Shahar aholisini toza ichimlik va sug'oradigan xo'jalik suvlari bilan taminlash

Shahar aholisini toza ichimlik va sug'oradigan xo'jalik suvlari bilan taminlash

O'quvchilarga / Ekologiya
Shahar aholisini toza ichimlik va sug'oradigan xo'jalik suvlari bilan taminlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: Suvning tirik organizm uchun ahamiyati. Suvning ifloslanish sabablari. Suvni yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni kelib chiqishidagi roli. shahar aholisini toza ichimlik va sug'orish suvlari bilan ta'minlash tartibi. shahar aholisini suvga bo'lgan talabini qondirishda qo'shimcha suv manbalaridan foydalanish. Chiqindi suvlarni tozalash metodlari. Suv tirik organizm uchun katta ahamiyatga ega. Malumki odam organizmini 65% ini suv tashkil etadi. Organizmda kechayotgan biokimyoviy jarayonlarda suv aktiv qatnashadi. Odam organizmida suv miqdorini 12% i yo'qotilsa, kishi halok bo'ladi. Odam organizmi ortiqcha hosil bo'lgan energiyani (terlash) suv bug'latish orqali chiqarib yuboradi. Har xil tirik organizmlar tana vaznini, suv har xil foizlarda tashkil etadi, bazi organizmlarni (suv o'tlar) tana vaznini 98% ini suv tashkil etishi mumkin. Bundan tashqari organizm o'ziga kerakli eng muhim elementlarni suv orqali oladi. Masalan: yod, ftor, magniy, kaliy, kaltsiy kabilarni. Suv tarkibida mazkur elementlarni yetishmasligi yoki ortiqsa bo'lishi kishi organizmida kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababdan ichimlik suvga turli xil davlat talablari qo'yiladi. Kishilarni yashash joylari iqlimiga qarab suvga bo'lgan sutkalik ehtiyojlari ham har xil bo'ladi. Masalan: kishi boshiga sutkalik suvga bo'lgan talab istemol uchun 2,5-3 litrni tashkil etadi. Ammo iqlimi issiq mamlakatlarda bu miqdor 2-3 xissa oshishi mumkin. Suv istemol qilish mehnatning og'ir-engilligiga ham bog'liq. Cho'l zonalarida sutkalik suvga bo'lgan talab 11 litrgacha etishi mumkin. Demak, tirik organizm fiziologik ehtiyojlar uchun sarflangan suv o'rnini doimo to'ldirib turishga majbur. Suvdan faqat fiziologik ehtiyojni qondirishda emas, xo'jalikda boshqa turli maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Ko'rinib turibdiki suvning fiziologik normasi emas, balki ekologik normasi ham mavjud. Uy-joylarni toza tutish, yuvinish, kir yuvish kabilar uchun ancha suv talab etiladi. Suvni shu maqsadlar uchun ortiqcha isrof qilmay sarflanishi ekologik madaniyatni yuqoriligidan darak beradi. Kishilar sarflaydigan suv miqdori iqlimga, aholini madaniy-maishiy sharoitiga, kanalizatsiya va vodoprovod tarmoqlari bilan ta'minlanganiga hamda bir qancha boshqa omillarga bog'liq. Katta shaharlarni ko'pchiligida ichimlik va xo'jalik maqsadlari uchun sarflanadigan sutkalik suv miqdori 400-450 litrga teng. Shuni unutmaslik kerakki, hozir yer kurrasida million yillar ilgari bo'lganidek 400 km3 chuchuk suv mavjud. Bu miqdor shu vaqtgacha ortgani yo'q lekin aholi soni keskin oshib boryapti. Shuning uchun ham aholini toza ichimlik suv bilan ta'minlash masalasi butun dunyo mamlakatlari oldida katta muammo bo'lib turibdi. Suv orqali kelib chikadigan kasalliklar. Suv gigiyena talablariga javob berishi, insonlar salomatligiga putur etkazmasligi lozim. Suvni xidi, tami, rangi o'zgarsa suv ifloslangan hisoblanadi. Suv tarkibini o'zgarishiga suvga tashlangan chiqindilar sabab bo'ladi. Bunday suvlarni ichish har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Suvda ichburug', gepatit, qorin tifi, diareya tarqatuvchi mikroorganizmlar uzoq vaqt yashaydi. Keyingi vaqtlarda ichak kasalliklari, sariq kasalligi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.65 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.65 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga