftning tarkibiy kismi. Ekotizimda modda va energiya almashinuvi. Tayanch iboralar: populyatsiya, biogeotsenoz, ekologik tizim, populyatsion ekologiya, biotsenoz, makrotrof, mikrotrof. Organizmlarning tuzilishi va xususiyatlarini bilish bizning tevarak-atrofimizdagi tabiatda sodir buladigan jarayonlarni tushunish uchun juda foydalidir. Birok bu bilimlar biologik turlarning o'zgarishi kay tarzda va qanday sodir bo'ladi, nima uchun bazi o'simliklar va hayvonlar kamayib ketadi, boshqalari esa kupayadi, insonning xo'jalik faoliyati atrof-muhitga qanday ta'sir kursatadi kabi savollarga javob berish uchun etarli emas. Bu savollarga javob berish uchun fakat ayrim organizmlarnig emas, balki ular guruhlarining xususiyatlari haqida yana kengrok bilimlarga ehtiyoj sezadi. Populyatsiyalar ekologiyasi tuzilmalarining shakllanish sharoitini va bir turning ayrim guruhlari populyatsiyasini dinamik nuqtai nazardan o'rganadi. boshqacha aytganda, populyatsion ekologiya har xil turlar miqdoridagi o'zgarishlarni urganib, uning sabablarini aniklaydi. Turlarning populyatsion ekologiyasini bilmay turib, tabiat va uning resurslaridan ilmiy asosda foydalanib bulmaydi. Populyatsiya to'g'risidagi ta'limot asosida tabiatdagi kupgina murakkab hayotiy jarayonlarni, yani biogeotsenozlarni o'rganishga imkoniyat yaratiladi. Tabiatda turlar, odatda, bir-birlaridan malum tarzda himoyalangan populyatsiyalar to'plamidan iboratdir. Ekologik nuqtai nazardan populyatsiya tirik organizmlar xar qanday turkumining asosiy elementi tarzida karaladi. hayvon va o'simliklar turlarining barqaror mavjud bo'lishi malum ekologik shart-sharoitlar va resurslarni talab etadi. Organizmlar bir joydan boshqasiga kuchganda u yerdagi shart-sharoitlar va resurslar boshqacha bo'lishi va xatto ularga muvofik kelmasligi xam mumkin. Ayrim omillar bir tekis o'zgarishi (masalan, janubdan shimolga siljiganda harorat), ehtimol uzgarmasligi (masalan, havodagi karbonat angidrid gazi miqdori) yoki keskin o'zgarishi (masalan, tuproq tuzilishi va tarkibi) mumkin. Bularning barchasi turlar uchun mos keladigan yashash joyi fazoda guyo alohida «orolcha»lar tarzida shakllanadi. Turlar bu orolchalarni o'z populyatsiyalari bilan koplab oladi. Binobarin, biologik turlar populyatsiyalar ko'rinishida mavjud bo'ladi. Biologiya fanida xar qanday individlar yig'indisi populyatsiya (lotincha «populus»-xalq so'zidan kelib chikkan) deb tushuniladi. Ekologik nuqtai nazardan esa, malum yashash joyida o'z mavjudligini cheklanmagan uzoq muddat davomida ta'minlay olish va erkin chatishish qobiliyatiga ega bo'lgan turlarning individlari guruhiga populyatsiya deyiladi. Populyatsiyaning muhim xususiyati o'z-uzidan kupayishidir. Populyatsiyalar garchand fazoviy ajralgan bo'lishsa-da, malum yashash joyida uzoq muddat hayot kechirish qobiliyatiga ega. Populyatsiyaning asosiy xususiyatlaridan biri uning irsiy jihatdan birligidir. Ular bir ur individlari guruhi tarzda fazo va vaqtda barqaror hisoblanadi. Populyatsiyalar alohida ajralgan holda yashamaydilar. Bir tur populyatsiyalari boshqalari bilan o'zaro ta'sirlashadi, yani ular bilan biotik turkumlar-yaxlit tizmlarni hosil qiladi. Xar bir turkumda qandaydir populyatsiya muhim rol uynaydi. U malum ekologik nisha tashkil etadi va boshqa turlarning populyatsiyalari bilan hamkorlikda uning barqaror hayotiy faoliyatini ta'minlaydi. Populyatsiyalarning o'zaro ta'siri tirik tuzilmalarning yanada yuqori darajasi-biotik jamoalar yoki biotsenozlar ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.32 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.32 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc