Kashkadaryo viloyati shaharlarida demografik o'sish va buning sabablari Reja: Inson ekologiyasini demografik jihatlari. Aholi soni oshib borishi sabablari, va salbiy oqibatlari. Qashqadaryo viloyati shaharlarida aholi sonining o'sib borishi. 4. Ekologik muammolarni yechishning ijtimoiy demografik jihatlari. Insonning atrof-muhit bilan munosabatlaridan qatiy nazar avlodlar almashinishi, aholining ko'payish jarayonini barqaror saqlash masalalari doimo muhim ahamiyat kasb etadi. hayotning beto'xtovligi ikki qarama-qarshi oqimning o'zaro nisbati bilan belgilanadi. Bu tug'ilish va o'lish oqimlaridir. Jamiyatni doimiy mavjud bo'lishi uchun bu ikki oqim muvozanatda bo'lmog'i kerak. Agar tug'ilish o'sishga nisbatan kam bo'lsa, insoniyat zavolga yuz tutadi. Buning teskarisi bo'lsa aholining tez ko'payishi ijtimoiy, iqtisodiy ekologik imkoniyatlar uchun zo'riqishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun xam bu vazifaga katta ijtimoiy quvvat sarflanadi. Insonning boshqa tirik organizmlardan ajratuvchi ongining rivojlanib borishi, insonni tabiat qonunlariga to'la-to'kis bosh egib yashashdan xalos etdi. Kishilar tabiat nematlaridan mumkin qadar ko'proq foydalana boshladilar. Bu esa ijtimoiy qalqon hosil bo'lishini ta'minladi. Inson ongining keyingi rivoji, tafakkurining o'sishi insonga tabiatni ko'pchilik qonunlari ustidan hukmronlik qilish va boshqaruv imkoniyatini yaratdi. Mana shu sabablar yuzasidan insonlarning o'rtacha yoshi 75-80 yilga etdi. Kishilarni o'rtacha yashash yoshini uzayishi yoki qisqarishi ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) sabablarga bog'liq bo'ladi. Bu sabablar to'la o'rganilmaganligi, kerakli chora-tadbirlarni yetishmasligi 200 yillar oldin aholini o'rtacha yoshi 35 yildan oshishga yo'l qo'ymas edi. Hozirda inson o'zining ibtidoiy ajdodiga faqat biologik xususiyatlari bilangina o'xshaydi. Yani insoniyat qanday taraqqiyot bosqichida yashamasin o'z biologik funksiyalarini saqlab qoladi. Shu sababli insonni umri malum vaqt bilan cheklangan. Aholi sonining oshib borishi sabablari va salbiy oqibatlari. Inson sonining dunyo bo'yicha oshib borishiga ijtimoiy muammolarni bir qadar hal etilgani sabab bo'lgan bo'lsa, ikkinchidan bazi ekologik muammolarni o'zi ham sababchi bo'lmoqda. Masalan: Rivojlangan mamlakatlarda sog'liqni saqlashni rivojlanishi o'rtacha yoshni oshirib, o'lim sonini kamaytirdi. Rivojlanmagan mamlakatlarni ko'pchiligida esa o'lim sonini kamaytirdi. Rivojlanmagan mamlakatlarni ko'pchiligida esa ijtimoiy madaniyatni pastligi tug'ilishni ko'p bo'lishini va noqonuniy bolalar soni ortishi sababchi bo'lyapti. Shaharlarda aholi soni (o'zgarishi) oshishi 2 yo'l bilan sodir bo'ladi Mexanik o'sish. Tabiiy o'sish. Mexanik o'sish shaharlarga xar-xil sabablar tufayli kishilarni ko'chib kelishlari orqali bo'ladi. Tabiiy o'sish tug'ilish sonining o'lim soniga nisbatan ustunligidan sodir bo'ladi. Demografik jarayonlar sog'lom turmush tarzini shakllantirishga jiddiy ta'sir kursatadi. aholii salomatligi, shuningdek uning yashovchanligi, aholini joylashishi, muhim kursatgichlaridan biridir. U yangi avlodlarni yuzaga keltirishning miqdor va sifat jihatlari bilan belgilanadi. hozirgi kunda yangi avlodning salomatligi moddiy sharoitga kamrok bog'liq bo'lib, kuprok ota-onalar salomatligi, ijtimoiy-ekologik ishlab chiqarish, kasbiy, ruhiy, tibbiy va boshqa omillar ta'siri bilan belgilanadi. Salomatlik va demografik jarayonlar o'zaro dialektik bog'liq bo'lib, bir-birini ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.01 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:42
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
21.01 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:42 ]
Arxiv ichida: doc