Sarez ko'li - Tojikiston Respublikasi Tog'li Badaxshon muxtor viloyati hududidagi ko'l. Pomirda, Shim. Alichur va Muzqo'l tizmalari orasida, 3239 m balandlikda joylashgan. Mayd. 79,6 km², suv sig'imi hajmi 16,07 km³, o'z. 55,8 km, eng keng joyi 3,3 km. O'rtacha chuq. 190 m gacha, eng chuqur joyi 500 m. 1911 y.dagi zilzila oqibatida Murg'ob daryosining chuqur vodiysini Usoy qishlog'i yaqinida tog' jinslari to'sib qo'yishi natijasida paydo bo'lgan. O'rta Osiyodagi eng katta uyumli suv havzasi. Sarez ko'li Suv to'plash mayd. 18 ming km². Murg'obdan tashqari ko'lga 16 doimiy va 20 dan ziyod vaqtincha suv oqimlari quyiladi. Asosan, muz suvlaridan to'yinadi. Ko'l ga qo'yiladigan o'rtacha ko'p yillik suv miqdori 1,48 km³. Uyum orqali suvning sizib o'tishi sodir bo'lmoqda. Buloklar ko'rinishida suvning ko'ldan ko'p yillik o'rtacha oqib chiqish miqdori 1,46 km³ni tashkil qiladi. Suvi chuchuk. Ko'l sathi o'zgarib turadi. Keyingi 60 yil mobaynida suv sathining o'rtacha o'sishi yiliga 20 sm ni tashkil qildi. Yil orasidagi suv sathi o'zgarishining eng katta amplitudasi 12 m, eng kami 2 m ni tashkil qiladi. Ko'l suvi dek. oxiri - yanvarning 1-yarmida muzlaydi, mart oxiri - may boshlarida muzdan bo'shaydi. Bugungi kunda inson va tabiat o'rtasidagi muvozanatni saqlash, tabiatdan oqilona foydalanish masalasi har qachongidan ham dolzarb bo'lib bormoqda. Chunki tabiatga noto'g'ri, noo'rin aralashishimiz oqibatida abadiy muzliklar erimoqda, suv toshqinlari ko'paymoqda, o'rmon yong'inlari sodir bo'lmoqda, atmosfera ifloslanib, kislotali va sho'r yomg'irlar yog'moqda, atmosferaning ozon qatlamiga shikast yetayotir Bu kabi global muammolar Markaziy Osiyo mamlakatlarini ham chetlab o'tmayapti. Orol dengizining qurishi, Tojikiston alyuminiy zavodining nafaqat O'zbekiston tabiatiga, aholisiga, qolaversa, butun mintaqadagi, shu jumladan, Tojikiston hududining ekologik vaziyatiga yetkazayotgan haloqatli ta'siri o'z qo'limiz bilan o'zimizga choh qazayotganimizni ko'rsatib turibdi. Bu esa jahon hamjamiyati e'tiborini ham o'ziga qaratishi, bir so'z bilan aytganda, butun insoniyatni bezovta qilishi, o'ylashga undashi, har bir ishni, harakatni mulohaza bilan hal etishni taqozo etmoqda. Bu ham yetmaganday, bugun Tojikistonda tiklanayotgan yana bir xavf-xatar - Rog'un GESi mintaqa xalqlari uchun yangi havotir o'chog'iga aylandi. Shuningdek, ushbu Respublika hududidagi Sarez ko'li ham mintaqa xalqlari boshiga xavf solib turganini unutmaslik kerak. Bu ko'l masalasi dastlab o'tgan asrning 80-yillarida ko'tarilgan edi. O'shanda mutaxassislar uni O'rta Osiyo uchun juda katta xavf-xatar deyishgandi. Ma'lumotlarga qaraganda, roppa-rosa bir asr muqaddam - 1911 yilning 18 fevralida Pomirda dunyodagi eng kuchli zilzilalardan biri sodir bo'lgan. Zilzila tektonik jarayonlarning faollashuvi va Bartang - Pishart yer yorig'i bo'yicha yer po'sti qatlamlarining keskin siljishi natijasida vujudga kelgan. Magnitudasi 7,4, kuchi 9 ball bo'lgan bu zilzila o'chog'idan tarqalgan seysmik to'lqinlar yer ustini ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
511.91 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
511.91 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: ppt