Qishloq xo'jalik ekologiyasi

Qishloq xo'jalik ekologiyasi

O'quvchilarga / Ekologiya
Qishloq xo'jalik ekologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Qishloq xo'jalik ekologiyasi Reja: Qishloq xo'jaligida mineral va organnk o'g'itlar qo'llashning me'yorlari va ekologik mohiyati. Mineral o'g'itlardan foydalanishning me'yorlari va mohiyati. Azotli o'g'itlarning ahamiyati va me'yorlari. Fosforli o'g'itlarning mohiyati va me'yorlar. Kaliy o'g'itlarining ahamiyati. Mineral va organik o'g'itlarni birlikda qo'llashning ekologik mohiyati. Kimyoviy zaharli moddalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining pestitsidlar bilan ifloslanish darajasi. Qishloq xo'jaligida kimyoviy moddalarni qo'llashdan asosiy maqsad yerdan yuqori hosil olishdan iboratdir. Buning uchun turli agroximikatlar qo'llaniladi, ularga mineral o'g'itlar, o'simliklarni kimyoviy saqlash vositalari, ularning o'sishini tezlashtiruvchi regulyatorlar, tuproq tuzilishini sun'iy yaxshilovchi moddalar kiradi. Ma'lumki, ekin maydonlarida suv, shamol eroziyasi va ayniqsa, ekinlarning hosili bilan ko'p miqdorda biogen elementlar, ya'ni 1 t mahsulot bilan 16-17 kg azot, 1-27 kg fosfor, 1-114 kg kaliy tuproqdan chiqib ketadi. Shuning uchun yerni o'g'itlash yo'li bilan tuproqdan chiqib ketgan biogen elementlar qaytariladi va mahsulot hosil bo'lish jarayonlari turg'unlikka ega bo'ladi. V.G. Mineyevning (1993,1998) qayd qilishicha, o'g'itlar va kimyoviy birikmalardan unumli foydalanishda qo'yidagi funksional vazifalar turadi, ya'ni: -ekilgan madaniy o'simliklarni makro va mikro biogen elementlar bilan optimal oziqlantirishda o'simliklarga toksik moddalarning o'tishiga tusqinlik qiladigan fiziologik to'siqlarni tezlashtiradigan faoliyatni o'simlik tanasida kuchaytirish yo'llarini topish; - tuproq tarkibi, hosildorligi va uning gumusli holatini tiklash; agroekosistemalarda olib boriladigan dehqonchilik yerlarida biogen elementlarning kichik aylanishi va ularning tuproqdagi balansini optimal holda saqlash; turli tabiiy hududlar talablarini inobatga olgan holda va ularning maqsadlariga javob beradigan optimal madaniy agrolandshaftlar tashkil etish; agroekosistemalarning turli texnogen ifloslanishning oqibatlari og'ir metallar va toksikant elementlar ta'sirini kamaytirish; - agroekosistemalarda radiatsiya-ekologik holatlarni yaxshilash; - agroekosistemalarning biologik ko'rsatkichlarini boshqarish; -o'simlik mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va ozuqaviy sifatini yaxshilash. Ma'lumki, tiriklikning hayot-faoliyati uchun qishloq xo'jalik mahsulotlarini ko'paytirish, sifatini yaxshilash va dehqonchilikda ishlab chiqarishning samaradotligini oshirish asosida agrokimyoning mohiyati kattadir. Sababi agrokimyo uslub va reglamentlarini buzish dehqonchilikda juda katta salbiy oqibatlarga olib keladi, ya'ni mineral o'g'itlardan noto'g'ri foydalanishdan atrof-muhitning ekologik holati buziladi, tuproq, suv, havo ifloslanadi, tuproq unumdorligi pasayadi, agrokimyoviy xususiyati va fitosanitar holati yomonlashadi, o'simliklar kasallaiishi kuchayadi, yerdan olingan o'simliklar hosilining ekologik sifati buziladi, pasayadi. Masalan, karam ekilgan yerga yuqori miqdorda azot o'g'itlarini berishdan karamda modda almashish buziladi, unga oltingugurt o'tishi kuchayadi va natijada karam mahsuloti sifati buziladi yoki tuproqning nordonlashish jarayoniga fosfatlarning tuproqda yig'ilishidan o'simlikning fosfor bilan oziqlanishi yomonlashadi. Mineral o'g'itlar ortiqchaligi tuproqning biologik komponentlar nisbati va organik moddalarning transformatsiyasi buziladi hamda mikroskopik patogen zamburug''lar ko'payib, tuproqda mikrotoksinlar hosil bo'lishiga olib keladi. Qishloq xo'jaligida mineral va organnk o'g'itlar qo'llashning me'yorlari va ekologik mohiyati. Ma'lumki, tuproqda turli mineral va organik moddalar bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.43 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 36.43 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga