Quyosh-yerdagi hayot manbai Reja: Past potensialli quyosh qurilmalari haqida asosiy ta'surotlar va ularning ishlash prinsipi Kollektor quyi tizimi. Quyosh kollektori konstruktsiyasi Kollektor ishi samaradorligi Quyosh energiyasidan foydalanishning zamonaviy usullari. Maishiy ehtiyojlar uchun issiq suv Quyosh energiyasi yordamida turar-joy binolarini passiv isitish Quyoshli issiq suv ta'minoti tizimi (QISTT) Issiqlik saqlash quyosh tizimi. Taqsimlash va iste'mol quyi tizimi yerdagi hayot millionlab yillar davomida quyosh bilan bog'langan bo'lib, buni quyidagi misollarda, birinchi navbatda, yorug'lik bilan bog'liq bo'lgan fotosintez jarayonida ko'rish mumkin. Ma'lumki, o'simlik yaproqlarida yashil modda-xlorifill bo'lib, yorug'lik energiyasi ta'sirida karbonat angidrid gazi va suv hisobiga organik modda hosil qiladi. Bu jarayonda karbonat angidridni havodan, suvni esa ildizlar orqali tuproqdan oladi. Natijada o'simlik tanasida uglerodlar, oqsil, yog' va boshqa murakkab moddalar to'planadi. Bu kishi organizmi va uning sog'lig'i uchun zarur moddalar hisoblanadi. Ikkinchidan, hozirgi kunda insonlar foydalanayotgan organik yoqilg'ilar - toshko'mir, torf, tabiiy gaz, neft va boshqalar, bir vaqtlar fotosintez jarayonida quyosh energiyasi hisobiga hosil bo'lgan. Aniqlanishicha, yerdagi yoqilg'i zahirasi chegaralangan bo'lib, jami energiya zahirasi 2*1023 J ni tashkil etadi. Bu energiyaning katta qismi (94%) qattiq yoqilg'ilarga, qolgan qismi esa gaz va suyuq yoqilg'ilarga to'g'ri keladi. yerdagi hayot uchun muhim omillardan biri, suvning aylanishidir. Quyosh nurlari ta'sirida yer yuzasidan, ko'llardan, dengiz va okeanlardan suv bug'lanib, atmosferaga ko'tariladi. Natijada bulutlar hosil bo'lib, ma'lum bir sharoitlarda yomg'ir, qor shaklida yer yuzasiga qaytib tushadi va yog'in-sochindan daryolar, ko'llar hosil bo'ladi. Daryolar suvi energiyasidan esa elektr energiyasi olishda foydalaniladi. Shu bilan birga, yog'in-sochin o'simliklarning o'sishi uchun ham eng zarur shartlaridan biridir. Quyosh nurlari ta'sirida yer sathining turli qismlari bir xil isimaydi. Natijada atmosferada Shamol hosil bo'ladi. Shamol energiyasidan ham amaliy maqsadlar uchun foydalanish mumkin, Chunki uning yillik o'rtacha energiya zahirasi 1,66 1020 J ni tashkil etadi. Sayyoramizning issiqlik balansini shaqlanishida ham quyosh energiyasi asosiy ro'l o'ynaydi, masalan quyosh radiatsiyasi hisobiga yer yuzasida issiqlik taqsimoti amalga oshiriladi. Issiq havo oqimi faqat materiklardan ob-havo va iqlim sharoitlarini vujudga keltirmasdan, balki okeanlarda ham iliq oqimni yuzaga keltiradi. Shunday qilib, inson azaldan quyosh energiyasidan tabiiy sharoitda foydalanib kelgan. Ammo, Keyinhalik maxsus geliotexnik qurilmalar yordamida undan energetika maqsadlari uchun foydalanishning ham katta imkoniyatlarini ochdi. Shuning uchun quyida quyosh tuzilishi va uning energiya manbai haqida qisqacha to'xtalamiz. Quyosh-bizning quyosh sistemamizning markaziy jismi bo'lib, u qizigan plazma holatidir. Uning yuza qismining (sirtining) haroratsi 600 K ga, markaziy qismining harorati esa 10 million gradusga teng. yer bilan quyosh orasidagi o'rtacha masofa 150 mln. kilometrni tashkil etadi. Quyosh diametri yer diametridan 109 marta katta, nurlanish tufayli ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
793.92 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
793.92 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: doc