Radiatsiya va ekologiya

Radiatsiya va ekologiya

O'quvchilarga / Ekologiya
Radiatsiya va ekologiya - rasmi

Material tavsifi

Radiatsiya va ekologiya Radiatsiyaviy - kimyoviy holatni baholash - RQ va KTQ omillarining asosini tashkil etib, uni o'tkazishdan maqsad: fuqaro muhofazasi tizimlariga kiruvchi fuqarolarning ishlash qobiliyatlarini baholash; ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish chegaralari; evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko'rsatish hajmi; fuqarolarni sanitar - qayta ishlovdan o'tkazish hajmi; jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish; radiatsiyaviy - kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, em, oziq-ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi. Mahalliy shikastlar 2 haftadan keyin, yashirin davrdan keyin paydo bo'ladi. Jarohat bitishi asoratsiz o'tishi mumkin. Nur kasalligi avj olganda yallig'lanish belgilari pasayadi, nekrozni biologik lizisi cho'ziladi, yiringlash xavfi oshadi. Jarohat bitishining ikkinchi bosqichida tiklanish jarayonlari cho'ziladi. Hosil bo'lgan granulyatsiya tez qonaydi, nekrozga uchraydi. Epiteliylanish to'xtaydi, jarohat bitsa, katta chandiq, ko'pincha kelloid hosil qiladi. Davolash. Qo'shma shikastlarda nikroektomiya erta, birinchi haftalarda bajariladi, operatsiyani nur kasalligi avjiga chiqmasdan suyak iligi depressiyasi tugagach, 6-10 haftalarda bajarish mumkin bo'ladi. O'tkir nur kasalligini davolashda suyak iligini transplantatsiya qilinadi, odatda katta odamda 1500 ml suyak iligi borligini hisobga olib, 500 ml ilik ko'chirilib o'tkaziladi. Aholini radiatsiyadan himoya qilish quyidagilarni o'z ichiga oladi: radiatsiya xavfi to'g'risida xabar berish, kollektiv va individual himoya vositalaridan foydalanish, radioaktiv moddalar bilan zaharlangan muhitda aholining yurish-turish qoidalariga rioya etishi, oziq-ovqat mahsulotlari va suvni radioaktiv moddalar yuqib qolishidan asrash, individual himoyaning tibbiyot vositalaridan foydalanish, atro-muhitning qanchalik zaharlanganini aniqlash, aaholiga ta'sir etgan nurni dozimetrik yo'l bilan tekshirish va radioaktiv moddalardan zaharlangan yoki zaharlanmaganligini aniqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari bilan suvni ekspertizadan o'tkazish. Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: radioaktiv shikastlanish xususida ogohlantirish; himoya inshoatlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana - RSB); shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish; radiatsiyadan saqlovchi preparatlardan (SHD-2) foydalanish; zararlangan suv va emishlardan saqlanish; zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish; zararlangan joylardan fuqarolarning evakuatsiya qilish; zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik; fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o'tkazish, kiyim kechak, texnika, inshoatlarni dezaktivatsiya qilish. Ionli nurlanish ta'sirida organizmda o'tkir va surunkali hamda mahalliy (lokal) va umumiy shikastlar kuzatiladi. O'tkir nurdan shikastlanishlar to'rt darajali bo'ladi. Erta eritema. Birinchi kuni uning belgilari ma'lum bo'ladi, 2 - 3 haftadan so'ng teri quriydi, yengil pigmentsiya bo'ladi, soch butunlay to'qiladi. Eritamatoz dermatit. Bu belgi terining o'tkir yallig'lanishini ko'rsatadi, og'riq kuyish belgilari, pigmentatsiya paydo bo'ladi, soch to'qiladi. Bullyoz dermatit. Nurlanishdan so'ng bir hafta o'tgach, og'riq paydo bo'lib, rangsiz pufakchalar paydo bo'ladi, epidermis ko'chib soch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.28 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.28 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga