Radioaktivlik, muhitni radioaktiv zaharlanishi

Radioaktivlik, muhitni radioaktiv zaharlanishi

O'quvchilarga / Ekologiya
Radioaktivlik, muhitni radioaktiv zaharlanishi - rasmi

Material tavsifi

Radioaktivlik, muhitni radioaktiv zaharlanishi Reja: Radiatsiyaning tabiati va uning ta'siri. Muhitning radioaktiv zaharlanishi. Suvni radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi. Radioaktiv moddalardan suvni tozalash. Radiatsiyaning tabiati va uning ta'siri Tabiiy radiatsiyaning mavjudligini birinchi bo'lib Bekkerel kashf qildi, ya'ni u tabiiy minerallar takibida o'ran borligini va u radiatsiya tarqatib turishini aniqladi. Bu radiatsiyaning inson organizmiga juda xavfli ekanligi ham aniq bo'ldi. XX asr boshidanoq nurlanishning ikki turi mavjudligi aniqlandi: - To'lqin shaklidagi radiatsiya; - Zarracha shaklidagi radiatsiya. To'lqin shaklidagi radiatsiya yorug'lik nuriga o'xshash bo'lib, faqat qisqa to'lqin uzunlikda bo'ladi, shuning uchun ham u katta energiyaga ega bo'lgan foton yoki energiya «paketiga» ega bo'ladi. Bu tipdagi radiatsiya Rentgen tomonidan kashf qilingan bo'b, hozirga qadar u meditsinada qo'aniladi. Bundan tashqari radiatsiya komponentlaridan singuvchi radiatsiya, ya'ni gamma nurlar mavjud. Bu turga radiy misol bo'di. Bu yerda har bir foton yoki kvant (radioaktiv nurlanish) odatda katta energiya tashiydi. Energiya tashuvchi boshqa radioaktiv nurlanishlarga betta nurlar, ya'ni odatdagi elektronlardan iborat bo'lgan hamda alfa nurlar, ya'ni geliy yadrosidan iborat bo'lgan nurlar bor. Bu zarrachalar ichida eng ta'sirchani neytron ta'siri xarakterli bo'lib, u og'ir elementlar (uran) bo'linishida hosil bo'ladi. Og'ir zarrachalar (alfa zarrachalar) organizmni yuqori darajada ionlashtirib tashlaydi, oqibatda biologik jarayonlar o'zgarib o'limga olib keladi. Qolgan nurlar ham boshqa biologik effektlar hosil qilib oqibatda haloqatga olib keladi. Radiatsiyaning biologik ta'siriga: Organizmdagi molekulyar bog'lar parchalanadi va elektronlar urib chiqaradi. Bu protsess juda tez sodir bo'lib, DNK ning buzilishiga olib keladi. Organizmdagi reaksiyaga kirishish xususiyatiga ega bo'lgan gruppalarga ta'sir qilib, to'qimalardagi suyuqlikda kislorod erib, o'ziga erkin elektron biriktirib oladi va toksik (zaharli) ta'sirga ega bo'lgan kislorod ioniga aylanadi yoki perekis radikaliga aylanadi. Kislorodning bu xildagi ko'rinishi esa initsiatorlik qilib to'qima membranasidagi fosfolipidlarning oksidlanishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi radioaktiv nurlar ta'siri oqibatlarini tiklash amaliy jihatdan o'ta murakkab bo'lib, ko'pincha tiklash imkoniyati bo'lmaydi. Muhitning radioaktiv zaharlanishi. Yadroviy portlash natijasida juda ham kuchli yadroviy nurlanish kelib chiqadi. Bu nurlanish tirik organizmlar to'qimalarining buzilishiga olib keladi. Yadroviy portlash natijasida atmosferaga chiqqan mahsulotlar (portlash markazidan) yuzlab kilometrgacha cho'zilishi va yalpi qirg'inga olib kelishi mumkin. Agar yadroviy zarba atom stantsiyalari va harbiy ahamiyatga ega bo'lgan reaktorlarga beriladigan bo'lsa, radiatsiya darajasi yanada yuqoriroq bo'ladi. Radioaktiv moddalar taxminan yarim qattiq zarrachalar holida bo'lib, ular yog'inlar (namliklar) bilan birinchi kecha-kunduzda Yer yuziga qaytib tushadi. Bu moddalarning qolgan qismi esa atmosferada oylab, yillab qolib ketishi mumkin, ammo bularning radioaktivlik ta'siri ancha kuchsiz bo'ladi. 1986 yilda bo'lgan Chernobil atom elektr stantsiyasining faloqati insoniyatga jiddiy ogohlantirish bo'ldi. O'zining keng maydonga yoyilishi bilan katta talofat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.8 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.8 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga