Rekreatsiya resurslaridan unumli foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: 1. Rekreatsiya to'g'risida tushuncha. 2. Rekreatsiyaning tabiiy shart-sharoitlari va ularning xususiyatlari. 3. Tabiiy resurslarni rekreatsion baholashning asosiy ko'rsatkichlari va ulardan foydalanish. 4. Tabiiy rekreatsiya resurslarini iqtisodiy baholash va ulardan amaliyotda foydalanish. Rekreatsiya to'g'risida tushuncha Rekreatsiya xo'jalik tarmog'i va odamlar faoliyati turi sifatida yaqqol ifodalangan resurs yo'nalishiga ega bo'lgan tarmoqlar qatoriga kiradi va bunda u tog' kon, o'rmon sanoati, baliq ovlash, qishloq xo'jaligiga o'xshab ketadi. Ular kurort, sog'lomlashtirish, sport, ekologik rekreatsiyalar turlariga bo'linadi. Turizmning asosiy resursi -dunyo xilma-xilligidir. Odamlar yashaydigan ajoyib, buyuk, hayratlanarli joylar va ularning xilma-xilligi turistlarda yirik shaharlarni, turli mamlakatlarni, tabiat go'shalarini, tog' va tekislik landshaftlarini, tarixiy yodgorliklarni, odam ta'sir ko'rsatmagan qo'riqxonalarni ko'rish ishtiyoqini uyg'otadi. Rekreatsiyaning tabiiy shart-sharoitlari va ularning xususiyatlari Rekreatsiya rayonlari, rekreatsiya faoliyatini hududiy tashkil etish, rekreatsiya rayonlari va markazlarining shakllanishiga, ularning ixtisoslashishi va iqtisodiy samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Ayni paytda u o'zlashtrilmagan tumanlarda rivojlanish uchun cheklangan imkoniyatlarga egadir. Rekreatsiya hudud iste'molchisi sifatida qishloq va o'rmon xo'jaligidan keyin 3-o'rinni egallaydi. Rekreatsiya hududiga ehtiyoji uy-joy qurishga nisbatan 3 marta ko'proqdir, lekin rekreatsiya asosoan o'zgartirilmagan hududlarga katta ehtiyoj talab qiladi. Rekreatsiya zonalarini foydali qazilma konlari, yuqori zararli ta'sir ko'rsatadigan sanoat korxonalari yaqinida joylashtrishga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Rekreatsiya ixtisoslashish darajasiga ko'ra rekreatsiya yerdan foydalanishning 3 ta asosiy turini ajratish mumkin: 1. Rekreatsiya yuqori intensivligidagi hududlar. Bunda ulardan boshqa yerdan foydalanuvchilar bo'lmaydi yoki ikinchi darajali ahamiyatga ega parklar, plyajlar va boshqalar bo'lishi mumkin. 2. Rekreatsiya o'rtacha intensivlikdagi hududlar, ular bir vaqtning o'zitda ba'zi ekologik va ishlab chiqarish funksiyalarini bajaradi. 3. Rekreatsiya kam salmoqqa ega bo'lgan hududlar. Rekreatsiyani mamlakat mintaqalarida hududiy tashkil etishni ilmiy asoslagan holda muddatli rejalashtirish va bashoratlash rekreatsiya resurslariga ehtiyojning hajmi va talablarning xilma-xilligini hisobga rekreatsiya yerlarini inventarizatsiyalash va rekreatsiya kadastrini tuzish bo'yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishni talab qiladi. Tabiiy resurslarni rekreatsiyaon baholash qo'yidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi : 1). Baholash obyektini aniqlash (tabiiy majmualar, ularning kompanentlari va xususiyatlari). 2). Baholashni amalga oshiradigan subyektni aniqlash (turizm, o'rtacha statistik turist). 3). Baholash mezonlarini shakllantirish ( subyekt xususiyatlari orqali aniqlash bilan amalga oshiriladi). 4) baholash mezoni gradatsiya (bosqichi) parametrlarini aniqlash. Rekreatsiya uchun 5 bosqichli baholash mezoni qo'yidagi gradatsiyani o'z ichiga oladi: 1. eng qulay, 2. mo'tadil qulay, 3. qulay, 4. uncha qulay emas, 5. noqulay. Tabiiy rekreatsiya resurslarini iqtisodiy baholash va ulardan amaliyotda foydalanish. Tabiiy rekreatsiya resurslarini iqtisodiy baholash resurslarni uzoq muddat foydalanishda hisobga olish tabiiy rekreatsiya resurslarining ifodalovchi va saqlovchi hisoblangan tabiiy hududlarning imkoniyatlaridan foydalanishga va uni yaxshilash, takror ishlab chiqarish ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
876.36 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
876.36 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:43 ]
Arxiv ichida: pptx