Quyosh energiyasidan issiqlik manbai sifatida foydalanish yo'llari va shakllari Reja: Geliyli suv isitgichlarning qo'llanishi Maishiy maqsadda issiq suv ishlab chiqarish Isitish suzish havzalarida suv isitish Binolar va inshootlar quyosh issiqlik ta'minoti passiv tizimlari Mineral suvlarni sho'rsizlantirish va dengiz suvlarini chuchuklashtirish quyosh tizimlari Quyosh energiyasi orqali suvni chuchuklantirish qurilmasi Konstruktsiyasi takomillashtirilgan issiqxonalar Gelioquritgichlar Issiq suv bilan ta'minlash va isitish quyosh tizimlaridan foydalanish Issiqlik energiya ishlab chiqaruvchi quyosh qurilmalarining issiqlik tashish parametrlarini boshqarish tizimlari Geliyli suv isitgichlarning qo'llanishi Issiq suv ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning eng ko'p tarqalgan yo'li hisoblanadi. Uy turar-joylarni va ijtimoiy-maishiy xizmat obyektlarini issiq suv bilan ta'minlash uchun qo'llaniladigan qurilmalar bir qator ayniqsa, an'anaviy energiya resurslari taqchilligi hukm surayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan. Issiq suv iste'moli sutkasiga 40 litr bo'lganda, O'rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yig'ish yuzasi 1 mkv. bo'lgan kollektor va sig'imi 50 litr bo'lgan bak-akkumlyator yetarli. Bunday tizim, suvni 10 s dan 50 s gacha isitish uchun yetarli va yiliga 0,15 t organik yoqilg'ini iqtisod qilish imkonini beradi. Maishiy maqsadda issiq suv ishlab chiqarish Tijorat nuqtai nazaridan qaraganda bu eng ko'p tarqalgan geliyli suv isitgich hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, ochiq konturli, hamda bir va ikki konturga ega bo'lgan yopiq tizimlar mavjud. Ochiq konturli qurilma. Ular montaj va ekspulutatsiya nuqtai nazaridan eng tejamli, hamda yuqori unumli hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan qator omillar ulardan foydalanishni chegaralaydi. Suv sifati-Ochiq konturda chiqindilar hosil bo'lishi hisobiga, jiddiy muammolar paydo bo'lishi mumkin. Bunday muammolarni maxsus qo'shilmalar yoki elektron qurilmalar yordamida hal qilish mumkin. Mavsumiy muzlash-Ochiq konturda issiqlik tashuvchi sifatida suv ishlatiladi. Agar yetarli antifriz qo'shish imkoniyati bo'lmasa, yilning sovuq vaqtlari qurilma bo'shatilishi lozim. Chunki, suv muzlaganda kengayib quvurni yorib yuborishi mumkin. Yuqoridagilarga ko'ra bunday tizimlar yil davomida issiq bo'ladigan regionlarda yoki mavsumiy qo'llanilishi mumkin. Yopiq konturli qurilmalar-Bu qurilmalarning eng ko'p tarqalgan qurilmalardir. Ular ochiq konturli qurilmalarga qaraganda murakkabroq. Chunki, ularga o'ziga xos unsurlar (issiqlik almashtirish nasos va boshqalar) mavjud. Qurilmalarning unumdorligi har doim issiqlik almashtirgich unumdorligiga bog'liq. Shuning uchun katta qurilmalarda yassi issiqlik almashtirgichlarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Yopiq konturli qurilmalarda birlamchi kontur suyuq antifrizsuv eritmasi bilan to'ldirilgan. Ko'proq kontsentiratsiyasi 20-30% bo'lgan gilikolg hodisasi hisoblangan antifriz ishlatiladi. Qurilmalarning boshqa turlari ham mavjud bo'ladi, ulardan quyidagilarni ko'rsatish mumkin: Kompakt bloklar. Aholini issiq suv bilan ta'minlash uchun ishlatiladi. U (konstruktor) tipdagi oddiy qurilma bo'lib, barcha kerakli unsurlarni o'z ichiga oladi. Ular yig'uvchi yuza (2 dan 8 mkv. gacha), akkumulyator-bak (sig'imini 150 dan 300 litrgacha) va zaxira tizimi (akkumulyator ichiga joylashgan elektrik isitgich) larni o'z ichiga oluvchi yagona ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
453.45 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
453.45 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: doc