Quyosh issiqlik ta'minoti bo'yicha loyihalarni amalga oshirish

Quyosh issiqlik ta'minoti bo'yicha loyihalarni amalga oshirish

O'quvchilarga / Ekologiya
Quyosh issiqlik ta'minoti bo'yicha loyihalarni amalga oshirish - rasmi

Material tavsifi

Quyosh issiqlik ta'minoti bo'yicha loyihalarni amalga oshirish Reja: Texnik-iqtisodiy aspektlari Energiya iste'moli kattaligi va shaklidan kelib chiqgan holda tizim turini tanlash Kapital qo'yilmalar boshlang'ich hajmini baholash Moliyaviy tahlil Quyosh energiyasining ko'zda tutilgan zaruriy miqdorini aniqlash va baholash Quyosh energiyasi kollektorini iqtisodiy tavsiflash va ularni tanlash Issiqlik to'plash tizimini tanlash va ularning tavsifnomasi Quyosh isitish tizimlari va issiq suv bilan ta'minlash hisobining umumiy qoidalari Mavsumiy sistemaning issiq suv ta'minoti hisobi Qurilmani o'rnatish Texnik-iqtisodiy aspektlari Hozirda quyosh suv isitgichlari tizimi turli va mahsuldorligini tanlash qandaydir umumiy universal uslubini tavsiya qilish juda qiyin. Shuning uchun maqbul qurilmani tanlash haqida so'z ketganda konkret iste'molchi uchun maqbul qurilmani tanlashni tushunish kerak. Eng maqbul yaroqli qurilmani iste'molchi uchun tanlash qanday omillar asosida amalga oshiriladi? Har qanday holatda ham to'rtta shunday omil mavjud: Energiya iste'molining miqdori ifodasi va uning sutka, mavsum, yil davomida o'zgarish dinamikasini hisobga olish; Iste'molchining moliyaviy natijalari; Qurilma joylashgan hudud tabiiy-iqlimiy tavsifnomalari; Qurilmani ishlatishdan keladigan foyda; Qurilmani tanlashda, bir qator ba'zan qarama-qarshi, shartlarni qoniqtirish zarur (misol uchun, yuqori ko'rsatkichli mahsuldorlikka va qurilma mustahkamligiga erishish uchun qilingan ishlar uning bahosini oshishiga olib keladi). Iste'molchi uchun eng maqqul gelio suv isitgich turini aniqlash jarayonini, ko'p oqimli klassik masala barcha shartlarni to'liq qondirish imkoniyati bo'lmaganda maqbul yechimni topish kabilarni hal qilish talab qilinadi. Bunday masalani yechish usuli ma'lum, bu bir yoki bir necha asosiy kriteriylar bo'yicha maqbullashtirish, bundan tashqarilarga bo'lgan e'tibor cheklanadi. Boshqacha qilib aytganda, yuqorida sanab o'tilgan omillardan ba'zi birlari asosiy qolganlari uchun, agar iste'molchining moliyaviy imkoniyatlari cheklangan bo'lsa, avvalambor qurilmani tanlash uning bahosiga asosan amalga oshiriladi, unumdorlik esa talab qilinayotganidan kam bo'lishi mumkin. Shunga mos ravishda undan foydalanishdan olinadigan tejam yuqori unumli tizimlarni qo'llashdan olinadigan tejamdan kam bo'lishi mumkin. Qurilmani tanlashda asosiy kriteriyni aniqlash butunicha va to'liq iste'molchining yoki maslahatchining vazifasi hisoblanadi. Bu yerda asosiy masala oddiygina yechim bo'lmay, ahamiyatli joyi shundaki, o'zingizning talablaringiz va istaklaringizni raqamlarda to'g'ri ifodalay olishdan iborat. Energiya iste'moli kattaligi va shaklidan kelib chiqqan holda tizim turini tanlash. obyekt issiqlik energiyasi iste'moli kattaligidan kelib chiqqan holda, hamma undan foydalanish vazifasiga ko'ra iste'molchi hozirda bozorda mavjud bo'lgan quyosh suv isitgichlari tizimlarini tahlil qilish mumkin. Bu yerda ikkita yo'l mavjud. Birinchi shunday qurilmani tanlash kerakki, u yordamida gelioenergetik yo'l tizimidan foydalanish nuqtai nazaridan qaraganda eng qulay metrologik davr davomida energiya iste'molini to'liq qondirishni ta'minlash mumkin bo'lsin. Bunday yo'lning ijobiy tomoni qurilma tomonidan ortiqcha energiya ishlab chiqarilmaydi (ya'ni yilning ma'lum bir davri uchun qurilmaning unumdorligini aniq tanlash), hamda kichik kapital qo'yilma. Ammo, butun yil ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.97 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.97 MB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga