Reja: Yorug'lik to'g'risida tushuncha, tarkibi, o'lchov birliklari. Yorug'likni tirik organizm uchun ahamiyati. sun'iy yoritish manbalari. Xonani tabiiy va sun'iy yoritishga qo'yiladigan ekologik talablar. Yorug'lik bu elektromagnit to'lqinlarining malum to'lqin uzunligiga ega bo'lgan qismidir. Bu nazariyani 1865 yda Maksvell nazariy yo'l bilan isbotlagan. Yorug'likni fazoda tarqalishini tushuntirib beradigan ikkita nazariya mavjud: kvant nazariyasi va to'lqin nazariyasi. Bu nazariyalar bir-birini to'ldiradi va barcha optik hodisalarni tushunib olishga yordam beradi. Kvant nazariyasiga ko'ra yorug'lik yorituvchidan zarra (kvant) portsiyalari xolida tarqaladi. Kvantlar muayyan massa va energiya zapasiga ega. To'lqin nazariyasiga ko'ra yorug'lik interferensiyalanadi (to'lqinlar qushilganda kuchayishi yoki susayishi) va difraksiyalanadi (yorug'likni to'siqni aylanib o'tishi), yorug'lik tezligi elektromagnit to'lqin tezligiga tengligi etirof etiladi, yani yorug'lik tezligi 300 kmsek ni tashkil etadi. Bundan tashqari fotoeffekt hodisasi yani yorug'likni jismlardan elektronlarni urib chiqarishi yorug'likni ahamiyatini yanada oshirdi. Malumki tabiiy va bazi sun'iy yoritish manbalaridan tarqalayotgan yorug'lik bir necha qismdan iborat yani ular (xar-xil burchak ostida sinadi) spektrlanadi. Yorug'likni biz yana uch qismga ajratamiz infraqizil, ko'rinadigan yorug'lik, ultra binafsha nur. Bunday tartibga ega nurlar prizma orqali o'tkazilganda spektrga ajraladi. Lekin shunday yorug'liklar borki ular prizma orqali o'tkazilganda spektrga ajralmaydi. Yani ularni to'lqin uzunligi bir-xil bo'ladi bunday nurlar monoxromatik nurlar deyiladi. Yorug'likni spektrga ajralishi va kimyoviy elementlar yorug'likni har xil burchak ostida sindirishi tufayli spektroskop asbobi yaratilgan, hozirda nomalum moddani nimadan iborat ekanini shu asbobda aniqlash mumkin. Yorug'likni kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Ravshanlik. Ravshanlik ko'z bevosita sezadigan yorug'lik miqdoridir. Ravshanlik maydon xajmiga qarab nitlar va stilblar bilan ifodalanadi. Masalan 1m2 yuzadan qaytayotgan 1 sham kuchiga ega yorug'lik 1 nit deb olinsa 1 sm2 yuzadan qaynayotgan 1 sham kuchiga ega yorug'lik 1 stilb deb olinadi. Yoritilganlik darajasi lyukslar bilan o'lchanadi. 1 lyumen miqdoridagi yorug'lik oqimi bir tekis tarqalib turgan 1 m2 yuzani yoritilganlik darajasi 1 lyuks deb qabul qilingan. Organizmda ta'sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug'lik muhim o'rin egallaydi. Yorug'lik ko'rish organi orqali butun organizmga ta'sir o'tkazadi, yani bosh miya kata yarim sharlari po'stlog'igacha etib boradigan qo'zg'alishni keltirib chiqaradi. Yorug'lik ta'siri ostida organizmning fiziologik va psixologik reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning umumiy tonusi o'zgarib u faol holatga o'tadi. Tabiiy yorug'lik xilma-xil protsesslarga ta'sir etib, organizmni o'sishini, moddalar almashinuvini tezlashtirishi aniqlangan. Tabiiy yorug'likni tarkibiga kiruvchi ultrabinafsha nurlar bakteritsid xususiyatga ega bo'lib, havodagi mikroorganizmlarni o'ldiradi, yana shu nurlar ta'sirida teridagi ergosterin (provitamin D) D vitaminiga aylanadi. Quyosh nurining antiraxitik xususiyati shunga bog'liq. Quyosh nurining ko'rinadigan yorug'likdan iborat qismi organizm uchun muhim protsesslardan biri bo'lgan ko'rish funksiyasini ta'minlaydi. Biz ko'rish funksiyasi tufayli olamni ...

Joylangan
08 Aug 2024 | 18:17:26
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.65 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 01:44
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 Aug 2024 [ 18:17 ]
Bo'lim
Ekologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.65 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 01:44 ]
Arxiv ichida: doc