Shahar atmosferasini toza saqlash

Shahar atmosferasini toza saqlash

O'quvchilarga / Ekologiya
Shahar atmosferasini toza saqlash - rasmi

Material tavsifi

Reja: Atmosfera tarkibi va tuzilishi. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar. Ifloslangan atmosferani insonlarga salbiy ta'siri. 4. Sanoat va ishlab chiqarishning har xil sohalarida ishlati ladigan havo filtrlari. 5. Uy havosiga qo'yiladigan ekologik talablar. 6. havoning ionlanishi. 7. Ionizator, konditsioner, ozonotor va ulardan foydalanish. Atmosferani ifloslanishini oldini olish yo'llari. Atmosfera yerning ustki qismini o'rab olgan gazlardan iborat qobiq bo'lib, tabiiy omillardan hisoblanadi. ma'lumotlarga ko'ra atmosfera 1500-200 km yuqoriga tarqalar ekan. Bu albatta shartli chegara hisoblanadi. Atmosferaning asosiy massasi dengiz yuzasidan 5 km oraliqda yotadi. Atmosferaning umumiy og'irligi 5 kvadiril 157 trilion tonnaga teng. Atmosfera qobig'i quyidagi qatlamlarga bo'linadi. 1. Troposfera - yer sirtida 0-15 km gacha 2. Stratosfera - 15-50 km gacha 3. Mezosfera - 50-80 km gacha 4. Termosfera - 80-800 km gacha 5. Ekzosfera - 800-100 km dan yuqori. Atmosfera bir necha gazlar aralashmasidan iborat bo'lib, bu gazlar quyidagilardir: Azot 78,09%, kislorod 20,95%, karbonat angidrid 0,03%, inert gazlar 0,01%. Bundan tashqari atmosfera tarkibida suv bug'i, tirik organizm sporalari, chang, qurum uchraydi Atmosfera faqatgina tirik organizmlarni kislorod bilan taminlovchi manba bo'lib qolmasdan, yerning himoya qobig'i ham hisoblandi. Atmosferani bir necha himoya funksiyalari mavjud. 1. Atmosfera yerga bosim berib turishi orqali mavjud narsalarni uchib ketishdan saqlaydi. 2. Atmosfera tarkibidagi ozon qavati yerga tushadigan quyoshning ultrabinafsha nurlarini 5% ini ushlab qolib, yerdagi tirik organizmlarni kuyib ketishdan saqlaydi. 3. Atmosfera tarkibida kislorodni mavjudligi yerga tomon uchib keladigan meteoritlarni yonib ketishiga sababchi bo'lib, yerni kuchli turtkidan asraydi. 4. Atmosferani mavjudligi yerda yig'ilgan quyosh energiyasini ochiq koinotga tarqalib ketishiga yo'l qo'ymaydi. Agar atmosfera bo'lmaganda yer kunduzi 100 S gacha issiq, kechqurun 100 S gacha sovuq bo'lardi. Bunday harorat o'zgarishiga xech qaysi tirik organizm moslasha olmaydi. Atmosferaning tabiiy tozalanish jarayoni Atmosferani tabiiy tozalanish jarayoni asosan 3 xil yul bilan amalga oshadi. Yashil o'simliklar orqali. Atmosfera yoginlari (kor, yomgir, tuman) tufayli. quyosh nuri ta'sirida kechadigan (fotokimyoviy) reaksiyalar sababli. Atmosferaning ifloslanishi Atmosferaning ifloslanishi deyilganda havoga zaharli birikmalarning qo'shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi tushuniladi. Atmosfera 2 yo'l bilan ifloslanadi. Tabiiy va sun'iy. Atmosferani ifloslovchi tabiiy omillarga vulqonlarni otilishi, tog' jinslarini emirilishi, shamol orqali chang ko'tarilishi, o'rmonlarga o't ketib, zararli moddalarni tarqalishi misol bo'ladi. Antropogen ifloslanishlar asosan avto va havo transportlari, temir yo'l, suv transportini chiqindilari (40%), energetika sanoati chiqindilari (20%), sanoat korxonalari chiqindilari(14%), qishloq xo'jaligi va uy-xo'jalik chiqindilari (26%) chiqindilari ochiq muhitga tushishi orqali sodir bo'ladi. Yer sharining har xil mintaqalarida qaysiki, qaerda kimyoviy korxonalar ko'p bo'lgan joylarda atmosfera havosining ifloslanishi juda sezilarlidir. Masalan: Yaponiyada, AQSHda, Yevropada, Rossiyada, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.98 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 01:44 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Ekologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.98 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga