Radioaktiv moddalar bilan ifloslanishning oldini olish Reja: Radioaktiv moddalar bilan ifloslanishning oldini olish Zamonaviy tozalash usullari Hozirgi kunda radioktiv havfsizlik masalalari butun dunyoda eng dolzarb masala hisoblanadi. О'zbeksiton Respublikasi shahar-lari va boshqa aholi punktlaridagi umumiy foydalanish joylarida reja asosida radiatsion-ekologik tekshiruvlar olib borilmokda, Mazkur tekshirishlardan asosiy maksad alohida manbalarni va antropogen harakterdagi radioaktiv ifloslanishlarni aniqlash va zararsizlantirish, gamma-maydon haritalarini tuzish va gamma nurlanish ekspozitsion dozasini aniqlash hisoblanadi. O'zbekiston hududida radioaktiv rudalarni qazib olish 1940 yillardan boshlangan bо'lib, asosiy ifloslanish ham shu vaqgdan boshlanib, tо'g'ri kelib, 150 ga yaqin ifloslanish maydonlari aniqlangan. Uran qazib olish jarayonida О'zbekistonda tog' konlaridan va yer ostidan qazib olishdan paydo bо'lgan kо'plab chiqindilar tо'planib qolgan. Tabiatni Muhofaza Qilish Qо'mitasi ma'lumotlariga kо'ra (2006) O'zbekiston hududi, Tojikiston va Qirg'izistonning tutash maydonlarida kо'plab miqdorda radionuklidlar jamlangan chiqindi omborlari jiddiy havf tugdirmokda. Bu sharoitda radioaktiv chiqindilarni yо'qotish uchun ularni joylashtirish obyektlarida tо'planmokda, ularning soni 300 dan ortiq. Radioaktiv ifloslangan tuproqlarni tozalash metodi yoki texnologiyalari respublikamizda hozirgacha yetarli darajada yulga qо'yilmagan, chunki radioaktiv ifloslanish boshqa ifloslanishlardan farqli о'laroq nurlar orqali katta havf tug'diradi. Xorijiy davlatlarda yaqin yillardan . boshlab olimlar radioaktiv moddalar bilan ifloslangan tuproqlarning xossalarini о'rganish va tozalash metodlarini ishlab chiqishgan. Tozalash metodlariga kо'ra kо'proq biologik tozalash metodlari yuqori samara bermokda, bu о'rinda xorij olimlari radioaktiv elementlarni parchalovchi mikroorganizm shtammlari, о'simlik turlari va lishaynik avlodlarini aniqlashgan. Chernobl atrofidagi hududlarda M.G.Nifontova tadqikotlar olib borib, lishayniklar yordamida radioaktiv ifloslanishni kamaytirishga erishgan (21-jadval). Lishayniklar tuproqda tо'planuvchi radionuklidlarni о'zida tо'plashi hisobiga tuproq biologik tozalanadi. Lishayniklarda radioaktiv elementlarning tо'planish koeffitsenti (Bkkg, tajribadan 4 sutka keyin, M.G.Nifontova ma'lumoti 2003) Vujudga kelgan radioaktiv ifloslanish va nurlanish kuchli bо'lgan sharoitda ham lishaynikning S1ao!osha ataigosgayea, AzaNa rep8u1uap1sa va Re1x1§yega sapta turlari о'sib, о'zida radioaktiv elementlarni tо'playdi va biologik tozalash jarayonida qatnashadi. Lishayniklar 2-3 yil davomida radioaktiv ifloslangan hududlarni yuqori darajada tozalash xususiyatiga ega. Rossiya olimlari radioaktiv moddalar bilan ifloslanishda о'rmon biotsenozining roli ustida tadqiqotlar olib borishgan va о'rmon mintaqalarida о'suvchi 10 dan ortiq zamburug'larda radioaktiv nurlanishni tо'planish jarayonini anikdashgan. Turli zamburug'larda radioaktiv S 137 izotopining tо'planish koeffitsenti (A.I.Heglov, O.B.Svegnova 1993 yil) Har bir zamburug' turlari radioaktiv ifloslanishni yig'ish xususiyati bilan farq qiladi. Yillar davomida ifloslanish kо'rsatkichining kamayishiga olib keladi. Radioaktiv ifloslanishni tozalashda boshqa usullar ham yaxshi samara beradi, tuproq tarkibida mavjud radioaktiv elementlar, xususan uran elementini parchalovchi bakteriya shtammlari topilgan va biologik tozalash tadbirlari olib borilgan. ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.39 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: pptx