Qishloq xo'jaligida organik chiqindilar biokonversiyasi Reja: Biogumusning kimyoviy tarkibi Metanli bijg'ish Ma'lumki, yerni nafaqat go'ng bilan, balki mineral o'g'itlar (azot, fosfor, kaliy) bilan ham oziqlantiriladi. Ammo o'simliklar ulardan 30-70% ni o'zlashtiradi, xolos. Qolgan qismi tuz komplekslari shaklida yerda isrof bo'lib, vaqt o'tishi bilan sizot suvlariga aralashib ketadi va ma'lum darajada suvni ifloslantiradi. Parrandachilik va chorvachilik komplekslari yaqinida joylashgan aholi punktlarida yashovchi aholining tif, difteriya, dizenteriya, sariq kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinishi ko'pincha ichimlik suvining sifatiga bog'liq bo'ladi. Bu kasalliklarni oldini olish katta mablag'lar ajratishni taqozo etadi. Tabiiyki, go'ngdagi organik birikmalarning parchalanishi jarayonida metan (SH4) ajralib chiqadi va ftor gazi bilan birga ozon kobig'ini yemirtiruvchi birikmalar hosil qiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, hozirgi paytda qishloq xo'jaligi sohasida o'z yechimini kutayotgan bir qator muammolar to'planib qolganligi ko'pchilikka ma'lum. Bular orasida ichimlik va sizot suvlarini ifloslanishdan muhofazalash, tuproqning sho'rlik darajasini kamaytirish, tabiiy zahiralaridan unumli foydalanib ekologik toza mo'l-ko'l mahsulotlar yetishtirish, ekologik toza va arzon energiya va issiqlik manbalarini yaratish va ulardan samarali foydalanish, ozon qobig'ini yemirilishidan saqlash kabi muammolar birinchi o'rinda turadi. Bu borada batafsilroq to'xtalib o'tamiz. Mintaqamizda bir yilda 8 oy quyoshli kunlar bo'lib turishi quyosh nurlaridan samarali foydalanish imkonini beradi. Natijada issiqlik energiyasidan unumli foydalanish, suv tayyorlash va mikrobiologik bazalarni yaratish ishlari minimumga yetkaziladi. Dastlabki hisob-kitoblar shuni ko'rsatadiki, chiqindilarni uzluksiz biostimulyatorlar bilan metanli achitish mezofil rejimini avrupoliklar darajasida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizasiyalash -biogaz va biogumus kompleksini yaratish narxini 8 marotabagacha oshirib yuboradi. Chiqindilarni metanli achitish texnologiyasi quyidagilardan iborat: chiqindilarni achitish kamerasi (reaktor yoki reaktorlar majmui). quyosh yoki elektr qizdirgichlar sistemasi; quruq yoki xo'l filtrlash sistemasi; biomassani aralashtirish sistemasi; gazni haydash sistemasi; - o'lchash nazorat sistemasi; - metantanka. Ushbu texnologiyani sanoat miqiyosida keng joriy etish uchun quyidagi sistemalar ilova qilinadi: chiqindilarni yig'ish va ularni navlarga ajratish vositalari; chiqindilarni aralashtirgichga yuborib, dastlabki xom-ashyoni reaktorlarga taqsimlash sistemasi; achitilgan biomassani to'qish va saqlash sistemasi; biomassani quritish sistemasi (sentrafugalash, quritish, o'lchab o'rash, saqlash, metanol olish uchun metantanka yoki bir nechta metantaka qurilmalari). Shuni alohida ta'kidlash joizki, quritish qurilmasi, o'rab o'lchash va metanol olish qurilmalari standart qurilmalar bo'lib, ular sotib olinadi. Bitta ramaga ikkita achitish kamerasi va filtrlash kompleksi o'rnatilgan bo'lib, u barbataj (suvga bug' aralashtirish) kamerasidan va quruq seolit filtridan iboratdir. Achitish kameralari aralashtirgich qurilmasi, termometrlar, yuklash va to'qish lyuklaridan iborat. Harorat tushgan paytlarida biomassani quyosh energiyasi yoki elektr energiyasi bilan ma'lum darajada qizitish mumkin. Biomassa achiganda undan chiqadigan biogazni kompressorlar yordamida gaz golderrga haydaladi. Biogaz seolit filtridan alohida yoki navbat bilan o'tib serovodorod, azot ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.21 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
42.21 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: docx