Reja: O'zbekiston va iqlim o'zgarish muammosi Iqlimning global o'zgarishi: bu fakt yoki mif? Iqlim o'zgaryapti, bizni kelajakda nima kutmoqda? O'zbekiston va iqlim o'zgarish muammosi O'zbekistonda iqlim o'zgarishining oqibatlarini baholashning birinchi tajribasi O'zbekiston - mamlakatni iqlim o'zgarishi bo'yicha o'rganish loyihalari ustidagi ish natijasida olingan. Baholash turli xil usullar qo'llaniladigan regional iqlim stsenariyalariga asoslangan (modellashtirish, empirik-statistik tekshirishlar, ekspertlarning baho berishi). Kutilayotgan o'zgarishlar Issiqlashuv natijasida quruq tropik va mo'tadil iqlim mintaqalari orasidagi chegara shimol tomon 150-200 kmga suriladi, yuqori iqlim zonalari esa yuqoriga 150-200 mga suriladi. Sovuqsiz davrning davomligi 8-15 kunga ortadi. Turli xil ekinlarning aktiv havo haroratlarning summalari 5-10%ga ortadi. O'zbekistonning ko'p hududlarida bo'lib o'tadigan havo haroratining 1,5-2,00Cga oshishi qish rejimining o'zgaruvchan vegetasion qish rejimiga almashishiga olib keladi, bu esa o'z navbatida sahro o'tloqlarining hosildorligini qisqartirishi mumkin. Umuman, karbonat angidrid konsentrasiyasining qulay sharoitlarda oshishi o'simliklarning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi (fotosintezning tezlashhishi). Namlikning optimal sharoitlarida paxta, donli va boshoqli ekinlar, o'tloq o'simliklarining hosildorligi oshishi mumkin. Lekin sharoit shu darajada qulay bo'larmikin? Qayerdan sug'orish ishlari uchun yetarli suvni olishimiz mumkin? Hozirgi paytdayoq suv taqchiligi kuzatilyapti-ku. Iqlim isishining natijasi bo'lgan namlikning yetishmasligida va yuqori haroratlarning ta'sirida qishloq xo'jaligi ekinlari va o'tloq o'simliklari o'z hosildorliklarini yuqotishlari mumkin bo'lgan oshish darajasidan ancha ko'p va bu atmosferada karbonat angidrid konsentrasiyasi o'sishi natijasida sodir bo'ladi. Sahro o'tloqlarining hosildorigining kamayishi va yuqori haroratli kunlar sonining ortishi tekisliklarda mol boqish sharoitlarini og'irlashtiradi, sababi - hayvonlar mahsuldorligini kamaytiruvchi issiqlik darajasi ortadi. Iqlim o'zgarishi Respublikamiz aholisining salomatligiga qay tarzda ta'sir ko'rsatadi?Bu savolga javob topish vazifasi turibdi. Nafaqat bevosita ta'sir - termik stressning oshishi va u bilan bog'liq kasalliklar (yurakning ishemiya kasalligi, nafas olish organlari, nerv sistemasi, buyrak kasalliklari va h.k)lar sonining ko'payishi, balki bilvosita ta'sir ham bo'lishi mumkin. Bunga tabiiy manbali infeksiya areallarining o'zgarishi natijasida yuqumli kasalliklar soning ortishi, ichimlik suvi sifatining yomonlashishi va suvning ekologik taqchilikka uchragan hududlarda yetishmasligi natijasida infeksiyalar sonining ortishi misol bo'la oladi. Yer hosildorligini yuqotish va suv taqchiligi natijasida aholini oziq-ovqat bilan to'la ta'minlash ham muammo bo'lib qoladi. Issiqlashuv sharoitidagi bug'lanishning oshishi sug'oriladigan zonalarda suv yuqotishning oshishiga olib keladi. Amalga oshirilgan suv manbalarini tekshirish jarayoni nimalarni namoyon qildi? Iqlim stsenariyalarning deyarli barchasiga asosan, bizning suv manbalarimiz kelajakda bugungi darajada qolaveradi. Ammo ekstremal stsenariy amalga oshsa, suv kelishining ancha qisqarishi mumkin. Masalan, alohida olingan modellar CO2 konsentrasiyasining ikki baravar oshishida Amudaryo suv yig'ilishi uchdan bir qismidan ortiq darajada, Sirdaryo suv yig'ilishi esa beshdan bir qismiga qisqarish ehtimoli bor. Iqlim o'zgarishi sababli - suv yig'ilishining shakllanish strukturasi o'zgaradi. Tog' qor ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.15 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
99.15 KB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: docx